6-sinf adabiyot II chorak yangi darslik
Download 24.57 Kb.
|
6-SINF ADABIYOT II CHORAK
6-SINF ADABIYOT II CHORAK YANGI DARSLIK 1.AlisherNavoiy necha yoshida Farididdin Attorning “Qush tili” (“Mantiq ut-tayr”) asarini,olti mingdan ortiq hadisni yoddan bilgan? A)4 B)8 C)7 D)11 2. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir sher. Temur tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Ushbu she’riy parcha kimning qalamiga mansub? A)Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C)Iqbol Mirzo D)Xurshid Davron 3. Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim, Xayrin bildim, biroq yuz o‘rgulmadim. Ulg‘ayganda qarasam, qo‘lim quruq, Kechikib qo‘l cho‘zdim-u, ulgurmadim. Ushbu she’r kimning qalamiga mansub? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay 4. “Rahmat sizga xonim” asarini kim o’zbek tiliga tarjima etgan? A) Saida Zunnunova B) Nodirabegim Ilhomova C)Zulfiya Isroilova D) Halima Xudayberdiyeva 5. “Rahmat sizga xonim” asaridagi Luella xonim qanday inson sifatida gavdalantirilgan? A) jahldor, har narsaga asabi buziladigan ayol B) yuvosh,xushchaqchaq C) bosiq, kutilmagan vaziyatda o’zini yo’qotib qo’ymaydigan D) B va C javoblari to’gri 6. ”Giriftor” so’ziningma’nosinima? A) dushman B) do’st C) bandi,asir D) begona 7. Taniqli qozoq shoiri Abay she’rlarini o’zbek tiliga tarjima etgan ijodkor qaysi qatorda ko’rsatilgan? A)AbdullaQodiriy B) O’tkirHoshimov C) Hamid Olimjon D) Mirtemir 8. “Mehnat qo’shiqlarida” qanday vaziyatlarda ijro etiladi? A) asosan to’y-marosimlarda ijro etiladi B) biron-ishni bajarish paytida ijro etiladi C) his-tuyg’ularni ifodalashda ijro etiladi D) to’g’ri javob berilmagan 9. “Rahmat,sizga xonim” asarida xonimning sumkasini o’girlamoqchi bo’lgan bolaning ismi nima edi? A) Jack B) Tom C) Rojer D) Jon 10. “Fano”so’zining ma’nosi nima? A) qo’rqmas B) o’lim C) hasadgo’y D) mansab 11. Ko‘nglung istar yorlar birla hamisha shod bo‘l, Mendin-u kimdinki, ko‘nglung istamas, ozod bo‘l. Ushbu misra muallifini aniqlang. A) Alisher Navoiy B)Zahiriddin Muhammad Bobur C)Atoiy D)Mashrab 12. Qaysi qatorda “shafiq” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan? A) bechora; B) musofirlik, begona yurt; C)rahmdil, mehribon ; D) rahmdillik, mehribonlik. 13. Suz xotin, suzma xotin, Ko‘lankasi maydon xotin, Yomg‘ir yog‘dir, ho‘l bo‘lsin, Yer-u jahon ko‘l bo‘lsin. Ushbu xalq qo’shig’i qaysi quyidagi keltirilgan qaysi guruhga mansub? A) mehnat qo‘shiqlari B) mavsum-marosim qo‘shiqlari C) lirik qo‘shiqlar D)dehqonchilik qo’shiqlari 14. Har tilni biluv emdi bani odama jondur, Til vositayi robitayi olamiyondur. G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani, yoshlar, Kim ilm-u hunarlar bilonki ondin ayondur. Ushbu misralari bilan yoshlarni chet tilini o’rganishga chorlagan ijodkor qaysi qatorda ko’rsatilgan? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay 15. Butun tunga tarqalar – Yaxshi ohang, shirin kuy. Dilga xil-xil o‘y solar, Ohang suysang, menday suy! Ushbu she’r muallifi kim? A) Alisher Navoiy B)Bobur C)Avaz O’tar D)Abay 16. Hovlimizda sara gullar qulf urib ochilib yotar, marmar polli va keng oynali xonalarda eng qimmat gilamlar to‘shalgan, shiftda billur qandillar osilib turardi. ... Birinchi qavatdagi mehmonxonada otamning qirol Nodirshoh bilan tushgan surati bor edi. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan? A) Sadriddin Ayniy, “Sudxo‘rning o‘limi” qissasidan B) Kamol Yashin, “Ilonni o’ldirsalar” qissasidan C) Xolid Husayniy, “Shamol ortidan yugurib” romanidan D) Xolid Husayniy, “O’gay ona” romanidan 17. Yana bahor keldi. Yana olamda Ajib bir go‘zallik, ajib bir bayot. Men seni qutlayman shu ulug‘ damda, Ulug‘ yelkadoshim, muzaffar hayot!.. Ushbu she’r muallifini aniqlang. A)Muhammad Yusuf B) Abdulla Oripov C)Iqbol Mirzo D)Xurshid Davron 18. Lengston Hyuzning “Rahmat sizga, xonim” hikoyasining asosiy voqealari qavhon va qayerda bo’lib o’tadi? A) XX asrning o‘rtalarida Harlemda– Nyu York shahrining (AQSH) asosan qora tanli aholi istiqomat qiladigan qismida B) XXI asrning o‘rtalarida Harlemda– Nyu York shahrining (AQSH) asosan boy zodagonlar istiqomat qiladigan qismida C) XIX asrda Vashington shahrining (AQSH) asosan kambag’al aholi istiqomat qiladigan qismida D) XIX asrda Berlin shahrining asosan kambag’al aholi istiqomat qiladigan qismida 19. “Xalq og‘zaki ijodi” atamasi o‘rnida yana qaysi so’zni qo’llash mumkin? 20. Hozirgi tilimizda qo‘llanmasa-da, Navoiy davrida keng ishlatilgan so’zlarga misollar yozing. 21. Qaysi ijodkor dastlab maktabda so’ngra Madamin Inoq madrasasida tahsil olgan? 22. Mualliflar asar qahramonlarini, ularning xarakterini va ijtimoiy holatini tasvirlash uchun qanday vositalardan foydalanadilar? Misol yozing. 23. “Boychechak” qo’shiqiqaysiqo’shiqturigakiradi? 24. Qofiyadan keyin takrorlanuvchi so‘z nima deyiladi? 25.Mehnat qo’shiqlariga misol keltiring.
19. “folklor” (inglizcha “folk” – “xalq”, “lore” – “donolik”) so‘zini ham qo‘llash mumkin. 20. ag‘yor – begona, dushman; g‘ayr – boshqa, begona; g‘arib – bechora; g‘urbat – musofirlik, begona yurt; shafiq – rahmdil, mehribon ; shafqat – rahmdillik, mehribonlik. 21.Avaz O’tar. 22. Shunday vositalardan biri – qahramon nutqi (gap-so‘zlari) va xatti-harakatlari. 23.Mavsum-marosim qo’shiqlariga. 24. Radif. 25.O‘rog‘im olmos, O‘rishdan qolmas. Sira ham tolmas, O‘rmasam bo‘lmas.. Download 24.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling