6-sinf. Botanika 7-dars: gul
Download 179.84 Kb.
|
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR (QARAG‘AYTOIFA) BO‘LIMI Yer yuzida ochiq urug‘li o‘simliklarning 660 ga yaqin
- Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika . Manzarali o‘simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri
Suv qirqqulog‘i suv yuzida suzib yuradigan ipsimon ildizpoyali mayda o‘simlik. Barglari (poyalari) 3 tadan bo‘lib joylashgan. Ulardan 2 tasi yashil, poyaning ikki tomonida o‘rnashgan, yassi, uchinchisi suv ichida osilib turadi, mayda ipsimon bo‘laklarga ajralgan. Sporali mevasi 4–8 ta, ular suvdagi bargning asosida o‘rnashgan. Sporalari avgust-sentabr oylarida hosil bo‘ladi.
Suv qirqqulog‘i O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlaridagi suvlarda o‘sadi. Suv qirqqulog‘ining zuxrasoch qirqqulog‘idan farqi shundaki, uning sporali mevasida har xil sporalar hosil bo‘ladi. 18-DARS: OCHIQ URUG‘LI O‘SIMLIKLAR (QARAG‘AYTOIFA) BO‘LIMI Yer yuzida ochiq urug‘li o‘simliklarning 660 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi O‘zbekiston hududida uchraydi. Ochiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug‘laridan ko‘payadi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning urug‘lari gulli o‘simliklarnikiga o‘xshash meva ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug‘li o‘simliklar deyiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarga misol qilib archa, saur, qarag‘ay va qora qarag‘ay kabi o‘simliklarni keltirish mumkin. 18.1. Archa Archa bo‘yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir. Tog‘larning 3500-4500 m balandlikdagi yonbag‘irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag‘irlab o‘sishga moslashgan turlari ham uchraydi. Archaning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon. Archa juda sekin o‘sadi. Urug‘idan unib chiqqan archaning katta daraxt bo‘lib yetishishi uchun 100 yildan ortiq vaqt kerak. Archa ming yil va hatto undan ham ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli o‘simlik. Bahor oxirlarida ayrim archa tuplarining yosh novdalarida mayda qubbachalar hosil bo‘lib, ularda juda ko‘p miqdorda chang yetishadi. Bu qubbachalar changchili qubbalar deb ataladi. Shu vaqtda archaning boshqa tuplarida uzunligi 0,5-1 sm keladigan sharsimon qubbalar hosil bo‘ladi. Bu qubbalarga urug‘chili qubbalar deb ataladi. Urug‘kurtakdagi arxegoniy ichida esa tuxum hujayra yetishadi. Changchi qubbachalarda yetilgan chang boshqa tupda yetilgan urug‘chi qubbalarga kelib tushadi va uni changlantiradi. Urug‘kurtakka tushgan chang ma’lum vaqt o‘tgach tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘chi qubbani tashkil qilgan tangachalar tezda o‘sadi, yo‘g‘onlashadi va o‘zlaridan ajralib chiqqan smola orqali bir-birlari bilan qo‘shilib, qubbani o‘rab turuvchi etdor, yumshoq po‘stga aylanadi. Bunday po‘st bilan qoplangan urug‘chi qubba pishib yetilganda xuddi rezavor mevaga o‘xshab qoladi. Shuning uchun ham archaning urug‘chi qubbasini xalq orasida qubbameva yoki archa mevasi deb nomlash odat bo‘lib qolgan. Archaning urug‘chi qubbalari urug‘langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi. Archa tog‘ning yuqori qismidagi toshloq va tuproqli yonbag‘irlarda, suv ayirgichlar, daralar ichida o‘sib, o‘ziga xos o‘rmonlar – archazorlar hosil qiladi. O‘rta Osiyoda archaning 7 ta yovvoyi turi o‘sadi, bulardan 3 tasi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa). O‘zbekiston tog‘larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi. Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida, maydonlarida, xiyobonlarda va istirohat bog‘larida manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika. Manzarali o‘simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U tana va bargining tuzilishi bilan archaga o‘xshaydi, lekin yosh novdalarning o‘ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi. Download 179.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling