6-Nazorat savollari
Download 19.92 Kb.
|
6-nazorat Odilov Uchqun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar.
6-Nazorat savollari 1. Yangi diniy harakatlar deganda nimani tushunasiz? 2. Kibermakon nima? 3. Jihod deganda nimani tushunasiz? 4. Mafkuraviy immunitet deganda nimani tushunasiz? 5. Diniy bag’rikenglik nima? 6. Turli diniy oqim va firqalarga qarshi O’zbekistonda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayapti?
Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. Bahoiylik – XIX asrda Eronda bobiylik yo‘nalishi zamirida vujudga kelgan diniy yo‘nalish. Sherozlik Sayid Ali Muhammad (1819-1850) 1844 yilda Bob (arabcha "eshik"), ya'ni yangi davrga "eshik" nomini olib, yaqin orada "Xudo elchisi"ning namoyon bo‘lishi, kishilarga yangi davrning asosiy qonunlari va nizomlarini in'om etishini targ‘ib qila boshlagan. Bobning yirik izdoshlaridan biri Mirza Husayn Ali Nuriy (1817-1892) 1863 yilda Bob bashorat etib ketgan xudoning elchisi uning o‘zi ekanini e'lon qiladi va Bahoulloh, ya'ni "Allohning jilosi" nomini oladi. Ushbu yo‘nalishnning nomi ham Bahoullohning nomidan olingan. Bahoulloning "Kitobi Aqdas" ("Eng muqaddas kitob") va "Kitobi Iqon" ("Mustahkam ishonch kitobi") asarlari bahoiylik ta'limotining asoslarini tashkil etadi. Yo‘nalish asoschisi o‘ziga islom dini e'tiqodiga ko‘ra, olamlarning Yaratuvchisi bo‘lgan "Allohning jilosi" nomini qabul qilgan bo‘lsa-da, bahoiylar aqidasiga ko‘ra, bahoiylik mustaqil din, u biror bir dindan ajralib chiqqan sekta ham, mazhab ham emas, deb hisoblanadi. Bahoiylik Hindiston, Uganda, Keniya, Eron, Misr, AQSh, Kanada kabi qator mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi vaqtda dunyoda bahoiylarning 9 ta ibodat uyi, 200 ga yaqin milliy hamda bir qancha mahalliy diniy majlislari mavjud. Bahoiylarning umumiy miqdori taxminan 6 million kishini tashkil etadi. Bahoiylik ta'limotiga ko‘ra: barcha dinlar bir ildizdan paydo bo‘lgan va payg‘ambarlar birodar hisoblanadi; Ibrohim, Muso, Iso va Muhammad payg‘ambarlardan tashqari Budda, Zardusht, Krishna, Bob va Bahoulloh ham payg‘ambar hisoblanadi. Bahoiylikda ular eng buyuk 9 ta payg‘ambar sifatida e'tirof etiladi; xudo har ming yilda Yer yuziga yangi payg‘ambar tushiradi; jannat va do‘zax, oxirat, shayton va farishtalar inkor qilinadi; hozirgi barcha dinlar bir-birini inkor qiladi, shuning uchun ham, ularni birlashtirish va insonlar orasidagi turli farqlarni yo‘qotish lozim. Bahoiylar da'vosiga ko‘ra, bunday birlashtiruvchilik vazifasini bahoiylik bajarishi lozim. Vatan, millat degan tushunchalar ma'nisiz hisoblanadi. Zero, ularning fikricha, Yer yuzining hamma joyi Vatan hisoblanadi. Bahoiylikda ruhoniylar yo‘q. Mahalliy jamoalarni yilda bir marotaba 21 aprel' kuni yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan 9 kishidan iborat Mahalliy diniy majlis boshqaradi. Bahoiylar yirik jamoasi mavjud bo‘lgan har bir davlatda Milliy diniy majlis saylanadi. O‘z navbatida Milliy diniy majlis vakillari 9 kishidan iborat bo‘lgan Umumjahon Adolat Uyi a'zolarini saylaydilar. Har besh yilda saylanadigan Umumjahon Adolat Uyi umumjahon bahoiylar jamiyatining faoliyatini boshqarib boradi. Bahoiylikda har biri 19 kunlik 19 oydan iborat bo‘lgan diniy taqvim qabul qilingan. Har 19 kunda jamoaning barcha a'zolari ibodat qilish, jamoa bilan bog‘liq ishlarni muhokama qilish, o‘zaro birodarlik aloqalarini mustahkamlash uchun yig‘iladilar. Kuniga uch marta Isroilning Akka shahriga qarab ibodat qilinadi. Umumiy ibodat duo o‘qish, meditasiya hamda bahoiylikning asosiy kitoblari va jahon dinlari muqaddas kitoblaridan matnlar o‘qish orqali amalga oshiriladi. Har yili 2 martdan 20 martgacha bahoiylar kun chiqardan kun botgunga qadar ovqat va suvdan o‘zlarini tiyib, ro‘za tutadilar. Bahoiylarning muqaddas ibodatxonasi Akka shahrida joylashgan. Xayfa shahri muqaddas shahar hisoblanib, dunyo bahoiylarining ziyoratgohi hisoblanadi. Bu yerda Bob ibodatxonasi, 1957 yilda bahoiylikning rahbarlik organi sifatida tashkil etilgan Umumjahon Adolat Uyining qarorgohi joylashgan. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan «Neuromancer» («Asabli manzaralar tasvirlovchisi», «Nervo-sochinitel») nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo‘llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog‘i orqali bir-biri bilan bog‘langan va bir vaqtning o‘zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuterning grafik sifatidagi ma’lumotlariga o‘ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalarning insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg‘unchilikni sodir etishga bo‘lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumladan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. «Kibermakon»da din niqobidagi «kiberhujum»lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to‘ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o‘tish mumkin. Ularda ISHID go‘yo Islom yo‘lida «qurbon» bo‘layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan. Jihod (arabcha: جهاد — gʻayrat qilish, kuchni ishga solish) — islomda muqaddaslashtirilgan din yoʻlida boʻlgan kurash.[1][2] Tarixda Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyoda jihod koʻproq „gʻazovot“ nomi bilan maʼlum boʻlgan. Musulmonlar orasida jihod haqida turli qarashlar bor. Dastlab jihod deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Baʼzilar jihodni „kichik jihod“ va „buyuk jihod“ qilib ikkiga boʻlishadi. Ularga koʻra, „kichik jihod“ Islomning dushmanlari deb qaralganlar bilan jang qilishdir. „Buyuk jihod“ boʻlsa musulmonning oʻz nafsi bilan kurashi va maʼnaviy barkamollik yoʻlidagi saʼy-harakatidir. Download 19.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling