6-Mavzu; XXI asr boshida O`zbekistonda madaniy meros obyektlarini saqlash va ta`mirlash ishlarini tashkiliy va amaliy jihatlari. Reja


Download 17.26 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi17.26 Kb.
#1365439
Bog'liq
6-mavzu ((маъруза))


6-Mavzu; XXI asr boshida O`zbekistonda madaniy meros obyektlarini saqlash va ta`mirlash ishlarini tashkiliy va amaliy jihatlari.
Reja;
1. Mustaqillik yillarida arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish borasida
ayrim mulohazalar
2. Mustaqillik yillarida me’morchilik va amaliy san’atning qayta tiklanishi
Ma‟lumki, arxeologik yodgorliklar tariximizning qadimgi va eng qadimgi davri haqida malumot beruvchi deyarli asosiy manba hisoblanadi. Zero, hozirgi vaqtda yurtimizdagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tarkibidagi aksariyat tarix va o`lkashunoslikka ixtisoslashtirilgan muzeylarning eksponatlarini asosiy qismini aynan arxeologik yodgorliklarda aniqlangan osori atiqalar tashkil etishi fikrimiz dalilidir. Halqmizning o`tmish tarixini o`zida jamlagan arxeologik yodgorliklar bizning kunlarda oddiy tepaliklar sifatida saqlangan bo`lib, ular xalq orasida Oqtepa, Sariqtepa, Ko`ktepa kabi nomlar bilan atalib kelinadi. Hozirgi kunda yurtimizda saqlangan arxeologik yodgorliklar 8 mingdan ziyod bo`lib, ular shaharlar, qishloqlar, qo`rg`onlar, saroylar, ko`shklar, eng qadimgi odamlar yashagan manzilgohlar, turli xil inshoot qoldiqlari (koriz, sardoba, ko`prik va h.k.) xarobalari hisoblanadi. Shu bilan birga ajdodlarimiz qoldirgan qadimgi sanat namunalari – petrogliflar, qadimgi mozor qo`rg`onlar ham arxeologik yodgorlik sirasiga kiradi. Arxeologik yodgorliklar tariximiz, madaniyat va manaviyatimiz hamda qadriyatlarimiz timsoli sifatida baholanar ekan, uni saqlab avaylash va kelajak avlodga yetkazish dolzarb vazifadir. Afsuski, o`tgan asrning 60-80-yillarida yurtimizdagi ko`pgina yodgorliklar qisman yoki to`liq buzilgan bo`lib, bu holat ko`plab arxeologik yodgorliklarni paxta ekin maydonlarini kengaytirish, tepalik tuprog`ini ekinzorlarga o`g`it sifatida solinishi natijasida yuzaga kelgan. Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq madaniy merosimizni jumladan, arxeologik yodgorliklarni saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanishto`g`risida bir qator qonunlar qabul qilingan. Jumladan, yodgorliklarni saqlash yurtimizning Konstitutsiyasida ham belgilangan bo`lib, bu borada 49 moddada quyidagilar takidlangan: “Fuqarolarlar O`zbekiston xalqining tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”. Shu bilan birga 2009-yil 13-oktyabrda qabul qilingan “Arxeologik meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishto`g`risida”gi qonun arxeologik yodgorlik va uni muhofaza qilish hamda undan foydalanishning xuquqiy asoslarini qayd etdi. Yuqorida qayd qilinganidek arxeologik yodgorliklar tarixning moddiy namunasi bo`lib, uning qisman yoki to`liq buzilishi tariximizning qaysidir qismini butunlay yo`q bo`lib ketishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda arxeologik yodgorliklarni qisman yoki to`liq buzilishi ikki omil – tabiiy tabiat jarayonlari va inson omillari bilan bog`liq hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklarini tabiiy tabiat jarayonlari natijasida buzilishi, bu birinchi navbatda daryo, soylarning qirg`oqlarini tabiiy eroziyasi, yog`ingarchilik natijasida yodgorliklar chekkalarini qo`porilib tushishi hisoblanadi. Malumki, yurtimizdagi aksariyat qadimiy shahar, qishloq, manzilgohlar xarobalarining katta qismi suv manbaiga yaqin joylashgan bo`lib, daryolarning qirg`oqlarini yemirilishi, o`zanlarning o`zgarishi, toshqin va sellar kabi tashqi tasirlar natijasida yodgorliklarni daryoga yaqin qismlarining yemirilishiga va qo`porilib tushishiga olib kelmoqda. Bunday yodgorliklar sirasiga Dabusiya, Kofirqala, Axsiket kabi qadimiy shahar xarobalarini kiritish mumkin. Albatta, bunday jarayonni oldini olish juda qiyin bo`lib, ayrim holatlarda buning iloji yo`q. Shu bois yemirilishi mumkin bo`lgan hududlarni arxeologik jihatdan o`rganish hamda imkoni bo`lsa daryo qirg`oqlarini mustahakamlash uchun kompleks chora tadbirlarni ko`rish samarali natija beradi. Yodgorliklarning holatiga tabiiy omil bilan birga inson omili ham malum darajada ta‟sir ko`rsatadi. Malumki, mustaqillik yillarida yurtimizda keng ko`lamli qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda. Ko`plab turarjoylar, ishlab chiqarish korxonalari, kommunikatsiya inshootlari (yo`llar, elektr tarmoqlari, aloqa liniyalari va h.k.) bunyod etilmoqda. Bu borada yodgorliklarni muhofaza qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan moddiy madaniy meros ob‟ektlari muhofaza tegralari loyihalarining shaharsozlik va loyihalash hujjatlariga, shuningdek mo`ljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo`jalik ishlari va boshqa ishlarning moddiy madaniy meros obyektlarini asrash talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Shu bilan birga Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz, Xiva kabi qadimiy shaharlarda olib borilayotgan qurilish ishlarida qonunchilikda belgilangan tartibda arxeologik kuzatuv ishlarini olib borish, moddiy madaniy meros obyektlar atrofida bosh rejaga asosan loyihalash, qayta qurish, qurilish va obodonlashtirish ishlarini rejalashtirishni Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshirish ham muhim katta ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda arxeologik yodgorliklarni ro`yxatga olish bo`yicha olib borilayotgan tadqiqotlar yodgorliklarni 55-70 foizi qishloq hududlarida, dala maydonlarida joylashganligini ko`rsatmoqda. Bu holatda qonunchilikda belgilangan tartibda yodgorliklar atrofiga muhofaza tegralarini aniqlash yodgorliklarni qisman yoki butunlay buzilishining oldini olish imkonini beradi. Chunki, muhofaza tegralarini mavjud bo`lmasligi yodgorliklar atrofiga yoki ularning yuzasiga ekin ekilish holatini yuzaga keltirishi yoki bu erdan turli maqsadlar uchun tuproq olinishiga olib kelishi mumkin. O`zR FA Arxeologik instituti va O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda arxeologik yodgorliklarni ro`yxatga olish va katalogini yaratish borasida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar jarayonida qariyb 30 foiz yodgorliklar qabriston sifatida foydalanilayotganligi ma‟lum bo`ldi. Xususan, birgina Shahrisabz tumanida bu ko`rsatkich 23 foizni tashkil etmoqda. Zero, sobiq sho`rolar davrida amalga oshirilgan ushbu amaliyot natijasida yodgorliklarni qariyb 2 metrlik madaniy qatlamni buzilishiga olib kelgan. Ayni vaqtda yodgorliklar noto`g`ri, noqonuniy ravishda olib borilgan qazishmalar, yodgorliklar yoki uning atrofidan tuproq olinishi kabi jarayonlar ham arxeologik yodgorliklarning buzilishiga sabab bo`lishi mumkin. Yuqoridagi qayd qilingan omillarni tahlil qilgan holda yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilishda quyidagi kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish samarali natija beradi. Birinchidan Respublikadagi arxeologik yodgorliklar katalogini yaratish va yagona GIS sistemasiga kiritish hamda yodgorliklarni muhofaza tegralarini belgilash. Hozirgi vaqtda Samarqan, Farg`ona, Namangan, Andijon viloyatlarida ushbu ishlar deyarli o`z yakuniga yetgan bo`lsa, qolgan viloyatlarda bu borada keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ikkinchidan, yodgorliklar muhofaza qilishda keng aholi qatlamini jalb etish va ularda o`z tarixiga, qadriyatiga bo`lgan qiziqishni kuchaytirish va bu borada ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish. Zero, har bir fuqaro o`zining shahri, qishlog`i, mahallasida joylashgan arxeologik yodgorlik haqida to`liq tasavvurga ega bo`lib, uning ahamiyatini anglab etsagina halqimizning tarixiy, manaviy va madaniy merosini avaylab asrashni o`z burchi deb biladi. Ayni vaqtda Afrosiyob, Axsikent, Qanqa, Dobusiya, Kofirqala, Sopollitepa, Jarqo`ton kabi yirik arxeologik yodgorliklarga mahalliy va xorijiy turistik marshrutlar uyushtirish ham aholi orasida arxeologik yodgorliklar ahamiyatini yanada oshishiga imkon yaratadi. Uchinchidan, yodgorliklarni saqlash borasidagi qonunlarni ijrosi davlat nazoratini kuchaytirish va bu borada keng jamoatchilik institutlari- yani mahallalar nazoratini yo`lga qo`yish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2.  O`zbek xalqi me`morchiligi mohiyat e`tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san`atidir. Mustaqillik yillarida me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me`morchilik ikki asosiy tamoyil ko`zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me`morchilikning an`anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o`z aksini topgandir.
Me`morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O`zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o`rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me`morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo`lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”, “Interkontinental`”, ” Sheraton” mehmonxonalari, “O`zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, “Toshkentplaza” savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markaz,O`zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.
Toshkent shahri ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo`yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi.
O`zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadalik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o`nlab binolar, tarixiy inshootlar obidalar misol bo`la oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik licey va kasb- hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san`ati jadal o`sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K. Jabbarovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samamarqand va Shahrisabzda Amir Temur hayokallari, Farog`na va Quvapda al- Farg`oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999)yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev ijodiga mansub “Z.M.Bobur” (1993, Andijon), “Abdulla Qodiriy” (1994, Toshkent), “Cho`lpon” (1997, Andijon), “Ona” (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmua- kompoziciyasi (A.Rahmatullaev vaboshqalar) bunyod etildi.
O`zbekistonda qadimdan amaliy san`at o`ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo`zlik, gilamdo`zlik, bezakchilik kabi amaliy san`at turlari tiklandi va yangi ma`no- mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san`ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san`at, rassomchilik san`atining rivojida 1997yilda tashkil etilgan O`zbekiston Badiiy akakdemiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol` o`ynaydi. O`zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bohodir Jalolov va boshqalar halqimiz ongida milliy g`urur, Vatanga sadoqat tuyg`ularini uyg`otuvchi qator san`at asarlari yaratdilar. Amir Temur , MirzoUlug`bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va minatura san`ati yangi ma`no- mazmun bilan boyidi. Shahar ko`chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o`rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur- halovat, zavq bag`ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
3. Bugungi kunda mamlakatimizning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻi katta. Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua – Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan.
YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga esa, mamlakatimiz nomoddiy madaniy merosining 8 ta obyekti (Boysun madaniy makoni, Shashmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya sanʼati, Navroʻz, Palov madaniyati va anʼanalari, Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: adras va atlas tikish, Xorazm raqsi – Lazgi) kiritilgan.
Mamlakatimizning YUNESKOga aʼzo boʻlgan 1993-yildan boshlab sohaga oid barcha asosiy xalqaro hujjatlariga qoʻshilish choralarini koʻrdi, ularning normalari milliy qonunchilikka implementatsiya qilinmoqda.
Keyingi paytlarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obyektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda.
Mazkur tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish yoʻlidagi dolzarb muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro tajribani oʻrganish, tarixiy-madaniy meros saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu yoʻnalishdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda, xususan, YUNESKO Umumjahon merosi qoʻmitasining tavsiyalarini bajarishda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Shundan kelib chiqib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi madaniy meros obyektlarini har tomonlama himoya qilish, saqlash va tiklash boʻyicha Hukumat tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishiga alohida eʼtibor qaratish maqsadida parlament soʻrovi yuborilgan edi.
Aytish mumkinki, Prezidentimizning 2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.
Qarorning 10-bandiga asosan YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanishi belgilandi. Ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Madaniy meros departamenti hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirishiga oid tartib oʻrnatildi.
Shuningdek, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida VI bobi alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarga oid qator normalar belgilangan.
YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga koʻra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sifatida belgilab qoʻyilishi ushbu hududlarning huquqiy maqomiga aniqlik kiritildi va ularni muhofaza qilishning qonuniy asoslari yaratildi.
Taʼkidlash joizki, rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish yoʻlga qoʻyildi. Masalan, 2020-yilda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishib olish uchun 11 ta loyiha Umumjahon merosi markaziga yuborilgan. 2020-yil sentyabr oyida Buxoro tarixiy markazida rejalashtirilgan obyektning loyihasi yuzasidan Umumjahon merosi markazining ijobiy xulosasi olindi.
“Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan Jinoyat kodeksi hamda “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksiga Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarga taalluqli javobgarlik belgilandi.
Umuman olganda Oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzishga oid respublika boʻyicha 2020-yilning oʻtgan davrida 39 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzildi va koʻrib chiqish uchun sudlarga yuborildi.
YUNESKO Umumjahon qoʻmitasining milliy qonunchilikni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarini bajarish bilan bir qatorda Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarni xalqaro mezonlar boʻyicha boshqarish rejalari va hisobotlarni tayyorlanmoqda.
Umuman olganda, Madaniyat vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish borasida olib borilayotgan ishlari boʻyicha hisobotlarini eshitib borish va qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish, bu borada belgilangan vazifalarni toʻliq va samarali bajarish hamda mutasaddilar masʼuliyatini keskin oshirib borish kabi ishlarni amalga oshirish belgilangan.
Download 17.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling