Yusuf va ahmad


www.scientificprogress.uz


Download 352.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi352.03 Kb.
#1253143
1   2   3   4
Bog'liq
dostonning-yaratilish-tarixi-va-ilk-manbalar-yusuf-va-ahmad-dostoni-haqida

www.scientificprogress.uz
 
Page 408
do’stlik kabi g’oyalar kuylangan. “Yusuf va Ahmad” dostoni buning yorqin
dalilidir.
“Yusuf bilan Ahmad” dostonida epik qahramonlarning Go’zalshohga qarshi 
kurashi keng ko’lamda bayon etiladi. Asarda tasvirlangan voqelik talqinining asosiy 
mantiqiy o’zagini ona yurtning daxlsizligini qahramonona himoya qilish, uni har 
qanday tashqi kuchlar xurujidan saqlash, vatanni ko’z qorachig`iday asrab-avaylash, 
janglarda mislsiz jasorat ko’rsatish, ona yurtni jon-dildan sevish, vafodor yorni 
ardoqlash, oila qo’rg`onini muqaddas deb bilish, xalqlar o’rtasidagi o’zaro do’stlikni 
qadrlash, boshqaruvda adolat mezoniga amal qilish, hamjihatlik va birodarlikni 
ulug`lash g`oyalari ustuvorlik qiladi. Shuning uchun ham har bir baxshi bu dostonni 
qunt bilan o’rganib, uni turli davra-yig`inlarda jo’shib kuylashga harakat qilgan. 
Binobarin, “o’zini yetuk dostonchi deb hisoblagan xalq shoiri, baxshisi repertuarida 
“Yusuf bilan Ahmad” dostonini uchratish mumkin” ligining o’zi ham bu jangnoma 
dostonlar xalq orasida nechog`lik keng shuhrat qozonganligidan dalolat beradi. 
Markaziy Osiyo turkiy xalqlari, shu jumladan, o’zbek folklorida “Yusuf bilan 
Ahmad” dostonining o’ziga xos og`zaki versiyasi mavjud bo’lgan. Bu asar xalq orasida 
“Yusuf-Ahmad”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bo’zo’g`lon” kabi 
nomlar bilan yuritilgan. Faqat xalqimiz orasida bu nomdagi dostonlar ikki yo’l bilan, 
ya’ni baxshilar epik repertuaridan o’rin olgan xalq dostoni sifatida bevosita og`zaki ijro 
orqali hamda qo’lyozmalar va keyinchalik matbaachilik yuzaga kelgach esa toshbosma 
kitoblar tarzida ommalashib kelgan. 
Venger sharqshunosi Herman Vamberi 1867- yilda bosilgan “Chig’atoy tili” 
darsligi” kitobida “Yusuf va Ahmad” , “Tohir va Zuhra”, dostonlaridan parchalar
beradi. “Yusuf va Ahmad “ dostonining o’zi amalga oshirgan to’la nemischa
tarjimasini e’lon qiladi. Bu Yevropada birinchi marta o’zbek eposidan qilingan tarjima 
edi.
Ma’lumki, xalqimiz hayotida bo’lib o’tgan real tarixiy voqealar, turli 
davrlardagi ijtimoiy munosabatlar va etnik jarayonlar o’zbek jangnoma dostonlarining 
yaratilishida muhim rol o’ynagan. Xususan, “Yusuf bilan Ahmad” dostonida 
tasvirlangan epik voqealar – Isfahon hukmdori Bo’zo’g`lonxonning o’z jiyanlari Yusuf 
va Ahmad bilan arazlashib, yurtidan quvg`in qilishi va ularning Xorazm xoni Eralixon 
huzuriga kelishlari, Misr podshosi Go’zalshohning Xorazmga o’z xufyasini yubortirib, 
Yusuf bilan Ahmadni zindonband etishi, Ashurbek boshchiligidagi qirq yigitning o’z 
do’stlarini qutqarish maqsadida “yazid”lar bilan jang qilishi, va nihoyat, zindondan 
xalos bo’lib, o’z yurtiga qaytgan qahramonlarning katta qo’shin to’plab, Go’zalshoh 
ustiga yurish qilishi voqealari tasvirida XVI asrning boshlarida Xorazm vohasida ro’y 
bergan tarixiy hodisalar – shoh Ismoil boshchiligidagi safaviylarning bu hududga 
bostirib kelishi va xorazmliklarning yurt ozodligi uchun olib borgan mardonavor 
kurashining aks sadosi yangrayotganday bo’ladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 352.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling