6-Nazorat savollari


Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi


Download 19.92 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi19.92 Kb.
#217566
1   2   3
Bog'liq
6-nazorat Odilov Uchqun

Mafkuraviy immunitet - xavfsizlikning ma’naviy asosi. Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil fevral, 2004 yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqealardan to’g’ri xulosa qilish muhim. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. YA’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan mafkuraviy tahdidlaridan qo’rqmasa, bunday millatni engish mumkin emas.

Mamlakatimizning xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti hech bir o’zbekistonlikni befarq qoldirmasligi kerak. CHunki ular o’z, yagona Vatanining tarixi qanday mashaqqatli, azobli asrlarni o’tkazib, mustaqillikka erishganligini yaxshi biladilar. SHunday ekan, Vatan - O’zbekistonning posboni ham millatidan, dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu-yoshidan qat’iy nazar uning o’zbekistonlik bo’lishidir. Demak, mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o’zbekistonliklarning milliy g’oya atrofidagi jipsligidir. SHu tariqa milliy g’oya bizni o’tmishimiz, hozirgi hayotimiz va kelajagimiz bilan bog’lab turadi. SHu sababli O’zbekiston xalqining milliy g’oyaga asoslangan immuniteti - Vatan xavfsizligi darajasining muhim ko’rsatkichlaridan biriga aylanadi.


  1. Download 19.92 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling