Yusuf va ahmad
Download 352.03 Kb. Pdf ko'rish
|
dostonning-yaratilish-tarixi-va-ilk-manbalar-yusuf-va-ahmad-dostoni-haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA Mazkur maqola “Yusuf va Ahmad” dostonining yaratilish tarixini o’rganib, uning ilk manbalari haqida ma’lumot yig’ishga qaratilgan. Kalit so’zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 407 DOSTONNING YARATILISH TARIXI VA ILK MANBALAR (“YUSUF VA AHMAD” DOSTONI HAQIDA) Odina Xamidullo qizi Mahamadjonova Andijon davlat universiteti magistranti ANNOTATSIYA Mazkur maqola “Yusuf va Ahmad” dostonining yaratilish tarixini o’rganib, uning ilk manbalari haqida ma’lumot yig’ishga qaratilgan. Kalit so’zlar: tarixiy, afsonaviy, jang-u jadal, baxshi. HISTORY OF DOSTON'S CREATION AND EARLY SOURCES (ABOUT THE EPIC "YUSUF AND AHMAD") ABSTRACT This article focuses on the history of the creation of the epic Yusuf and Ahmad and gathers information about its original sources. Keywords: historical, legendary, fast-paced, good. Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy janglar ,urushlarda qo’shin va yakka shaxslarning jasoratlarini tasvirlovchi dostonlarga jangnoma (romanik) dostonlar deyiladi. Bunday dostonlar qahramonlik dostonlari ta’sirida shakllangan. Qahramonlik dostonlarida bosh qahramonning faoliyati yakkama-yakka olishuvlarda namoyon bo’lsa, jangnomalarda turli xil urush epizodlarida ko’rsatiladi. O’sha paytlarda hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan insonlarni xalq orasida tanitish va shunday ishlarni targ’ib qilish maqsadida jangnoma ko’rinishidan foydalanilgan. Shunday harakatlar natijasida “Jangnomayi Sayid Battol G’oziy”, “Jangnomayi Abo Muslim” ,”Jangnomayi Amir Hamza” kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib qilgan shaxslarning nomi bilan bog’liq jangnomalar yuzaga kelgan. “Rustami doston”, “Qahramon qotil” , “Hushrang” , “Jangnomayi Jamshid” kabilarni ko’rsatish mumkin. O’zbek baxshilarining repertuarida bunday dostonlar juda ham ozchilikni tashkil etadi. Urug’, qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib borilgan janglarni tasvirlovchi qadimiy jangnomalar (“Shiroq “, “To’maris” kabi) zamonlar o’tishi bilan turli xil sabablarga ko’ra baxshilar repertuaridan tushib qolgan bo’lishi mumkin. Buning o’rniga janglar biror xalqning diniy e’tiqodlarini g’ayri dinlardan himoya qilish yoki o’z dinini o’tkazish tarzida talqin etila boshlangan. Dushmanga qarshi kurashda mardlik, jasorat ko’rsatish, ona vatan daxlsizligi kurashish, vatanparvarlik, SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 352.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling