6 Mazkur qo’llanma geografiya faniga barcha qiziquvchilar uchun tayyorlangan Qollanma mualliflik huquqi bilan himoyalangan Ushbu qo’llanmani muallif ruxsatisiz chop etish va nusxa ko’paytirish taqiqlanadi!
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6-SINF SAVOLNOMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 63-§ G’arbiy va Sharqiy Sibir
62-§ Sharqiy Yevropa
1. Sharqiy Yevropaning maydoni ancha? 4 mln km² 2. Sharqiy Yevropa qaysi hududlarni egallaydi?Shimolda Tundradan boshlanib, janubi-sharqda mo’tadil mintaqaning cho’l tabiatigacha davom etadi 3. Sharqiy Yevropa platformasida qaysi tekislik tashkil topgan?Sharqiy Yevropa tekisligi 4. Krivoy Rog nimaning koni?Temir koni 5. Kurs nimaning nomi?Magnit anamaliyasi 6. Pechora va Donetsk nimaning koni?Toshko’mir koni 7. Yonuvchi slanes koni qayerda joylashgan?Boltiqboyida 8. Sharqiy Yevropa iqlimini shakllanishida qaysi havo massalarini o’rni beqiyos? Atlantikadan keluvchi iliq va nam havo hamda Arktika sovuq havo massalari 9. Tekislikning g’arbida va sharqida qishda xarorat qanday bo’ladi?G’arbida –6–8ºC sharqida –10- 20ºC 10. O’lkada yoz oylarida havo harorati qanday bo’ladi?+18+22ºC janubi-sharqida +25+29ºC 11. Sharqiy Yevropada yillik yogin miqdori qancha? 800-600 mm 12. Eng kam yogin qayerga yogadi va miqdori qancha? Kaspiybo’yi pasttekisligida 200 mm 13. Sharqiy Yevropada shimolga qarab oqadigan daryolar qaysilar? Pechora, Mezen, Shimoliy Dvina 6-SINF SAVOLNOMA HAKIMJON JABBOROV 14. O’lkada janubga qarab oqadigan daryolar qaysilar?Volga,Dnepr,Ural 15. Sharqiy Yevropaning qaysi qismida ko’llar ko’p joylashgan? Shimoli-garbida 16. Sharqiy Yevropada shimoldan janubga qarab qaysi tabiat zo’nalari almshinib keladi?Tundra,O’rmon-tundra,Tayga,Aralash o’rmonlar,keng bargli o’rmonlar,o’rmon- dasht,dasht,chalacho’l va cho’l 63-§ G’arbiy va Sharqiy Sibir 1. G’arbiy Sibirga qayerlar kiradi?G’arbiy sibir pasttekisligi va kara dengizizdagi bir qancha kichikroq orollar 2. G’arbiy Sibir shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa qancha masofaga cho’zilgan? Shimoldan janubga 2500 km g’arbdan sharqqa 1900 km 3. G’arbiy Sibir zamini qaysi erada vujudga kelgan plitadan iborat?Paleozoy erasida 4. G’arbiy Sibir plitasining ustini qaysi eralarning turli xil qalinlikdagi yotqiziqlari bilan qoplangan? Mezazoy va kaynazoy 5. G’arbiy Sibirning asosiy foydali qazilmalari qaysilar?Neft va ko’mir 6. O’lka hududining mutloq balandligi necha metrdan oshmaydi? 300 m 7. G’arbiy Sibirda qaysi havo massalari hukmronlik qiladi?Qishda arktika,yozda mo’tadil 8. O’lkada o’rtacha yillik xarorat va yogin miqdori qancha?Qishda –25-30ºC yozda +22ºC yogin miqdori 480-550 mm 9. G’arbiy Sibirning eng yirik daryolari qaysilar?Ob,Irtish,Taz va Pur 10. Hududdagi barcha daryolar qaysi havzaga kiradi?Shimoliy Muz okeaniga 11. G’arbiy Sibirning shimolida va janubida qaysi tuproqlar tarqalgan?Shimolida tundra- gleyli,janubida unumdor qora tuproqlar 12. G’arbiy Sibir pasttekisligi hududida qaysi o’simliklar o’sadi?Pakana qayin,qutb tollari, kedr,pixta,tilogoch,kaklik o’ti 13. G’arbiy Sibir pasttekisligi hududida qaysi hayvonlar yashaydi? Oq ayiq,oq kaklik,shimol bugusi,lemming,qutb tulkisi,rosomaxa 14. Sharqiy Sibir qayerlarni egallaydi?Sibirning markaziy qismini egallab,garbda G’arbiy Sibir pastekiligidan sharqda Kolima daryosining vodiysigacha davom etadi 15. Sharqiy Sibirning markaziy qismida joylashgan Sibir platformasi qaysi erada vujudga kelgan?Arxey erasida 16. Sibir platformasining g’arbiy qismi va sharqiy qismi qaysi eralarda ko’tarilgan? G’arbiy qismi– paleozoy,sharqiy qismi–mezozoy 17. Sharqiy Sibirning markaziy qismida qaysi yassitoglik joylashgan? O’rta Sibir yassitogligi 18. O’rta Sibir yassitogligining yuzasi dengiz satxidan o’rtacha necha metr baland? 400-600 m 19. Putorana toglarida balandlik necha metrga yetadi?1701 m 20. Sharqiy Sibir qaysi mintaqalarda joylashgan?Arktika, Subarktika, Mo’tadil 21. Sharqiy Sibirning G’arbiy Sibirdan farqi nimada?Sharqiy Sibir iqlimini kontinentalligi 22. Sharqiy Sibirda xarorat qishda va yozda qanday bo’ladi?Qishda –20-40ºC yozda +16+18ºC 23. Oymyakonda qishda va yozda xarorat qanday bo’ladi?Qishda –71ºC yozda +36ºC 24. Sharqiy Sibirda joylashgan yirik daryolar qaysilar? Yenisey, Lena, Aldan, Kolima, Taymir,Xatanga,Vilyuy,Anabar 25. O’lka hududida qaysi zo’nalarning landshaftlari tashkil topgan?Arktika saxrolari, tundra va o’rmon-tundra 26. Sharqiy Sibirda qaysi tuproqlar tarkib topgan?Tundra-gleyli va torfli gleyli,botqoq va podzol 27. O’lkaning qaysi qismida ko’p yillik muzloq yerlar katta maydonni egallaydi? Shimoliy qismida 28. Sharqiy Sibirda qaysi o’simliklar o’sadi?Mox va lishayniklar,oq va qora qaragay,tilogoch,sibir yeli,kedr, zirk 29. Sharqiy Sibirda qaysi hayvonlar yashaydi?Oq ayiq, qutb tulkisi,bo’ri,o’rmon suvsari,oq kaklik,shimol itsichqoni,yerqazir Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling