6-Seminar mashg’uloti: Mavzu: Nerv-muskul preparatini tayyorlash. Baqaning nerv-muskul preparatini tayyorlashda turli xil qo’zg’atuvchilarning ta’siri. Bioelektrik hodisalar. Galvani-Mateuchi tajribasi


Asab tolasida qo’zg’alishning ikki tomonlama o’tkazilishi


Download 355.27 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi355.27 Kb.
#1490529
1   2   3   4
Bog'liq
6-Seminar. Nerv muskuli

Asab tolasida qo’zg’alishning ikki tomonlama o’tkazilishi.
Nazariy tushuncha. Asab tolasini ta`sirlash joyidan hosil bo`lgan qo`zg`alish asab tolasi orqali ikki tomonlama tarqalish xususiyatiga ega.
Ishning maqsadi: Asab tolasida qo’zgalishning ikki tomonlama tarqalishini tushuntirish.
Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: Stimulyator, elektrodlar, preparovka asboblar yug’indisi, jomcha, paxta, Ringer eritmasi, baqa.
Ishning borishi: Baqaning ikkita orqa oyoq pereparati tayyorlanadi. Sonning orqa satxidagi mushaklar ikki tomonga siljitilib, quymich asabi topilpdi. Shisha ilgakcha yordamida quymich asabi 1 smga mushaklardan ajratiladi. Asabga stimulyatordan ulangan elektrodlar joylashtiriladi. Asab ta`sirlanganda son va boldir mushakning qisqarishi kuzatiladi.Topshiriqlar: Tajriba sxemasini chizing. Qo’zgalishni ikki tomonlama tarqalish sababini tushuntiring.


To’qimaning harakat tokini aniqlash.
1-Ish. Matteuchi tajribasi.Nazariy tushuncha. Matteuchi 1840 yilda asab-mushak preparatining qisqarayotgan mushagiga boshqa asab-mushak preparatining asabi tashlangan taqdirda uning ham qisqarishini isbotladi. Shunga asosan mushak qo`zg`alganda, unda hosil bo`lgan tok boshqa asab-mushak preparati uchun ta`sirlagich vazifasini bajarishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Bu toklar harakat toklari deb nomlandi.
Ishdan maqsad: Tirik to’qimalarda harakat toki borligiga ishonch hosil qilish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa, jarrohlik pinsetlar, zond, qaychilar tok manbai, tok kaliti, Ringer eritmasi, taxtacha, shisha ilgak, sal`fetka, paxta.Ishni bajarish tartibi: Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Baqaning keyingi oyoqlaridagi quymich asabi tizza bo’g’imigacha ajratilgan ikkita preparat reoskopik oyoq tayyorlanadi va quruq taxtacha ustiga joylashtiriladi. Birinchi preparatning asabi elektrodlar ustiga qo’yiladi. Ikkinchi preparat asabi birinchi
preparatning boldir muskuli ustiga uzunasiga tashlanadi. So’ngra birinchi preparat asabi kuchi o’rtacha induksion tok bilan ta`sirlansa, har ikkala preparat muskulining qisqarishi kuzatiladi. Birinchi preparat muskulida yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida ikkinchi preparat muskuli ham qisqaradi ya‘ni ikkilamchi tetanus sodir bo’ladi.

Download 355.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling