6-sinf. Botanika 7-dars: gul
Meva va urug‘larning tarqalishi
Download 179.84 Kb.
|
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalan: o‘tmishda Xorazmdan Amerikaga yantoq urug‘i beda urug‘iga qo‘shilib borib qolgan.
- O‘SIMLIK – YAXLIT ORGANIZM
8.7. Meva va urug‘larning tarqalishi
O‘simliklarning mevasi va urug‘i tabiatda va madaniy sharoitda turli xil yo‘llar bilan tarqaladi. Tabiatda o‘simliklar million yillar davomida shamol, hayvonlar, qushlar, hasharotlar, suv yordamida va boshqa usullar bilan tarqalib ko‘payishga moslashgan. Ko‘pchilik yovvoyi va madaniy o‘simliklar odamlar ishtirokida tarqatiladi va ko‘paytiriladi. Meva va urug‘larning tarqalishga moslashishi o‘simliklarning eng muhim biologik xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Meva va urug‘ shakli, vazni, rangi va hidi bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, qo‘ng‘irbosh mevasining uzunligi 0,5 mm va og‘irligi 0,1-0,2 mg kelsa, aksariyat gulli o‘simliklarning mevasi kattaligi 3-10 sm orasida, og‘irligi esa bir necha kilogrammga yetadi. Jumladan, Seyshel palmasining og‘irligi 25 kg gacha yetadi. Shunga qaramay ular o‘ziga xos yo‘llar bilan tarqaladi. Meva va urug‘larning tarqalishi ko‘p jihatdan ularning tuzilishiga (morfologiyasiga) bog‘liq. Meva va urug‘larini o‘z kuchi bilan tarqatadigan o‘simliklarga avtoxor o‘simliklar deyiladi. Bunga xina, ko‘pchilik dukkakli o‘simliklar, burchoq, o‘qotar (o‘qotar bodring), yorongul kabilar misol bo‘ladi. Bularning urug‘i mevasi, ichki bosim, pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tashqariga otilib chiqadi. Shamol yordamida tarqaladigan o‘simliklarning mevalari nihoyatda yengil bo‘ladi. Masalan, terak, tol, qoqio‘t, qo‘g‘a kabi mevalarning uchida joylashgan bir tutam popuklar (tuklar) hisobiga uchadi. Qayrag‘och, shumtol, saksovul, cherkez, boyalish, baliqko‘z, zarang, rovoch, jud kabilarda meva atrofini o‘rab olgan qanotchalar orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqalib o‘tadi. Shuning uchun ular uchma mevalar deyiladi. Meva va urug‘larning tarqalishida suv katta rol o‘ynaydi. Ayrim o‘simliklarning mevalari suv o‘tkazmaydigan qobiqqa ega bo‘lganligi tufayli suv (dengiz, daryo, ko‘l va ariqlar)da uzoq masofalarga, hatto bir necha kun mobaynida qalqib borish yo‘li bilan tarqaladi. Bularga nilufar, g‘umay, kurmak, machin, qo‘ypechak, zarpechak, zubturum, qurttana kabilar kiradi. Aksariyat o‘simliklarning meva va urug‘lari mevalardagi moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi, iste’mol qilinishiga qarab) orqali hayvonlar, qushlar, hasharotlar yordamida tarqaladi. Shuni ham aytish kerakki, hayvonlar iste’mol qiladigan o‘simliklarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning meva va urug‘lari shuncha keng tarqaladi. Hayvonlar meva va urug‘larni iste’mol qilib, chiqindilari orqali ham uzoq yerlarga olib borib tashlaydi. Meva va urug‘larni yer yuzi bo‘ylab tarqatishda odamga teng keladigan omil yo‘q desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki odamlar sutka davomida xohlagan meva yoki urug‘ni uzoq o‘lka, davlat va qit’alarga turli usullar bilan olib o‘tishi mumkin. Masalan: o‘tmishda Xorazmdan Amerikaga yantoq urug‘i beda urug‘iga qo‘shilib borib qolgan. Ta’kidlash joizki, barcha meva va urug‘lar ham shamol, suv va hayvonlar orqali uzoq masofalarga tarqalavermaydi. Ular o‘z og‘irligi va morfologik tuzilishiga qarab o‘sib turgan joyning o‘ziga to‘kiladi. 9-DARS: O‘SIMLIK – YAXLIT ORGANIZM Download 179.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling