8-mavzu:Boborahim Mashrab
344. Mashrab so’zining ma’nosi nima? J: Ilohiy sharobga yetishgan, ishq sharobini ichgan
345. Mashrab 7 yil davomida kimning qo’lida shogird bo’lgan? J: Mulla Bozor Oxund
346. Mashrab kim bilan 20 yillik safarga ketadi? J: Do’sti Pirmat Setoriy bilan
347. Sharqda mMshrab taxallusini olgan nechta shoir bo’lgan? J: 10 ta
348. Mashrab she’rlarining bosh mavzusi? J: Ilohiy ishq
349. Qanday adiblar mutasavvuf deb atalgan? J: Asarlarida tasavvuf g’oyalarini aks ettirgan adiblar
350. Mashrabning she’riy to’plamlari qachondan boshlab nashr qilina boshlangan?
J: 1958-1980-yillarda
351. Mashrabning qaysi g’azali har bir baytida tanosib san’ati qo’llangan? J: “Chidayolmas…”
352. Mashrab qalamiga mansun “Ne g’urbatlarni chektim chorli bebunyod dastingdan” she’ri qanday shaklda yozilgan? J: Muxammas.
353. “Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’lub hayron,
G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig’on o’rtar. Ushbu baytda qanday san’at qo’llangan? J: Tanosub.
9-mavzu: Anbar Otin
354. Anbar Otin yashagan davrni ko’rsating. J: 1870-1910-yillar
355.Shoira “Tarjimayi hol” asarida ota-onasi haqida nima deydi? J: Otam- Farmonquli Marg’iloniy, Onam-Ashurbibi Qo’qoniy.
356. Shoiraning ota-onasi qanday kasb-hunar bilan mashg’ul bo’lgan? J: Bo’zchi -belbog’chi.
357. Anbar kimga turmushga chiqadi? J: Qoqonlik Zohidxo’ja ismli kishiga.
358. Shoira turmush o’rtog’ini qanday ta’riflaydi? J: “Zahmat ahlidan” deya.
359.Ularning nechta farzandi bor edi? J: To’rtta: Mo’minxo’ja, Bibixon, Usmonxo’ja, Ominaxon (yoshligida vafot etgan).
360. Bo’lajak shoira kimning qo’lida tahsil olgan? J: Dilshod otin maktabida.
361. “Anbaroy bug’doyrang, sunbul sochli, ohu ko’z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidir. Bu sakkiz yashar qizcha bo’lishiga qaramay, hazrat Navoiy g’azallarini o’rganishga behad qiziqardi… .Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo’lg’usi”,- deya bo’lg’usi shoirani kim ta’riflagan? J: Dilshod Barno.
362.Anbar Otin qaysi tillarda ijod qilgan? J: O’zbek va tojik tillarida.
363. Shoira she’rlarida kimning ta’siri sezilib turadi? J: Uvaysiyning.
364. Shoiraga Uvaysiy kim bo’lgan? J: Bir she’rida “momom”deb tilga oladi, hamda otasiga Uvaysiyning amma ekanligini ta’kidlaydi.
365. Anbar Otin qiziqqan davraning nomi nima? J: “Haziniy to’dasi”.
367. O’zbek adabiyoti tarixida ayollar qismatiga bag”ishlangan”Qarolar falsafasi” deb nomlangan asarni yozgan shoira kim? J:Anbar Otin
368. Shoira ijodida eng go’zal kashfiyot nima edi? J: ,,Qoralar falsafasi” falsafiy-publitsistik asari.
369.Asarda qaysi xalqlar “…qora yuz, oq ko’ngul xaloyiq…” deya ta’riflanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |