6-Seminar. Ossuriya davlati
Download 120.95 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu. Seminar. .Jahon tar. 1-kurs
6-Seminar. Ossuriya davlati Reja 1. Qadimgi Osuriya davri 2. O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) 3. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti Qadimgi Osuriya davri (er. av. II ming yillikning I yarmi) Qadimgi Osuriya markazi Ashshur bo'lgan kichik hududni o'z ichiga olgan edi. Ammo ilk Osuriya jamiyatida savdo yetakchi o'rin egalladi. Qadimda Osuriya orqali Kichik Osiyo va Kavkaz ortidan Tigr daryosi bo'ylab o'rta va Janubiy Ikki daryo oralig'i va Elamga, Sharqiy O'rtayer dengizidan muhim savdo yo'llari o'tgan edi. Ashshur shahri asosiy savdo yo'llarida o'rnashib qolish uchun o'z koloniyalarini barpo qilishga uringan. Ashshur Kichik Osiyoni sharqiy qismini faol kolonizatsiya qilgan. Bu yerdan mis, qo'rg'oshin, kumush, chorva mollari teri va yog'och tashib ketilgan. Qadimgi Osuriya jamiyatida ibtidoiy quldorlik shakllangan bo'lib, ibtidoiy jamoa qoldiqlari saqlanib qolgan. Podsho va ibodatxona yerlarida jamoachi va qullar mehnat qilgan. Yerning asosiy qismini jamoa yer egaligi tashkil qilgan. Qulchilikning asosiy manbalari mulkiy tabaqalanish natijasida erkin jamoachilarning qarzi uchun qul qilish va chetdan qul sotib olish bo'lgan. Er. av. XVI asrgacha Osuriya podsholari Alum-Ashshur, shahar-jamoa esa Ashshur deb atalgan. ‖Kichik va ulug'lan xalq yig'ini‖ o'z ahamiyatini yo'qota borgan, hokimiyatning oliy organ! «Shahar Uyi» boylardan tuzilgan oqsoqollar kengashi edi. Kengash a'zolari ichidan bir xil muddatga alohida lavozimli shaxs, «limmu» tayinlanib, u shahar xazinasini boshqargan, uning nomi bilan joriy yil boshlangan. Oqsoqollar kengashi sud va ma'muriy ishlar bilan shug'ullanadigan mansabdor shaxs «ukulluma»ni tayinlagan. Shahar-davlatning merosiy hokimi «Ishshiakkum» lavozimi ham mavjud bo'lib, u diniy vazifalarni bajarib, ibodatxonalar qurilishiga rahbarlik qilgan. U urush vaqtida harbiy boshliq bo'lgan. Er. av.XX asrda xalqaro vaziyat Osuriya uchun noqulay kelgan. Frot havzasida Mari davlati yuksalib, Ashshurning g'arb savdosiga jiddiy to'siq bo'lgan. Xett davlati Osuriya savdosini Kichik Osiyoda to'xtatib qo'ygan. Amoriy qabilalarini Ikki daryo oralig'iga yurishlari ham vaziyatni beqaror qilib, Osuriya savdosiga zarar yetkazgan. Faqat er. av. 1781-yillar atrofida amoriylardan bo'lgan yo'lboshchi Shamshi -Adad Ashshur shahrini o'zini Yuqori Mesopotamiyadagi davlatini markaziga aylantirgan. Ashshur Ikki daryo oralig'ining shimolidagi shaharlarni bosib oladi, Marini bo'ysundirib, Karxemish bilan ittifoq tuzadi. Suriya shaharlari ham bosib olinadi. O'rta Osuriya davri (er. av. II ming yillikning II yarmi) Er. av. 1353-1318-yillarda podsho Ashshuriballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta'siri ostiga tushib qoldi. Osuriya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o'zining yurishlari bilan qo'shni hududlarga dahshat tug'dirdi. Osuriya davlatini shakllanishi er. av. 1295—1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nirari davrida tugallanadi. U birinchi bo'lib rasmiy ravishda o'ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo'lgan «Buyuk podsho» mavqeiga da'vo qiladi. Er. av. XIII asrda Xett davlati Osur savdogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi, Misrni Suriyadan mahrum qiladi. Mitanni davlati esa Osuriya uchun g'arbga chiqadigan yo'lni butunlay yopadi. Er. av. XIII—XII asr boshlarida Osuriya yuqori Mesopotamiyaning qo'shni hududlarini to'rt marta o'ziga qo'shib oladi va to'rt marta yo'qotadi. Podsho Tiglatpalasalar I (er. av. 1114-1076-yillar atrofida.) davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o'zgaradi. Bu davrda Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon yo'l tutadi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, shimoliy Suriya va shimoliy Finikiyani, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy oqimini o'z ta'siri ostiga oladi. Suriyaning gullab-yashnashi er.av. XII-XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib kelishi natijasida tugadi. Buyuk Osuriya harbiy davlati (er. av. I raing yillik) Er. av. I ming yillikda Old Osiyoda temirdan keng miqyosida foydalana boshlanishi, Qadimgi Sharqda iqtisodiy o'sishga olib keladi. Quruqlik va dengiz savdosi keng hajmda rivojlanadi, Xett va Mitanni kabi qudratli davlatlar tarix sahnasidan tushib ketdilar. Bobil va Misr ichki va tashqi siyosatda tushkunlikka yuz tutdilar, natijada Yaqin Sharqda Osuriya yetakchi o'ringa chiqib oldi. Osuriya er. av. X—VII asrlarda o'zining iqtisodiy, harbiy qudratini qayta tikladi, siyosiy markazlashuv va barqarorlikka erishdi. Osuriya bu davrda faol istilochilik urushlari olib bordi. Butting sababi Osuriya iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan xomashyo (metall, yog'och) taqchil bo'lganligi edi. Ikkinchidan, rivojlanayotgan shaharlar himarmandchiligi va dehqonchiligi va quldorlik xo'jaligi uchun ishchi kuchi — qullarga ehtiyoj tez o'sdi. Osuriyani istilochilik urushlarini olib borishining yana bir sababi, mamlakat quruqlik va dengiz savdo yo'llari tutashgan hududda joylashgani uchun yetakchi o'rinni egallashga intilishi edi. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti Osuriya katta-katta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar, shaharlarda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik rivojlanadi. Mamlakatda ko'plab yerlar o'zlashtirildi. Irrigatsiya va suv ta'minoti yaxshilanadi. Bog'dorchilik, uzumchilik va chorvachilik rivojlanishi uchun turtki bo'lgan temir qurollar keng tarqaladi. Metallurgiya, qurolsozlik sohalari yuqori darajada taraqqiy qiladi. Talonchilik urashlardan olingan ko'plab o'ljalar va qullardan Osuriya shahar va qal'alarni qurishda keng foydalaniladi. Yangi shaharlar quriladi, jumladan, Kalxu shahri qayta tiklanadi, Osuriyaning yangi poytaxti «Tukulti-Ninurtu qal'asi» asir olingan tassit, xurrit va urartu qabilalari kuchi bilan qayta tiklangan. Osuriya jamiyatini hukmron tabaqasi harbiylar, davlat xizmatidagi zodagonlar, ibodatxona va savdo ahlidan iborat bo'lib, ular juda katta boylik va imtiyozlarga ega bo'lganlar va mavjud siyosiy hokimiyat bilan yaqin aloqada bo'lib, uni istilochilik siyosatini qo'llab-quwatlatlaganlar. Osuriya -jamiyatining quyi tabaqalarini kichik ishlab chiqaruvchi yer egalari, jamoa a'zolari va hunarmandlar tashkil etgan. Ular xazinaga qishloq xo'jalik mahsulotlari, chorva mollari va kumush bilan soliq to'laganlar. Ijtimoiy tizimning eng pastidagilar ko'chib kelganlar, asirlar va qullar qaram ishchilar toifasini tashkil qilganlar. Ular ko'p hollarda podsho xo'jaligida va ayrim hollarda ibodatxonalar, xususiy yerlarda ishlaganlar. Osuriya davlati o'z tarixining so'nggi davrida qadimgi Sharq davlatchiligining o'ziga xos shakliga ega bo'lgan. Podsho qo'lida dunyoviy, harbiy va diniy sohalardagi cheklanmagan hokimiyat to'planadi. «podshoga hokimiyat muqaddas xudolar tomonidan topshirilib, hukmdorning homiyligi ostida davlatni boshqaradi» degan tushuncha xalq ommasi ongiga singdirilgan. Er. av. IX—VII asrlarda Osuriya davlati boshqaruvi quyidagi shaklda bo'lgan: Bosib olingan hududlarning ko'pchiligida provinsiyalar (Osuriya, Kichik Osiyoning ayrim shahar va viloyatlari, Xaldey va Oromiy knyazliklari) tashkil qilingan. Ular Osuriya noiblari tomonidan boshqarilgan. Ba'zi hududlarda Osuriyaga xiroj to'laydigan qaram podsholiklar (Finikiya shaharlari, Yahudiya, Moav, Edem, Tabal, Manna) saqlanib qoladilar. Download 120.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling