Yusuf va ahmad


www.scientificprogress.uz


Download 352.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi352.03 Kb.
#1253143
1   2   3   4
Bog'liq
dostonning-yaratilish-tarixi-va-ilk-manbalar-yusuf-va-ahmad-dostoni-haqida

www.scientificprogress.uz
 
Page 409
“Yusuf bilan Ahmad” dostonida Go’zalshoh lashkariga nisbatan “qizilboshlar” 
atamasi qo’llanilganligini hisobga olgan holda bu asardagi jang lavhalarining talqiniga 
xorazmliklarning o’z yurtini tashqi bosqinchilar xurujidan himoya qilish maqsadida olib 
borgan jang-u jadallari bilan aloqador tarixiy faktlar asos bo’lgan, deyish mumkin. 
Ushbu dostonning qo’lyozma va toshbosma nusxalarini qiyosiy o’rgangan 
folklorshunos R.Jumaniyozov ham “dostonda XVI asr Xorazm ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
siyosiy munosabatlariga doir ko’pgina ma’lumotlar mavjud. Unda o’sha davr ijtimoiy 
turmushiga xos jihatlar u yoki bu darajada o’z ifodasini topgan”ligini qayd etadi.
Demak, Xorazm vohasi aholisining shoh Ismoil qo’shinlariga qarshi olib borgan 
kurashi, aka-uka Elbarsxon va Belbarsxon boshchiligidagi o’zbek qavmlarining bu 
jangda xorazmliklarga yordam berishi, shuningdek, XI asrning oxirida g`aznaviylar 
mag`lubiyatga uchragach, Isfahon va Kirmonga ko’chib ketgan xorazmlik emrelilarning 
safaviylar davridagi suronli voqealar sababli o’z ona diyori – Xorazmga ko’chib kelishi 
bilan bog`liq voqealar ta’sirida XVI asrning o’rtalarida “Yusuf bilan Ahmad” dostoni 
sujetining ilk namunasi yuzaga kelgan. Yusuf bilan Ahmadning jang-u jadallari va 
qahramonona sarguzashtlariga bag`ishlangan o’zbek jangnoma dostonlarining og`zaki 
variantlari orasida Muhammadqul Jonmurod o’g`li Po’lkan hamda Fozil Yo’ldosh 
o’g`lidan yozib olingan namunaning matni hajman nihoyatda kattaligi, an’anaviy epik 
sujet qurilishining mukammalligi, turkiy xalqlar jangnoma eposiga xos barcha asosiy 
belgilarni 
o’zida 
mujassamlashtirganligi, 
tasvirlangan 
voqealar 
talqinining 
ko’lamdorligi, baxshilar badiiy mahorati va badihago’ylik iqtidorining o’ziga xosligi 
bilan alohida ajralib turadi.
“Yusuf bilan Ahmad” dostonining o’ziga xos xususiyatlari va kelib chiqishi tarixi
xususida qiziqarli mulohazalarni bildirgan Herman Vamberi o’zining
1911 yildagi nashriga yozgan so’zboshisida bu doston o’zbek xalqi epik tafakkurining 
mahsuli o’laroq Xorazmda shakllangan, degan muhim qarashni ilgari surgan. Oradan 
qariyib 20 yil o’tgach, mazkur doston sujetining yaratilish tarixi va tarqalishi masalasi 
A.N.Samoylovichning 1929-yilda chop ettirilgan turkman adabiyoti tarixi ocherklarida 
ancha keng yoritilgan. Olim Yusuf bilan Ahmad sarguzashtlariga bag`ishlangan 
jangnoma doston sujeti Sharqiy Turkistondan Volga bo’ylarigacha bo’lgan katta 
hududda tarqalganligini qayd etar ekan, uning sujeti bilan “Kitobi Dadam Qo’rqut”ning 
“Bomsi Bayrak va Bonu chechak” bo’yi (qismi) orasida yaqinlik mavjudligiga e’tiborni 
qaratgan ediki, bu keyinchalik folklorshunoslikda “Yusuf bilan Ahmad” dostoni 
sujetining genezisini qiyosiy-tarixiy jihatdan o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Jadval-2 
German Vamberi 
1911-yil
So’zboshiga 
doston 
haqidagi fikrlarini kiritgan 
,Xorazmda 
shakllangan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 352.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling