Isoqov Ramziddin REJA: - Chjan Szyan tomonidan Buyuk Ipak yo‘lining ochilishi.
- Kushonlar davrida Buyuk Ipak yo‘li.
- So‘g‘d kolonizatsiyasi davrida Buyuk Ipak yo‘li.
- Buyuk ipak yo’lining paydo bo’lishiga Xitoy va Xunlar o’rtasidagi o’zaro urushdan boshlangan bu urushlarda Xitoyliklar ko’pincha mag’lub bo’lgan va himoyalanishga majbur bo’lishgan buning yaqqol dalili “Buyuk Xitoy devoridir”
- Xitoyliklar asir olingan Xun askarlaridan, ularni,ya’ni, Xunlarni Yeuji qabilalari bilan ham urush olib borayotganidan xabar topadilar va Iperator Vu Di mil.avv 138-yilda Yeuji qabilalari bilan Xunlarga qarshi ittifoq maqsadida o’z o’g’li Chjan Szyanni elchi sifatida jo‘natadi. Biroq u yo’lda Xunlarga asir tushadi va u yerda 10 yil otqazadi. Asirlikdan qochishga muvoffaq bo’lgandan Kushonga boradi. Chjan Szyan o’z yurtiga qaytayotganda yana asirlikka tushadi endi u 13 yil asir bolishga majbur bo’ladi. Oxir oqibat tutqunlikda qochishga Musharraf bo’ladi va yurtiga qaytadi. O’z korganlarini otasiga hikoya qilib beradi Imperator u olib kelgan otlarga ishqi tushib qoladi, ularni maskani Farg’ona vodiysida ekanligidan xabar topgan Vu Di u yerga katta qo’shin bilan boradi va Qoqon shahrini boy sundirib otlarni olishga muvaffaq bo’ladi. Chan Szyanning yurib o’tgan yo’li tez orada savdo yoliga aylanadi va mil. avv II asrdan XVI asrgacha mavjud bo’ladi
Chan Szyan - Xitoyning ipak va boshqa turli mahsulotlarini O’rta Yer dengizi sohillariga yetkazib beruvchi asosiy tranzit yo’llarning muhim yo’na
- Buyuk ipak yo’lining shakllanishi va rivojlanishi Markaziy Osiyoning xalqaro aloqa-kommunikatsiya tizimidagi ahamiyatining oshishiga olib keldi.Xitoyni O’rta Osiyo hududi orqali Parfiya va Rim imperiyasi bilan bog’lovchi tranzit aloqa-savdo yo’llari faoliyatida qadimgi Farg’onadagi Davon davlati, Sirdaryoning o’rta va quyi havzasidagi Qang’ davlati va kushonlar saltanati kabi markazlashgan davlatlarning tarix saxnasiga chiqishi katta ijobiy o’rin tutadi. Mintaqamiz va unga qo’shni katta hududlarni qamrab olgan bu davlatlar tashqi savdodan katta foyda olganliklari bois karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlash kafolati bo’lib maydonga chiqdilar. Karvon yo’llari bo’yida bojxonalar, yo’lbo’yi inshootlari barpo etildi, savdo karvonlarining zaruriy extiyojlarini (oziq-ovqat va suvga, ulov vositalari uchun yem-xashakka va boshqalarga bo’lgan talablar) ta’minlashga xizmat qiluvchi tegishli infratuzilmalar tashkil etildi. Bularning barchasi ichki va tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojiga turtki berdilishlari kushonlar nazoratidagi hududlar orqali o’tar edi.
- Tarixiy ma`lumotlarga ko‘ra mil.av. IV-III asrlarda savdo yo‘lari bo‘ylarida so‘g‘diylarning manzilgohlari paydo bo‘la boshlaydi. Ularning manzilgoxlari asosan Sharqiy Turkiston, Ettisuv va Mo‘g‘uliston hududlarida joylashgan edi. Bu manzilgohlarda yirik savdo operatsiyalari amalga oshirilgan bo‘lib, uning gullab yashnagan davri VI-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu manzilgohlar mustaqil bo‘lib, mustahkam qo‘rg‘on va qurollangan harbiy guruhlariga ega bo‘lganlar. Bu xolatni ular tomonidan zarb etilgan kumush tangalar ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari Buyuk Ipak yo‘lining ikki asosiy tarmog‘i ham so‘g‘d erlaridan o‘tganligi ularning savdo aloqalarida muhim o‘rin tutishlariga imkoniyat yaratib bergan.
- Xulosa qilib aytganda Buyuk Ipak yo’lining mamlakatimiz tarixidagi o’rni ulkandir, u sababli o’lkamizda yangi va boy davlatlar paydo bo’lgan buning asosiy sababi savdo hisoblangan shunday shaharlardan ba’zilari Poykend, Varaxsha, Ramish kabi davlatlardir. Buyuk ipak yo’li o’zaro urushlar sabab shu yaqin paytlarga qadar to’xtab qolgan edi. Ammo davlatimiz Prezidentlarining yorqin tashabbuslari bilan hozirda Buyuk Ipak yo’lini qayta qurish rejasi asosiy vazifalarimizdan biri sifatida turibdi va yaqin oradi amalgam oshishi ko’zda tutilgan bu o’z navbatida savdo-itisodni yaxshilash va mollarning narxini arzonlashishida kata o’rin egallaydi degan umiddamiz.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |