6-sinf ona tili ( 1-chorak ) So`zlar qanday tarkib topadi?


Sodda tub va sodda yasama so`z haqida ma’lumot bering va misollar keltiring


Download 76.5 Kb.
bet6/8
Sana08.01.2022
Hajmi76.5 Kb.
#251457
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-sinf.ona tili test

19.Sodda tub va sodda yasama so`z haqida ma’lumot bering va misollar keltiring.

20.Kelishik qo`shimchalarining vazifasi…

6- sinf Ona tili ( 2- chorak)

1.O`yin ,qiyin so`zlariga –a fe’l yasovchisi qo`shilsa, qanday tovush o`zgarishi ro`y beradi? A)tovush tushishi B)tovush almashishi C)tovush ortishi D)to`g`ri javob yo`q. 2.Tuslanish qaysi so`zlar uchun xos? A) ot B)sifat C)son D)fe’l 3.Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A.Tog`ga chiqqach osmonning pastligini his qildi. C.Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. B.Murodxonlarnikiga qarab yo`lga tushdim. D.Bobur gulni hidlab sallasi qatiga qistirdi. 4. 1.Gul ochildi. 2. Yig`ilish ochildi. Gaplardagi fe’l nisbatlarini aniqlang. A.1-gapda o`zlik , 2-gapda majhul nisbat B.1-gapda majhul, 2-gapda o`zlik nisbat. C.Har ikkala gapda o`zlik nisbat D. Har ikkala gapda majhul nisbat. 5.Fe’lning zamon, shaxs-son qo`shimchalarisiz shakli qanday nomlanadi? A.O`tgan zamon shakli B.Fe’lning noaniq shakli C.Sof fe’l shakli D.Buyruq-istak mayli shakli 6.Otasini yangi ta’mirlangan xonaga ko`chirdi. Gapdagi fe’l nisbatini aniqlang. A.Aniq nisbat B.O`zlik nisbat C.Majhul nisbat D.Orttirma nisbat. 7.Qaysi qatorda soda yasama fe’l berilgan? A.Yurmoq B.Qurmoq C.Keltirmoq D.Nafratlanmoq 8.Bajaruvchining harakat yoki holatning bajarilish jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? A.-gach, -t, -ir, -n, -in B.-guncha, -la, -in, -il, -gan C.-in, -t, -ir, -ish, -il D. –gach, -guncha, -gani, -ib 9.Fe’lning shaxs-son shakllarining xususiyati noto`g`ri ko`rsatilgan qatorni belgilang. A.Harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko`rsatadi. B.Ismlarni kesimga xoslaydi. C.Fe’lni kesim sifatida shakllantiradi. D.Fe’l kesimni ega bilan bog`laydi. 10.Tub fe’l berilgan qatorni belgilang. A.Kechikmoq B. Boyimoq C.Qichqirmoq D.Shildiramoq 11.So`z yasovchi qo`shimcha qo`shish orqali ko`proq fe’l qaysi so`zlardan yasaladi? A.Taqlid so`z B. Ot C.Sifat D.Son 12.Tuslovchilar berilgan qatorni belgilang . A. Uylar, ko`chalar B. Kezdik, sevinding C.Gulni,maktabga D.Uycha,onam 13. Quyidagilardan qaysi biri fe’lning munosabat shakllari hisoblanadi? 1)saxs-son 2)o`timli-o`timsizlik 3)zamon 4)bo`lishli-bo`lishsizlik 5)vazifa shakli 6)mayl A.1,2,6 B.2,3,4,5 C.1,3,6 D.2,4,5,6 14.Oygul turishi bilan saroy charaqlab ketdi, Hamma yoq bo`lib ravshan uylar yaraqlab ketdi. Parchadagi qo`shma fe’llar soni nechta? A.2 ta B.3 ta C.Bitta D.Qo`shma fe’l yo`q 15.Qaysi gapning yetakchi qismi qo`shma fe’ldan tuzilgan? A.Uyga tez-tez qo`ng`iroq qilib tur. B.Akasi bor gapni aytdi-qo`ydi. C. U gapni aytib bera olmay qoldi. D.Akbar she’rni yodlab bo`ldi. 16. 1.Salim uyga borguncha gapirib ketdi. 2.O`g`li bir yoshligidayoq gapirib ketdi. Gapirib ketdi birligi qanday birlik? 17.Qaysi nisbat qo`shimchasi qo`shilsa, fe’llar o`timli fe’lga aylanadi? 18. Gapirmoq,yodlamoq,ekmoq,muzlamoq fe’llarininig ma’no turini yozing. 19.Vatanni sevdirgan ,unga intilishimizga sabab bo`lgan sog`inch hisini kim bilmaydi? Gapdagi fe’l nisbatlarini yozing. 20.Fe’lning noaniq shakli tarkibida qanday qo`shimcha bo`lishi mumkin?

6-sinf onatili (3-chorak) 1.Boychechak so`zi tuzilishiga ko`ra qanday so`z? A.Sodda ot B.Qo`shma ot C.Juft ot D.Yasama ot 2.Qaysi qatordagi atoqli otlar xato yozilgan? A.Sog`liqni Saqlash Vazirligi B.Birlashgan Millatlar Tashkiloti C.O`zbekiston Milliy universiteti D.O`zbekiston Oliy Majlisi 3.O`rin-joy oti yasovchi qo`shimchalar berilgan qatorni belgilang. A. –zor,-iston,-loq B.-lik,-chilik, garchilik C.-gich, -don, -oq D.-soz, -boz, -vchi 4.Turlanish hodisasi qysi turkumga xos? A.Sifat B.Ot C.Son D.Fe’l 5.-ch,-inch,-lik qo`shimchalari qanday otlarni yasaydi? A.Narsa oti B.O`rin-joy oti C.Mavhum ot D.Shaxs oti 6.Tarkibiy qismlarga bo`linmaydigan sifatlar qanday sifatlar deyiladi? A.Tub sifat B.Yasama sifat C.Qo`shma sifat D.Takroriy sifat 7.Belgining ortiq yoki kamlik jihadan farqlanishiga nima deyiladi? A.Asliy sifatlar B.Sifat darajalari C.Nisbiy sifatlar D.Juft sifatlar 8.Qaysi qatorda nisbiy sifat berilgan? A.Chiroyli B.Aqlli C.Oilaviy D.Chaqqonroq 9.Ko`ksulton so`zi qaysi so`z turkumiga mansub? A.Ot B.Sifat C. Sifat va ot D.Rang-tus sifati 10.Otlashgan sifat berilgan gapni belgilang. A.Yaxshi otga bir qamchi. yomon otga ming qamchi . B.Yaxshi so`z –jon ozig`i. C.Yaxshilik yerda qolmas. D.Yaxshi bilan yursang ,yetarsan murodga. 11.Qaysi qatorda jarayonni bildiruvchi ot berilgan? A.A.Paxtakor B. G`allachilik C.Mahalla D.Quruvchi 12.Qaysi qatordagi otga ko`plik qo`shimchasi qoshilganda ko`plik ma’nosini ifodalaydi? A.Kitob B. Onam C.Ko`zim D.Keldi 13.-in qo`shimchasi bilan yasalgan sifat qaysi qatorda berilgan? A.Yog`in B.Qo`shin C.Yig`in D.Erkin 14.Qaysi qatorda sifat yasovchi qo`shimchalar berilgan? A.-zor,-iston, -loq B.-li, -ser, -dor, -siz C.-gich,-don,-loq D.-la,-siz, -bon 15.Qaysi gapda sifat otlashmagan? A.-Axir, musulmon odammman, aylanay!- dedi Hoji xola. B.Kambag`alni tuyaning ustida it qopar. C.Tong otishiga yaqin tomorqaning bast-balandini tekislab bo`ldi. D.Musofirga yo`l ko`rsatib, suv berish savob. 16.Savobdir jilg`aga soysan deb aytsang, Yo xunuk ayolga oysan deb aytsang. Parchadagi ot so`z turkumiga oid so`zlar soni nechta? 17.Ayniqsa,Nasriddin Afandining quvnoq sarguzashtlari bilan tanishish uning tabiatiga xos hajviy mayllarga turtki beradi. Gapdagi yasama sifatlarni yozing. 18.Turlanish nima? 19.Sofdil, jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir. Gapdagi sifatlarning ma’no turini yozing.


Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling