6-sinf I variant
Download 43.04 Kb.
|
6-sinf-tarih-ohirg
6-sinf 2- variant
1. Qoyatosh rasmlari topilgan yodgorliklarni ular joylashgan davlatlar bilan to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) Kapova; 2) Altamir; 3) Lasko; 4) Zarautsoy; a) O‘zbekiston; b) Boshqirdiston; c) Fransiya; d) Ispaniya A) 1 - b; 2 - d; 3 - c; 4 – a B) 1 - b; 2 - c; 3 - d; 4 – a C) 1 - a; 2 - d; 3 - c; 4 – b D) 1 - b; 2 - d; 3 - a; 4 - c 2. Adolat va adliya ilohalarini aniqlang. A) Tot, Femida, Baxus B) Femida, Maat, Yustitsiya C) Yustitsiya, Xatxor, Femida D) Femida, Furiya, Yustitsiya 3. Bobilning bosqinchilar tomonidan bosib olinish tartibi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. A) forslar, kassitlar, makedonlar, parfiyaliklar B) gutiylar, makedonlar, misrliklar, parfiyaliklar C) kassitlar, makedonlar, geksoslar, ossuriyaliklar D) kassitlar, forslar, makedonlar, salavkiylar 4. Siddharta Gautama hayotini tamomila o‘zgartirib yuborgan voqeani aniqlang. A) munkillagan cholga o‘xshab qolgan, bedavo dardga yo‘liqqan navqiron kishini ko‘rib qolishi B) jamiyatdagi kuchli tabaqalanish natijasidayuzaga kelayotgan jabr-zulm C) saroydagi zolim amaldorlar bilan to‘qnash kelishi D) xudolarga qilinadigan behisob xarajatlar, qurbonliklar marosimi 5. Milodiy III asrda Xitoy tarixida yuz bergan tarixiy voqeani aniqlang. A) Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. B) Sariq chilvirli odamlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. C) Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi. D) Sin davlatiga asos solindi. 6. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta’lim berilgan? 1) astronomiya; 2) tibbiyot; 3) musiqa; 4) geometriya; 5) geografiya; 6) tarix. A) 1; 3; 6 B) 2; 3; 4; 5 C) 2; 4; 5 D) 1; 4; 5; 6. 7. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang. A) metall qurollarning kashf etilishi B) kulolchilik charxining paydo bo‘lishi C) yog‘och va toshga ishlov berishning paydo bo‘lishi D) o‘troq turmush tarziga o‘tilishi 8. Rim va Karfagen o‘rtasidagi urushlar sababiga aylangan hududni toping. A) Korsika B) Sitsiliya C) Puni D) Sardiniya 9. “O’lim shahzodasi haqida ertak ” qaysi xalqning qadimiy adabiyoti namunasi ekanligini aniqlang. A) xettlarB) ossurlar C) misrliklar D) eronliklar 10. “O`z-o`zingni anglagin” degan hikmatni qaysi faylasuf aytgan? A) Arastu B) Aflotun C) Sokrat D) Diogen 11. Misrda qaysi podsholik davrida piramidalar qurilmay qo‘yilgan va fir’avnlar vafotidan so‘ng tog‘larda o‘yilgan toshdahmalarga dafn etilgan? A) O‘rta podsholik davrida B) Yangi podsholik davrida C) Qadimgi podsholik davrida D) So‘nggi podsholik davrida 12. O‘rta podsholik davrida Misr poytaxti qayer bo‘lganligini aniqlang. A) Memfis B) Abidos C) Fiva D) Bumbastis 13. Quyidagi xudolarni ular qanday iloh ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) Geya; 2) Ea; 3) Afrotida; 4) Demetra; a) Suv xudosi; b) Yer xudosi; c) Tonggi shafaq xudosi; d) hosildorlik xudosi A) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 – d B) 1 - c; 2 - a; 3 - b; 4 - d C) 1 - a; 2 - b; 3 - d; 4 – c D) 1 - b; 2 - c; 3 - d; 4 – a 14. Quyidagilardan qaysilari Ikki daryo oralig‘i aholisi sig‘inadigan ma’budlar hisoblanadi? A) Shamash, Sina va Ea B) Farna, Ahriman va Mitra C) Osiris, Isida va Ra D) Zevs, Yupiter va Gerakl 15. Mil. avv. XVIII asrda .... A) Lagash davlati kuchaya boshladi B) Sargon I Akkadni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi C) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi D) Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirdi 16. Mil. avv. 216-yilda bo‘lgan voqeani aniqlang. A) Urganesh Magadxa taxtini egalladi. B) Parfiya Bobilni bosib oldi. C) Sin podsholigida In Chjen hukmronligi boshlandi. D) Karfagenliklar rimliklar armiyasini tor-mor etdi. 17. Mil. avv. 605-yilda bo‘lgan voqeani aniqlang. A) Ahamoniylar Bobilni bosib oldi B) Urartu davlati zavol topdi C) Lyu Ban boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi D) Midiya va Bobil qo‘shini Ossuriya armiyasini batamom qirib tashladi 18. Quyida keltirilgan Xorazm shaharlari va ularning qaysi davrga oid ekanligi to‘g‘ri berilgan qatorni toping. 1) Tuproqqal’a; 2) Qal’aliqir; 3) Ko‘zaliqir; 4) Jonbosqal’a va Qo‘yqirilganqal’a. a) mil.avv. VII asr; b) mil.avv. V-IV asrlar; c) mil.avv. III-II asrlar; d) milodiy II-III asrlar. A) 1- b; 2 - d; 3 - c; 4 – a B) 1-c; 2-d; 3 - a; 4 - b C) 1-d; 2-c; 3- b; 4–a D) 1-d; 2 - b; 3 - a; 4-c 19. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o‘yinlari qatoridan joy olgan “beshkurash” tarkibiga nimalar kirgan? 1) uzunlikka sakrash; 2) balandlikka sakrash; 3) yugurish; 4) mushtlashish; 5) kurash; 6) nayza uloqtirish; 7) disk uloqtirish; 8) ot poygasi A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 5, 6, 8 C) 2, 3, 4, 5, 7 D) 3, 5, 6, 7, 8 20. Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) urug‘; 2) ibtidoiy to’da; 3) qabilalar ittifoqi; 4) davlat. A) 2, 1, 4, 3 B) 2, 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 1, 4, 3 21. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan yunon faylasufini aniqlang. A) Demokrit B) Arximed C) Platon D) Diogen 22. Parisning qaysi ishi uchun Sparta podshosi undan qasos olishga ahd qilganligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping. A) Sohibjamol Yelenani o‘g‘irlab ketganligi B) Yog‘ochdan yasalgan ulkan otni qo‘lga kiritganligi C) Spartaga to‘lanadigan yillik soliqdan bosh tortganligi D) Egey dengiziga hukmronlik qilish da’vosi 23. Qadimgi yunonlarning Olamga hukmronlik qiluvchi uch xudosini aniqlang. A) Zevs, Femida, Afrodita B) Apollon, Gelios, Afina C) Zevs, Poseydon, Aid D) Zevs, Olimp, Nika 24. Qadimgi Spartada periyeklar - .... 1. Ozod kishilar hisoblanar edi. 2. Xalq kengashida ishtirok eta olmas edi. 3. To‘la-to‘kis huquqlarga ega emas edi. 4. Armiyaning eng jangovar qismi edilar. 5. Alohida spartaliklar oilasiga xizmat qiluvchi edilar. 6. Aholining eng quyi qatlami edi. A) 1, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 6, D) 2, 5, 6 25. Qadimgi davr diniy e’tiqodlaridagi bir-biriga mos keluvchi xudo-ilohlar qatori ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni aniqlang. 1. Amon-Ra – Shamash 2. Dionis – Vulkan 3. Anubis – Aid 4. Tot – Sina 5. Yustitsiya – Maat 6. Diana – Venera 7. Morfey – Gipnos 8. Ishtar – Ares 9. Germes - Xatxor A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8 C) 1, 2, 4, 7, 8, 9 D) 2, 3, 5, 6 26. Mil. avv. 216-yilda qanday voqea bo’lib o’tgan? 27. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o‘yinlari qatoridan joy olgan “beshkurash” tarkibiga nimalar kirgan? 28. Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyoti bosqichlarini ko‘rsating. 29. Qadimgi Misr davlati janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh bo‘lgan? 30. Miloddan avvalgi 206-yilda Sin sulolasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning asosini kimlar tashkil etgan? 31. Misrda qaysi podsholik davrida piramidalar qurilmay qo‘yilgan va fir’avnlar vafotidan so‘ng tog‘larda o‘yilgan toshdahmalarga dafn etilgan? 32. Hozirgi Suriya davlati hududida vujudga kelgan qadimgi podsholikni yozing. 33. Bosqinchilik yurishlari davrida Iyerusalimni vayron qilib tashlagan Yangi Bobil podshosini kim? 34 Afinalik mashhur faylasuf Sokrat qalamiga oid qanday hikmatlarni bilasiz? 35 Mesopatamiya ikki daryo oralig‘i aholisi qanday ma’budlarga sig‘ingan ? 36. Kichik Osiyodan kelgan etrusklar Italiyada o’zlarining 12 ta shahar-davlatlarini tuzgan vaqtini aniqlang 37. Qadimgi Misr davlati janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh bo’lgan? 38. Mil.avv XVIII asrda paydo bo’lgan Xett podsholigi hozirgi qaysi davlat hududiga to’g’ri keladi? 39. Qachon va qaysi podsho davrida Urartu podsholigi gullab yashnagan ? 40. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlaganlarga haq to’lana boshlangan? Download 43.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling