Sana ____ ___________
6-sinf adabiyot
Dars mavzusi: Ma’naviyat xazinasi. Topishmoqlar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad- Ma’naviyat xazinasi. Topishmoqlar haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad- mantiqiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: suhbat, savol-javob.
Darsning jihozi:6-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari.
Darsning rejasi:
Ma’naviyat xazinasi;
Topishmoqlar;
O’quvchilarni baholash;
Uyga vazifra berish;
Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.
Darsni tashkil etib bo’lgach, o’quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlarni beraman:
O’zingiz o’qigan va sizda chuqur taassurot qoldirgan biror asar voqealarini qisqacha bayon qilib bering;
Nima uchun bu asar sizga yoqdi, bu asarni boshqa o’qigan asarlaringizdan farqi nimada?
O’qigan asaringizda qaysi qahramon sizga ko’proq yoqdi, nima uchun?
Asar sizda qanday taassurot qoldirdi?
Asarni o’qiganingizdan so’ng o’zingizda biror o’zgarish sezdingizmi?
O’quvchilarning fikrlarini umumlashtiri, “Ma’naviyat xazinasi” haqida ma’lumot beraman.
O’quvchilarning adabiyot haqidagi fikrlarini eshitgach, topishmoqlar haqida ma’lumot beraman.
Berilgan ma’lumotlarni quyidagi savol-javob orqali mustahkamlayman.
Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman.
Uyga vazifa: Uyda mustaqil ravishda uch-to’rtta topishmoq tuzib kelish
Ko’rib chiqildi,
foydalanishga ruxsat: __________ N. Saidov
(imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |