6-sinf I variant


Download 43.04 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi43.04 Kb.
#1274894
  1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf-tarih-ohirg


6-sinf I variant

1. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar?


1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom;
2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish;
3. tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish;
4) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik;
5) mustahkam qal’a va saroylar qurish.
A) 1, 4, 5 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 2, 3, 4
2. Qadimgi Misr davlati janubdan qaysi davlat bilan chegaradosh bo‘lgan?
A) Falastin B) Suriya C) Liviya D) Nubiya
3. Taxminan mil. avv. XVIII asrda paydo bo‘lgan Xett podsholigi hozirgi qaysi hududga to‘g‘ri keladi?
A) Suriya B) Eron C) Turkiya D) Livan
4. Qachon va qaysi podsho davrida Urartu podsholigi gullab yashnagan?
A) mil.avv. XI-IX asrlar Xattus va Menua hukmronligi davrida
B) mil.avv. IX –VIII asrlar Sardur I va Aramu davrida
C) mil.avv. IX –VIII asrlar Sardur I va Menua davrida
D) mil.avv. VIII-VI asrlar Xattus va Menua hukmronligi davrida
5. Miloddan avvalgi 206-yilda Sin sulolasiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonning asosini ....
A) hunarmandlar tashkil etgan.
B) harbiylar tashkil etgan.
C) dehqonlar tashkil etgan.
D) chorvadorlar tashkil etgan.
6. Kichik Osiyodan kelgan etrusklar Italiyada o‘zlarining 12 ta shahar-davlatlarini tuzgan vaqtni aniqlang.
A) mil.avv. VII asrB) mil.avv. VIII asr
C) mil.avv. IX asrD) mil.avv. VI asr
7. Hozirgi Suriya davlati hududida vujudga kelgan qadimgi podsholikni aniqlang.
A) Bobil B) Xett C) Lidiya D) Mitanni
8. Afinada qachondan boshlab davlat organlarida ishlaganlarga haq to‘lana boshlagan?
A) mil. avv. IV asr boshlaridan
B) mil. avv. IV asr o‘rtalaridan
C) mil. avv. V asrdan
D) mil. avv. VI asrdan
9. Quyidagilardan Qadimgi Yunoniston xudolari sirasiga kirmaydiganigi aniqlang.
A) Ares B) Eos C) Anibus D) Femida
10. Bosqinchilik yurishlari davrida Iyerusalimni vayron qilib tashlagan Yangi Bobil podshosini aniqlang.
A) Tiglatpalasar B) Salmanasar
C) Nabopalasar I D) Navuxodonosor II
11. Ahamoniylar davrida yuz ustunli zali bo‘lgan saroy qayerda qurilgan?
A) Persepolda B) Suzada C) Ekbatanda D) Sardda
12. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat qalamiga oid hikmatlarni aniqlang.
A) “Xudo bizning o‘zimizdadir!”, “Hech narsa bir joyda turmaydi”
B) “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo‘lmasligi shart”, “Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni ostin-ustin qilib tashlayman”
C) “Bir daryoga ikki marta sho‘ng‘ib bo‘lmaydi”, “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin”
D) “O‘z-o‘zingni anglagin va bilgin”, “Mening donishmandligim shundaki, kamina faqat hech nimani bilmasligimni bilaman, xolos!”
13. Quyidagi xudolarni ular qanday iloh ekanligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang.
1) Geya; 2) Ea; 3) Afrotida; 4) Demetra;
a) Suv xudosi; b) Yer xudosi; c) Tonggi shafaq xudosi; d) hosildorlik xudosi
A) 1 - b; 2 - a; 3 - c; 4 – d B) 1 - c; 2 - a; 3 - b; 4 - d
C) 1 - a; 2 - b; 3 - d; 4 – c D) 1 - b; 2 - c; 3 - d; 4 – a
14. Quyidagilardan qaysilari Ikki daryo oralig‘i aholisi sig‘inadigan ma’budlar hisoblanadi?
A) Shamash, Sina va Ea
B) Farna, Ahriman va Mitra
C) Osiris, Isida va Ra
D) Zevs, Yupiter va Gerakl
15. Mil. avv. XVIII asrda ....
A) Lagash davlati kuchaya boshladi
B) Sargon I Akkadni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi
C) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi
D) Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirdi
16. Mil. avv. 216-yilda bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Urganesh Magadxa taxtini egalladi.
B) Parfiya Bobilni bosib oldi.
C) Sin podsholigida In Chjen hukmronligi boshlandi.
D) Karfagenliklar rimliklar armiyasini tor-mor etdi.
17. Mil. avv. 605-yilda bo‘lgan voqeani aniqlang.
A) Ahamoniylar Bobilni bosib oldi
B) Urartu davlati zavol topdi
C) Lyu Ban boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘ldi
D) Midiya va Bobil qo‘shini Ossuriya armiyasini batamom qirib tashladi
18. Quyida keltirilgan Xorazm shaharlari va ularning qaysi davrga oid ekanligi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
1) Tuproqqal’a; 2) Qal’aliqir; 3) Ko‘zaliqir; 4) Jonbosqal’a va Qo‘yqirilganqal’a.
a) mil.avv. VII asr; b) mil.avv. V-IV asrlar; c) mil.avv. III-II asrlar; d) milodiy II-III asrlar.
A) 1- b; 2 - d; 3 - c; 4 – a B) 1-c; 2-d; 3 - a; 4 - b
C) 1-d; 2-c; 3- b; 4–a D) 1-d; 2 - b; 3 - a; 4-c
19. Qadimgi Yunonistonda Olimpiada o‘yinlari qatoridan joy olgan “beshkurash” tarkibiga nimalar kirgan?
1) uzunlikka sakrash; 2) balandlikka sakrash; 3) yugurish; 4) mushtlashish; 5) kurash; 6) nayza uloqtirish; 7) disk uloqtirish; 8) ot poygasi
A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 1, 2, 5, 6, 8
C) 2, 3, 4, 5, 7 D) 3, 5, 6, 7, 8
20. Insoniyatning ijtimoiy taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.
1) urug‘; 2) ibtidoiy to’da; 3) qabilalar ittifoqi; 4) davlat.
A) 2, 1, 4, 3 B) 2, 1, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 1, 4, 3
21. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan yunon faylasufini aniqlang.
A) Demokrit B) Arximed C) Platon D) Diogen
22. Parisning qaysi ishi uchun Sparta podshosi undan qasos olishga ahd qilganligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Sohibjamol Yelenani o‘g‘irlab ketganligi
B) Yog‘ochdan yasalgan ulkan otni qo‘lga kiritganligi
C) Spartaga to‘lanadigan yillik soliqdan bosh tortganligi
D) Egey dengiziga hukmronlik qilish da’vosi
23. Qadimgi yunonlarning Olamga hukmronlik qiluvchi uch xudosini aniqlang.
A) Zevs, Femida, Afrodita
B) Apollon, Gelios, Afina
C) Zevs, Poseydon, Aid
D) Zevs, Olimp, Nika
24. Qadimgi Spartada periyeklar - ....
1. Ozod kishilar hisoblanar edi.
2. Xalq kengashida ishtirok eta olmas edi.
3. To‘la-to‘kis huquqlarga ega emas edi.
4. Armiyaning eng jangovar qismi edilar.
5. Alohida spartaliklar oilasiga xizmat qiluvchi edilar.
6. Aholining eng quyi qatlami edi.
A) 1, 3 B) 1, 2, 4 C) 2, 3, 6, D) 2, 5, 6
25. Qadimgi davr diniy e’tiqodlaridagi bir-biriga mos keluvchi xudo-ilohlar qatori ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni aniqlang.
1. Amon-Ra – Shamash 2. Dionis – Vulkan 3. Anubis – Aid 4. Tot – Sina 5. Yustitsiya – Maat 6. Diana – Venera 7. Morfey – Gipnos 8. Ishtar – Ares 9. Germes - Xatxor
A) 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 1, 2, 4, 7, 8, 9 D) 2, 3, 5, 6
26. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang?
27. Salavkiylar davlatidagi yirik shaharlar va madaniy markazlarni belgilang.
28. Yunonlarning Qora dengiz sohillaridagi koloniyalarini aniqlang.
29.Qadimgi Yunonistondagi satira va nimfalar bu ....
30. Qadimgi Xitoydagi podsholiklarni tartib bilan yozib bering.
31. Afina davlatiga nima katta daromad keltirgan?
32. Gerakl qanday xizmati uchun Olimp tog‘idagi xudolar saltanatida faxrli o‘ringa ega bo‘ldi?
33. O‘zbekiston tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manbalarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashltiring?
34. Olimlarning faraz qilishicha, Hindiston hududiga bostirib kirgan oriylar qayerda yashaganlar?
35. Anibus qanday iloh?
36. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan yunon faylasufini aniqlang.
37. O’rta podsholik davrida Misr poytaxti qayer bo’lgan?
38. Qadimgi Spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar?
39. Ahamoniylar davrida 100 ustunli zali bo’lgan saroy qayerda qurilgan?
40. Yunonlarning Qora dengiz sohillaridagi koloniyalarini aniqlang?


Download 43.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling