Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati
Download 1.74 Mb.
|
Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda bajarilgan.
- E’tiboringiz uchun raxmat!
Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g’orlarning devorlariga turli tasvirlar chizish so’nggi paleolit davriga oiddir (Ispaniya, Altamir g’ori). O’rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo’ladi. Neolit davriga kelib esa rivojlangan bosqichga ko’tariladi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning turli namunalari topilgan. O’rta Osiyoning tog’lik hududlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko’ra ikki xil. Bir xillari bo’yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa urib-o’yib ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan (petrogliflar) rasmlardir. Eng qadimgi rasmlar Zarautsoy (Surxondaryo) bo’lib, bu rasmlar mezolit-neolit, ya’ni mil avv. VIII-IV ming yilliklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o’sha davr odamlarining ov, mehnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning G’oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Eramizdan avvalgi asrlarningoxirlari va yangi eraning boshlarida O’zbekistonda kulolchilik borasida jiddiy rivojlanish sezildi. Turli shakldagi hum va ko’zachalar qo’lda bajarilgan. Keyinchalik hum yuzasi chiziqli naqshlar bilan bezatila boshlangan. Bu davrlarda oltindan, kumushdan bezak va amaliy buyumlar ishlash san’ati ham keng tarqala boshlagan. Tasviriy san’atda ham mavzu kengaya borgan. Quldorlik davrida ham O’rta Osiyoda san’atga qiziqish kuchli bo’lgan. Boylarning uyi, ibodatxona devorlari suratlar, naqshlar bilan bezatilgan. O’rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV asrlarda paydo bo’lgan deb kelinar edi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Хususan, 2000 yilda Janubiy Тurkmanistondagi Gonurtepa qo’hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o’yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi. Janubiy Тurkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis Т. Sharlachlarning fikricha, bu hildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo’lishi mumkin. Shuningdek, so’nggi arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonning janubidan ham piktografik beigi-yozuvlar topilgan. Тadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo’ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o’z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko’rsatadi. E’tiboringiz uchun raxmat! Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling