6-sinf darslik umumiy test
Download 45.5 Kb.
|
6-sinf umumiy B kategoriya uchun
6-sinf tarix umumiy. 1. Qaysi yodgorlikdan qazishmalar jarayonida uy-joylar, maishiy va xo’jalik xonalardan tarkib topgan paxsa imoratlar, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan? a) Ur b) Jarqo’ton c) Lagash d) Sopollitepa 2. Bir vaqtda ro’y bergan voqea-hodisalarni toping. 1. Odamlar bronzadan mehnat qurollarini yasay boshladilar. 2. Misrliklar Nil daryosi bo’ylarini o’zlashtirishga bel bog’ladilar. 3. Quyi va Yuqori Misr davlati birlashdi. 4. Amon-Ra fir’avnlarning bosh ilohi va homiysiga aylandi. 5. Hind vodiysida katta shaharlar vujudga keldi. 6. Sargon I Akkad va Shumer shaharlarini birlashtirdi. 7. Old Osiyo hududida yashagan xalqlarning ilk davlatlari vujudga keldi. 8. Shumeriylar mixxatni ixtiro qilishdi. 9. Elam davlati vujudga keldi. 10. Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. a) 1, 3, 5 b) 2, 8, 10 c) 4, 7, 9 d) 3, 5, 9, 3. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidan nimasi bilan farqlangan? a) imoratlarning kattaligi va balandligi b) imoratlar muhtasham va ulug’vorligi c) imoratlarning rang-barangligi va muhtashamligi d) imoratlarning kichik xajmda va qulayligi 4. Qaysi davrda qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi? A) Mezolit. B) Neolit. C)Eneolit. D)Bronza. 5. Qaysi podsholik davrida Sinay yarim oroli bosib olindi? A) O'rta podsholik. B) Qadimgi podsholik. C) So'nggi podsholik. D) Yangi podsholik. 6. Ijtimoiy tuzum taraqqiyoti qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Ibtidoiy to’da-urug’-urug’ jamoasi-qabila B) Ibtidoiy to’da-urug’-qabila-qabilalar ittifoqi C) Ibtidoiy to’da-urug’-hududiy qo’shnichilik jamoasi-qabila D) Uurug’-urug’ jamoasi-qabila 7. Quyidagilardan qaysi biri so’nggi paleolitda sodir bo’lgan ? A) odamlar mikrolitlar yasay boshladilar B) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladilar C) to’quvchilik kashf etildi D) odamlar urug’ jamoalariga ajralib chiqdilar 8. Mil. avv. VI asr Hindistonda Buddaviylik dini vujudga kelgan vaqtda O’rta Osiyoda…? A) Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi B) ko’chmanchi saklar harbiy qabila ittifoqi tashkil topdi C) “Avestoning“ eng eski qismlari paydo bo’ldi D) Amirobod madaniyati paydo bo’ldi 9. Eneolit davridan boshlab O’rta Osiyoda …? 1) suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi 2) xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi 3) kulolchilik charxi va g’ildirak kashf etildi 4) Jarqo’ton manzilgohi yuksak taraqqiyotga erishdi 5) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi 6) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasviri bilan bezatiladigan bo’ldi A) 2, 3, 4, 5 B) 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 10. Voqealarni sodir bo’lgan vaqtiga ko’ra ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Hindistonda Malla, Magatha va Koshala davlatlari tashkil topdi 2. Ko’lbuloq manzilgohida odamlar yashay boshladi. 3. Odamlar Animizmga ishonib yashay boshladilar 4. Xom g’ishtdan ko’p xonali uylar qurila boshlandi. 5. Bronza davri boshlandi 6. Rim shahri aholisi ko’p va yirik shaharga aylandi 7. Qadimgi Baqtriya davlati tashkil topdi 8. Yunonistonda sivilizatsiyalar vujudga keldi 9. O’rta Osiyo aholisi temirdan mehnat qurollari yasay boshladi 10. O’rta Osiyo aholisi to’rt guruhga bo’lindi A) -2;-3;-4;-5;-8;-1;-10;-9;-6;-7; B) -2;-3;-4;-8;-5;-1;-9;-10;-7;-6; C) -10;-2;-4;-3;-5;-8;-1;-7;-9;-6; D) -2;-3;-4;-5;-8;-10;-9;-7;-1;-6; 11. Rim imperiyasi bog’liq atamalarni aniqlang? 1. pantifiq. 2. altar 3. avgur. 4. vesta. 5. kagorta. 6. nimfalar 7. sagaris 8. Sukunha. 9. Tarqviniy. 10. Olviya. 11. Menkaura. 12. Kaligula a) 1-2-3-4-5-6-8-9-11 b) 1-2-3-4-6-7-10-12 c) 2-3-4-5-6-8-9-12 d) 1-2-3-4-5-9-12 12. Hashamati va bezaklari jihatidan qaysi inshoat Misr peramidalari bilan bellasha oladi? a. Parfenon ibadatxonasi b. Buyuk Xitoy devori. c. Persepol saroyi d. Sin Shi Xuandi maqbarasi 13. Bir asrda ro’y bergan voqealarni aniqlang 1. Etrusklarning italiyada 12 shahar ittifoqining vujudga kelishi 2. Buddaviylik dini vujudga keldi 3. Falastin hududida Isroil davlati tashkil topdi 4. Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi 5. Xorazmda Ko’zliqir shahri vujudga keldi 6. Rim aholisi ko’p va yirik shaharga aylandi 7. O’rta Osiyoda qadimgi davlatlardan birisi vujudga keldi a. 1-3-6 b. 4-5-7 c. 4-6-7 d. 1-2-6 14. Quyidagi afarizmlar muallifini aniqlang. 1. “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir” 2. “Menga tayanch nuqtasini topib bering, yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” 3. “O’z-o’zingni anglagin” 4. “Insonda hech qanday extiyojlar bo’lmasligi shart”. a. Sukrot b. Diogen c. Geraklit d. Arximed e. Aflatun a. 1-a,2-b,3-c,4-d b. 1-c,2-e,3-a,4-b c. 1-c,2-e,3-d,4-a d. 1-c,2-d,3-a,4-b 15. Kann yaqinidagi jangdan 70 yil o’tib qanday voqea ro’y berganligini aniqlang a. Gay Yuliy Sezar Rim imperator bo’ldi. B. Karfagen butunlay vayronaga aylantirildi c. Spartak qo’zg’aloni bostirildi. d. Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi 16. m.a. II ming yillik...... a) Xitoyda qabilalar ittifoqi vujudga keldi b) Qadimgi Yunonistonda ilk shahar va davlatlar vujudga kela boshladi s) Falastinga qadimgi yahudiy qabilalari joylashdilar d) Sopollitepa manzilgohiga asos solindi 17. Vima Kadfiz davrida zarb qildirilgan tangalar qaysi madandan tayyorlanmagan edi a) mis b) bronza. c) Oltin d) Kumush 18. Rimdagi Kalizey maydonida janglar yanada qiziqarli bo’lishi uchun ...... a. gladiotorlarning qurollari tortib olingan b. Gladiotorlar janglari kuchi teng raqiblar o’rtasida o’tkazilgan c. Gladiotorlar to’r bilan qurollantirilgan d. Gladiotorlarni yovvoyi xayvonlar bilan olishishga majbur qilingan 19. Quyidagi xudolardan qaysi biri ayol ko’rinishida bo’lmagan? a. Yustitsiya b. Demetra c. Gefest d. Afina 20........insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo’lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. a) Urug’ jamoasi b) Ibtidoiy to’da c) Ibtidoiy jamoa tuzumi d) Urug’ 21. Bir tomoni urib o’tkirlangan ko’pol tosh qurollari O’rta Osiyoning qaysi yodgorliklaridan topilgan? a) Ko’lbuloq va Teshiktosh b) Ko’lbuloq va Zirabuloq c) Zarautsoy va Machay d) Seleng’ur va Ko’lbuloq 22. .......bizga insonlar nimalar haqida o’ylagani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday mehnat qurollari va qurol-yarog’dan foydalanganini bilib olish mumkin. a) arxeologik topilmalar b) moddiy madaniyat c) rasmlar d) qadimgi yodgorliklar 23. Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengligi taminlanganidan necha asr oldin Midiya davlati gullab yashnaydi. a) 4 asr oldin b) 4 yarim asr oldin c) 5 asr yarim asr oldin d) 5 ars oldin 24. Qadimgi Rim shahri eng yirik va aholisi ko’p shaharga aylangan vaqtida qanday voqealar sodir bo’lgan? 1. Xitoyda qag’oz paydo bo’ldi. 2. Butun Rimni qullar va kalonlar isyonlari qamrab oldi. 3. Xorazmda mahalliy taqvim ishlab chiqildi. 4. Sak qabilalarining harbiy ittifoqi vujudga keldi. 5. Kudzulla Kadfiz boshchiligida Kushon davlati vujudga keldi. 6. Ahamoniylar davlati vujudga keldi. 7. Rimda yollanma xarbiy kuchga ega bo’lgan sarkardalar real kuchga aylandi. 8. Xristianlik vujudga keldi. 9. Rim davlati respublika deb e’lon qilindi. 10. Arrian yashagan. a) -4; -6; -7; -9; b) -1; -3; -5; -10; c) -4; -6; -9; 10; d) -3; -5; -8; 10; 25. Qayerdan Xitoyga jun gazlama, gilam, zeb-ziynat buyumlari va qimmatbaho toshlar olib borilgan? a) Baqtriyadan b) Badaxshondan c) So’g’diyonadan d) Hindistondan 26. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a'yonlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi holi) nimalar haqida xikoya qilinadi? Yurishlar va jangler. 2. Xalqlarning urf-odatlari. 3. Ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi. 4. Qadimgi davlatlar xronologiyasi. 5. Hunarmandchilik va dehqonchilik. 6. Qadimiy fanlar va san'at. 7. Katta kutubxonalar A) 1, 2, 4, 6 B) 2, 3, 4, 7 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6 27. Quyidagi keltirilgan qaysi manbalarda o’lkamiz hududida yashagan qadimgi aholi madaniyatlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan? A) Behistun qoyatoshlari va Gerodot asarida B) Avesto va Strabon asarida C) Gerodot va Sim Syan asarlarida D) Kvint Kursiy Ruf va Sim Syan asarlarida 28. Mezolit davrida ro’y bergan voqea xodisalarni ko’rsating. 1. G’or devorlaridagi tasvirlar. 2. O’q-yoyning yaratilishi 3. Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni vujudga kelishi. 4. Qabilalarning o’troq turmush-tarziga o’tilishi. 5. Sapol idishlarni paydo bo’lishi. 6. Urug’ jamoalarining Yevroponing shimoliga joylashishi. A) 3,5 B) 5,6 C) 2,3 D) 3,4 29. Mil. avv. IX-VIII asrlarda quyida voqealardan qay biri sodir bo’lmagan? A) O’rta Osiyoning aholisi sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullana boshladi B) “Avesto” ning ilk qismlari paydo bo’lishi C) Xitoyda ilk davlatlar paydo bo’ldi D) Midiya davlati paydo bo’ldi 30. Qadimgi misrliklar oltin,qatron, fil suyagi, nodir navli yog’ochlarni ayirboshlash uchun qaysi mamlakatga borishgan? A) Suriya B)Falastin C)Liviya D)Nubiya 31. Shumer mixxati asosida yozilgan loy taxtachalarda nimalar sanab o’tilgan. 1. Asotirlar 2. Hayvonlar 3. Mamlakatlar 4. O’simliklar 5. Qishloqlar 6. Qurt-qumurskalar 7. Shaharlar A) 1,3,6 B) 3,5,7 C) 2,4,6 D) 1,3,7 32. Elam davlati qayerda vujudga kelgan? A) Eronning shimoli-g’arbida B) Eronning janubi-g’arbida C) Eronning shimoli-sharqida D) Eronning janubi-sharqida 33. Voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Ashoka davlati gullab yashnadi. 2. "Sariq ro'mollilar qo'zg'oloni" bo'ldi. 3. Rim respublasi tashkil topdi. 4. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida O’zbekistonda qadimgi shaharlar rivojlangan. 5. O'zbekiston xududida ilk temir asriga o'tish boshlangan. 6. Ossuriya podshligi qo’shinlari qirib tashlandi A) 5,6,4,3,2,1B) 6,5,3,4,1,2 C) 5,6,3,4,2,1 D) 5,6,4,3,1,2 34. “Xudoning og`li” nomini olgan Iso qayerda tug`ilgan? A) Efesda B) Sardda C) Vifleemda D) Rimda 35. Xitoyni boshqargan ilk sulola nima deb ataladi? a) Shan b) In c) Sya d) Chjau 36. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy a'yonlari va podsholarining turli yilnomalari, qonunlar majmuyi, biografiyalarida aks ettirilgan bo’lib ularda nimalar haqida hikoya qilinadi. A) Yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at B) Yurishlar va janglar, qo’rg’onlar, qasrlar va shaharlar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at S) Harbiy jang san’ati va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san'at D) Yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal'alar qurilishi, chorvachilik va dehqonchilik, kutubxonalar va olimlar Download 45.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling