6-sinf Ona tili


Download 45.13 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi45.13 Kb.
#1252052
Bog'liq
monitoring 3-chorak 6-7 sinf


6-sinf Ona tili (3-chorak)

  1. Ingliz tilida: “emoji” , Rus tilida: “смайлик”, O`zbek tilida qanday nomlanadi? A. “kulgich”, B. “hisbelgi”, C. “kuldirgich”, D. “kulinchoq”

  2. O‘zlashma qatlamga oid so`z berilgan qatorni belgilang. A. quvonch, B. ikki, C. ko‘klam, D. planshet

  3. Internetdan foydalanish uchun ishlatiladigan dastur-? A. akkaunt, B. veb brauzer, C. smartfon D. admin

  4. Odam tanasining taxminan necha % i suvdan iborat. A. 75%, B. 50%, C. 25% D. 100%

  5. Ko‘chma maʼnoda berilgan so`zni toping. A. tilla uzuk, B. oltin boshoq, C. uzun soch D. baland bino

  6. Og`irlikni ifodalagan hisob so`z berilgan qatorni toping. A. 1 litr sut, B. 2 kg guruch, C. 10 qadam yo`l D. qulochi uzun

  7. Ko`ra boshlamoq – ko`makchi fe’lining yordamchi ma’nosini aniqlang. A. harakatning boshlanishi, B. harakatning tugashi, C. harakatning davomiyligi D. harakatning oson bajarilishi

  8. Nabiy sollallohu alayhi vasallam Salomni tarqating, salomat bo‘lasiz dedilar. Gapning qolipini toping. A. M: “K”, — m. B. M: “K?” — m. C. M: “K!” — m. D. “K, — m, — k”.

  9. Hadisdagi “Faqat ikki narsadan boshqada hasad yo‘q” jumlasi qanday maʼnoni anglatadi? A. Ikki narsa, yaʼni ikki vaziyatdan boshqa holatlarda havas qilish bor. B. Odamlar ikki narsaga hasad qilsa, bu hasad emas, balki havasdir. C. Hasad ikki turli bo‘ladi: yomon hasad va “havas qilish” maʼnosidagi hasad. D. Ikki holatdan boshqa holatlarda hasad qilish mumkin.

  10. Ulug‘bek rasadxonasi kim tomonidan qurilgan? A. Amir Temur B. Mirzo Ulug`bek C. Alisher Navoiy D. Jaloliddin Manguberdi

  11. …………… so‘zi yunoncha bo‘lib, “tasavvur qilish san’ati” ma’nosini anglatadi. Nuqtalar o`rniga mos so`zni toping. A. Fantastika B. Sarguzasht C. Ertak D. Jangovor

  12. 2279-yilning erta bahor kunlaridan birida Yerdan Qora Kit burjiga “Kamalak” kosmik kemasi yo‘l oldi. Qaysi asardan keltirilgan parcha? A. “O`n besh yoshli kapitan” B. “Birinchi sinov” C. “Bir kunlik yoz” D. “Mallalar uyishmasi”

  13. Qahramonning “Sehrli” qilichini tekkizib: “Bir umr yasha!” – degan gaplari kimga qattiq ta’sir qilib mashhur inson bo`lishiga turtki bo`ldi? A. Hojakbar Shayxov B. Jyul Vern C. Artur Konan Doyl. D. Rey Bredberi.

  14. Uilyam, Margo – qaysi asar qahramonlari? A. “O`n besh yoshli kapitan” B. “Birinchi sinov” C. “Bir kunlik yoz” D. “Mallalar uyishmasi”

  15. Qirq yoshlarga borgan edi. Qotma, juda chaqqon, qora soch va qoracha yuzli bu kishining bo‘yi baland bo‘lmasa-da, juda baquvvat odamday ko‘rinar edi. Keltirilgan ta’rif qaysi qahramon haqida? A. Nigero B. Dik Send C. Jek D. Kapitan Bill



7-sinf Ona tili (3-chorak)

  1. Tushum kelishigi belgisiz qo`llangan gapni toping. A. Akmalning kitobi uyda qolgan ekan. B. Men kecha Asilani ko‘rdim C. O‘qituvchi Sobirni chaqirdi D. Bozorda handalak ko‘rdik.

  2. “Tayr” so‘zi tilimiz tarixida “qush” maʼnosini anglatgan. Bu so‘zning tub ildizi “…….” mazmunini ifodalagan. Nuqtalar o`rniga mos so`zni toping. A. uchish B. tayyor C. hozirlanmoq D. qush tili

  3. Lom-mim deyolmay, hatto yig‘lab yuboradigan tengdoshlarimiz ham bor. Bu holat ilmiy tilda nima deb ataladi? A. layoqatsizlik B. fotofobiya C. atixifobiya D. peyrofobiya

  4. Gap tarkibidagi bo‘laklardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq, ta’kidlab talaffuz qilinishiga ………… nima deyiladi? A. so`z urg`usi B.gap urg`usi C. ta’kid D. notiqlik

  5. III shaxs egalik qo`shimchasi keltirilgan qatorni toping. A. –m, -im B.-ng, -ing C. –si, -i D. –ni, -ning

  6. Yozuvchi sayoz joyda cho‘kadi. A. Asqad Muxtor B. Abdulla Qahhor C. Cho‘lpon D. Odil Yoqubov

  7. Hikoyaning eng taʼsirli, eng muhim qismi qanday nomlanadi? A. Voqealarning rivoji B. Kirish C. Yechim D. Kulminatsiya

  8. “Ochiq osmon ostidagi muzey shahar” deya eʼtirof etilgan shahar - ? A. Samarqand B. Buxoro C. Xorazm D. Xiva

  9. lar qoshimchsi qaysi gapda hurmat ma’nosida kelgan? A. O‘zlari kelibdilar-da B. Boshlarim og‘rib ketdi C. Shirinlarning fojiasi D. Dadamlar ishdan keldilar

  10. Tut, olma, yoz so`zlaring shakl va ma’no turini aniqlang. A. Sinonim B. Antonim C. Paronim D. Omonim

  11. Arabchada “ayollarga xushomad qilish” ma’nosini beruvchi janrni aniqlang. A. G`azal B. Ruboiy C. Tuyuq D. Fard

  12. Mumtoz adabiyotda she’riy topishmoq nima deb ataladi? A. G`azal B. Ruboiy C. Tuyuq D. Chiston

  13. “Mehrobdan chayon” asari qahramonlarini keltirilgan qatorni belgilang. A. Otabek, Kumush, Zaynab B. Abdurahmon, Kumush C. Abdurahmon, Kumush, Homid D. Anvar, Abdurahmon, Ra’no

  14. Sarmunshiy –? A. Mirzoboshi B. Vazir C. Mulozim D. Kotib

  15. Kishi aybing desa, dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu, Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu? Misralari janrini aniqlang.

A. G`azal B. Ruboiy C. Tuyuq D. Fard
Download 45.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling