6. Raspberry Pi qurilmasi va uning ishlatilish sohasi


Arduinoning muhim xossalari


Download 233.5 Kb.
bet2/15
Sana22.03.2023
Hajmi233.5 Kb.
#1286821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
9.Arduinoning muhim xossalari
Arduino nima ?
Arduino - bu unchalik katta bo'lmagan plata bo'lib o'zining protsessori (mikrokontrolleri) va xotirasiga ega bo'lgan qurilma hisoblanadi.
Arduino ning ko'plab turlari mavjud bo'lib bularga misol qilib: Arduino Yun, Arduino Uno, Arduino Duemilanove, Arduino Diecimila, Arduino Nano, Arduino Mega, Mega 2560, Mega ADK, Arduino Leonardo, Arduino Micro va h.k larni olishimiz mumkin. Arduino robototexnika va elektronikiga qiziquvchi va izlanuvchi yoshlarga juda qo'l keladi chunki bu qurilmada kichik va katta bo'lgan dastur, algoritmlar yaratgan holda xar hil qurilmalar, robotlar va boshqa qiziq amaliyotlarni bajarsa bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, Arduino dasturiy va texnik qismlarni birlashtirib beruvchi qurilmadir. Yuqorida keltirib o'tganimizdek Arduino ning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, Arduinoni o'rganishni boshlovchilar asosan Arduinoning Uno yoki Nano turidan foydalanishni boshlashadi. Arduinoning Uno va Nano turini yaxshilab o'rganib bo'lgan yoshlar endi Arduinoning bu turiga qoniqmay Arduinoning Mega yoki Mega 2560 turini sotib olishga oshiqishadi. Chunki, endi Arduino Uno, Nano turining xarakteristikasi (texnik ko'rsatkichlari) bizning robototexnik uchun pastlik qiladi! Ayrim robototexniklar esa Arduino Uno bilan tanishib chiqib uni imkoniyatlaridan foydalanib bo'lgandan so'ng, Arduinoning Mega turini sotib olib o'tirmay o'zlari yasab tayyorlab ko'rishga harakat qilishadi. To'g'rida chunki endi ular dasturchi,robototexnik bemalol mikrokontrollerga dastur yozib uni mikrokontrollerga yuklay oladi. Arduino Uno ning boshqa turlaridan farqi protsessori,mikrokontrolleri,raqamli va analog chiqishlarning ko'p yoki kamligi bilan farqlanadi. Arduinodan foydalanayotgan kishi unga har xil elektr komponentalar va modullarni ulash imkoniyatiga ega bo'ladi,

10.Arduino qurilmasi tuzilishi. ADC => bu analog pinlar. Bu pinlar orqali asosan sensorlar bilan axborot almashinishda kerak bo'ladi. Bu pin 1024 etabda ishlaydi va digital pinga nisbatan axborot almashinish tezligi yuqori PWM => bu digital pinlar bo'lib, bular 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi va axborot olib kirish va axborot olib chiqishda bemalol foydalansa bo'ladi. Bu orqali LED va shunga o'xshash 5 v da ishlovchi qurilmalarni yoqa oladi. Ozidan 5 v quvvat chiqara oladi. Qizil rangda ko'rsatilgan pinlar esa quvvat almashinishda kerak bo'ladi. Qora rangdagi bu ground yani xalq tilida aytganada minus, manfiy ishorali quvvat. arduino uno tuzilishi Arduino(UNO) qurilmasini kompyuterimizga ulash uchun maxsus kabel mavjud. Har bir Arduino turi uchun maxsus portlar mavjud bulardan USB(B, mini, micro) turlari arduinoda mavjud.
Eng ommalashga turi bu Arduino Uno bo'lib u USB Type B turidagi portga ega. Uning o'chamlari 68.6x53.4mm va uning 14 ta digital va 6 ta analog pinlari mavjud. Arduinoda o'zining dastur yoziladigan xotirasi mavjud bo'lib u 32 KB ni tashkil etadi (32 KB bu keragidan ko'p ko'd sig'adi, 32000 ta belgili code yozgandan so'ng bu xotira to'lishi mumkin). Arduino qurilmamizni kabel orqali ulaganimizdan so'ng Arduino IDE dasturiga kiramiz. Arduino qurilmasini kompyuteringizga ulaganingizdan so'ng Arduino IDE dasturiga kiramiz va Tools bo'limidan Port so'ziga sichqonchamizni olib boramiz agar kompyuter qurilma bilan aloqa o'rnata olsa shu yerda arduino nomi va port raqami ko'rinadi. Qanday turdagi arduino bilan ishlayotganimizni kompyuterga bilidirish uchun Board so'ziga ezamiz va qaysi arduino ekanligini belgilaymiz.
So'ngra bu bizning birinchi arduino bilan ishlashimiz bo'gani uchun tayyor codelardan foydalanamiz. Tayyor codelar Arduino IDE dasturimizda ham mavjud. Buning uchun filebo'limidan Examples dan 01.Basics dan Blink codeini tanlaymiz. Blink bu ingiliz tilidan olingan so'z bo'lib "yaltiroq" degan ma'noni anglatadi ammo dasturimizda qiladigan ishi LED Chiroqimizni yoqib, o'chirishdan iborat.

Download 233.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling