6-mustaqil ish
Download 4.12 Kb.
|
Rahmatov Sanjarbek EvaS 6-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial kuchaytirgich
rakhmatov_sanjarbek @Sanjarbek_Rahmatov Rahmatov Sanjarbek ELEKTIRONIK VA SXEMALAR 2 6-mustaqil ish ______________________________________________________________________ Mavzu:Differensial kuchaytirgich. Reja: 1. Differensial kuchaytirgich 2.DK asosiy parametrlari Differensial kuchaytirgich Differensial kuchaytirgich (DK) ikki tebranish kuchlanishining ayirmasini kuchaytiruvchi O‘TKdir. U ko‘priksimon tuzilishga ega bo‘lib, ikkita kirish va ikkita chiqish klemmalariga ega. 6.41-rasmda ko‘rsatilgan sxemada ko‘prik RK1 = RK2 rezistorlar va T1 va T2 tranzistorlardan tashkil topgan. Uning bir diagonaliga Ek manba ulansa, ikkinchisiga - RH nagruzka rezistori ulanadi. Agar sxemadagi mos elementlar o‘zaro teng bo‘lsa, sistema simmetrik bo‘lib, ko‘prik muvozanatda bo‘ladi. Agar kirish signali ta’sir etmasa, Ek manba ta’sirida RK1 va RK2 rezistorlardan bir xil tok o‘tadi (IK1 = IK2) va T1 va T2 tranzistorlar-ning kollektor kuchlanishlari o‘zaro teng bo‘ladi: UK1=UK2. SHuning uchun nagruzka rezistori I va II chiqishlar oralig‘iga ulansa, undagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi (dreyf yo‘q). Sxemaning bunday holati sokinlik rejimi deb ataladi.Agar baza toklari hisobga olinmasa Re rezistordan o‘tadigan tok IK1 + IK2 ga teng bo‘lib, undagi potensial tushuvi Re (IKl + IK2) bazalarda tok bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish kuchlanishini hosil qiladi. U tranzistorlarning boshlang‘ich ishchi nuqtasini stabil ushlab turadi. Masalan, harorat, manba kuchlanishi va boshqalar o‘zgarishi sababli IK1 va IK2 tok o‘zgarsa, Re rezistordagi potensial tushuvi ham o‘zgaradi. Ikkinchi holda kirishlarga ta’sir etuvchi signallar qarama-qarshi fazada bo‘lgani uchun ΔIK kollektor tokining o‘zgarishlari miqdor jihatdan teng bo‘lib, o‘zaro teskari fazada o‘zgaradi, ya’ni bazasiga musbat kuchlanish qo‘yilgan tranzistordagi tok kamaysa, manfiy kuchlanish qo‘yilgani – ortadi. SHunga ko‘ra kollektor kuchlanishlaridan biri ortsa, ikkinchisi kamayadi va ularning miqdori o‘zaro teng bo‘ladi. SHuning uchun chiqish kuchlanishi ularning ayirmasiga teng bo‘lib noldan farq qiladi: Uchiq= Uchiq1 - Uchiq2. Demak, DK qarama-qarshi fazadagi kirish signallarini kuchaytirar ekan. Bunda hap bir kaskad mustaqil kuchaytirgich bo‘lib xizmat qiladi. Kirish signali kuchaytirgich kirishlaridan faqat bittasiga ta’sir etgan holni kuraylik. Misol uchun Ukir1 > 0, Ukir2=0 bo‘lsin. Bunda boshlang‘ich paytda Ik1 tok ΔIk1 ga ko‘payib, Ik2= const bo‘ladi. SHuning uchun (Ik1 + ΔI k1)+ Ik2 yig‘indi tok ortadi va teskari bog‘lanish ishga tushadi Download 4.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling