Odamning pay reflekslarini tekshirish
Nazariy tushuncha. Orqa miya 2 ta asosiy – reflector va o`tkazuvch vazifani bajaradi. Orqa miyaning reflektor faoliyati unda ko`plab harakat va vegetative funksiyalarni boshqaruvchi turli asab markazlari joylashganligi bilan bog`langan.Ishdan maqsad: odamning pay reflekslarini tajribada tekshirib isbotlash.
Ish uchun kerakli jihozlar: refleksni tekshirish uchun bolg’acha, stul.
Tizza refleksini hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi. Sinaluvchi kishi stulda (kursida) bir oyog’ini ikkinchi oyog’i ustiga tashlab o’tiradi. Tekshiriladigan oyoq muskullari bo’shashtirib turiladi. So’ng bolg’acha bilan sonning to’rt boshli muskuli payiga, ya`ni tizza kosasi tagiga sekin urilsa, tizza bo’g’imidan oyoqni yozish refleksini yuzaga keltiradigan sonning to’rt boshli muskuli qisqaradi. Bu tajribani ikkinchi oyoqda ham qilib ko’rib, har ikkala oyoq reflekslari qiyoslanadi. Bu reflekslar reflektor yoyining markaziy neyronlari orqa miyaning 3-4 bel segmentlari balandligida joylashgan
Do'stlaringiz bilan baham: |