6-Mustaqil ish Temir yoʻl izini taʼmirlash ishlarini Plasser Theurer yoʻl mashinasidan foydalanib bajarish
Download 1.23 Mb.
|
PCH 6 mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Xulosa
6-Mustaqil ish Temir yoʻl izini taʼmirlash ishlarini Plasser Theurer yoʻl mashinasidan foydalanib bajarish. Reja: 1. Plasser Theurer yoʻl mashinasi 2. Temir yoʻlni taʼmirlash ishlari 3. Yo‘l ishlarining tasniflanishi va tashkili Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar Avstriyaning Plasser & Theurer Export von Bahnbaumaschinen GmbH kompaniyasi temir yo'llarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish, shu jumladan aloqa tarmoqlarini qurish va ta'mirlash uchun temir yo'l mashinalarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda etakchi hisoblanadi, uning mahsulotlari dunyoning 109 mamlakatiga etkazib beriladi. Mashinaning umumiy og'irligi 794 tonna, buferlarning uzunligi 200 m, o'qlarning umumiy soni 40 birlik, dvigatelning umumiy quvvati 2927 kVt, poezdda harakatlanish tezligi 100 km / soat kabi texnik tavsiflar, Mashinaning unumdorligi smenada 500 m, butun texnologik jarayonni faqat yo'lning ta'mirlangan qismida amalga oshirishga imkon beradi. Pastki strukturani takomillashtirish va himoya qatlamini yotqizish temir yo'l va shpal panjarasini demontaj qilmasdan amalga oshiriladi. Asosiy platformada haydash istisno qilinadi, buning natijasida mashinaning ishlashi paytida unga hech qanday yuk yoki zarar yetkazilmaydi. Bir o'tishda qalinligi 50 santimetrgacha bo'lgan himoya qatlami yotqizilgan. Himoya materiali qo'shimcha ravishda namlanadi. Shu bilan birga, geosintetika yotqizilmoqda Yo’l mashinalari temir yo’lni qurish va rekonstruksiya qilish jarayonida yo’lning yuqori konstruksiyasini yotqizishda, shuningdek, temir yo’lni joriy ta`mirlashda barcha turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan. Yo’l mashinalari yer polotnosini ta`mirlashda, yo’lni ballastirovka qilishda, ballast qatlamini tozalashda, yo’l va strelkali o’tkazgichlar elementlarini almashtirishda, yo’lni to`g`rilash va ballast qatlamini shibbalashda ishlatiladi. Yo’l xo’jaligida bugungi kunda yo’lni to’g`rilovchi – rixtovkalovchi – uruvchi (ВПР), yo’lni rejalashtiruvchi (ССП), yo’lni shibbalashtiruvchi, relslarni payvandlovchi mashinalar keng qo’llaniladi. Yo’ldagi relslarni payvandlash va silliqlashda, materiallarni yuklash va tushirish uchun qordan tozalashda qo’llaniladi. Ish uslubiga ko`ra, og`irturdagi va yengil turdagi mashinalarga bo`linadi. Ishchi organlar va yo’l mashinalaring harakatlanishi bo’yicha quyidagi turlarga bo`linadi: gidravlik pnevmatik, elektr mexanik uzatmali ichki yonuv dvigatelidan. Harakatlanish turiga qarab yo`l mashinalari temir yo`l izida harakatlanadigan,zanjirli, shinali va aralash turdagi mashinalarga bo`linadi. Yo`l mashinalari quyidagicha sinflanadi: 1. Yo`lni to`g`rilovchi (Рихтовкаловчи ВПР) 2. Shag`al qatlamini tozalovchi (РМ) 3. Qor tozalovchi (Снега убор.) 4. Yo`l yotqizuvchi (УК) 5. Yo`l pardozlovchi (ССП) 6. Yo`lni ballastirovka qiluvchi (Д) 7. Yo`lni payvandlovchi (АРГ). Yo`lni joriy saqlash jarayonida to`g`rilash ishlarining zaruriyati yo`l o`lchovchi vagon (измерительный вагон) o`tishi, shuningdek brigadir, yo’l ustasi va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yo’lni tekshirilishi natijalariga ko`ra aniqlanadi. Yo`lni rixtovkalash – to`g`ri yo`lda o`z o`qi bo`ylab chapga yoki o`ngga surilishi, egrilikda esa o`qning egilish strelasining me`yoridan oshib ketishiga aytiladi. Yo`lni rixtovkalashni aniqlash yo`l o`lchovchi vagoni lentasida o`q egilishi grafigini taxlil orqali yoki rejadagi yo`l holati tabiiy sharoitda ko`zdan kechirilib yo`lning me`yoriy holatdan og`ish joylari aniqlanadi. Xulosa Biz bu mustaqil ishni tayyorlash jarayonida yo’l mashinalari haqida batafsil tanishib chiqdik. Bundan tashqari yo`l ta`mirlash mashinalari haqida ham ma`lumotlarga ega bo`ldik. Yo`l mashinalari sinflari haqida ham tanishib chiqdik. Yo’lni to`g`rilash va rixtovkalash haqida ham ma`lumotlarga ega bo`ldik. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Шахунянц Г.М. Железнодорожный путь. Изд.3, перераб. и доп. М.: Транспорт, 1987. 2. Mirsalixov Z.E., Abdukarimov A.M., Begmatov P.A., Saipov S.I. Temir yo’l izi (1-qism). O’quv qo’llanma. ToshTYMI,T.:2019. 3. https://www.railway-technology.com 4. https://www.researchgate.net 5. https://www.railway.uz/ Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling