6-sinf ona tili va adabiyot I chorak yangi darslik


Download 38.98 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi38.98 Kb.
#1779208
Bog'liq
6-sinf ona tili va adabiyot aralash 1-chorak


6-SINF ONA TILI VA ADABIYOT I CHORAK YANGI DARSLIK
1.Bundan o‘ttiz yil burun Chexovning kitoblarini qo‘limdan qo‘ymasdan o‘qib chiqdim.Shunda alomat bir hodisa yuz berdi: shu bilan muhtaram ustod menga go‘yo muborak ko‘zoynaklarini berdilar-u: “Mana buni taqib, o‘z xalqingning o‘tmishiga nazar sol!” – dedilar. Ushbu xotiralar qaysi adibga tegishli?
A)Abdulla Avloniy
B)Abdulla Qahhor
C)Said Ahmad
D)O’tkir Hoshimov
2. “O‘g‘ri” hikoyasidagi ellikboshi so’zi qanday lavozimni bildiradi?
A) bir necha qishloqni boshqargan amaldor
B) tuman yoki daha hokimi;
C) mahalla yoki ovul rahbari
D) politsiya boshlig‘i

3.Qaysi qatorda til dеgаn bir qаrich, tili bir qulоch, tili uzun iboralarining ma’nosi berilgan?


A)gapirmoq
B)maqtanmoq
C)afsuslanmoq
D)tanilmoq
4. “Shum bola” spektaklida shum bola rolini kim o’ynagan?
A) Muhammadiso Abdulaxayirov
B) Xayrulla Sa’diyev
C)Umarali Normatov
D)Abdulla Nabiyev

5. “qulog‘idan kun ko‘rinadi” iborasi qanday ma’noni anglatadi?


A)juda ozg’in B)qulog’i garang C) xunuk D) juda katta
6. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Ushbu nizom Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida belgilab qo’yilgan?
A)6- moddasida
B)2- moddasida
C)4-moddasida
D)15- moddasida
7. Benzinning narxi oshar emish. Ertaga natijalar eʼlon qilinar ekan. Ushbu gaplarda to’liqsiz fe’llar qanday ma’noni ifodlash uchun qo’llanmoqda?
A) o’tgan zamon ma’nosida B)birovdan eshitganlik ma’nosida
C) xabardorlik ma’nosida D)ogohlantirish ma’nosida
8. So‘zlovchining cheksiz his-hayajoni ifodalanganda, matnda ayrim qismlar olib tashlanganda hamda dialoglarda suhbatdoshning gapi javobsiz qolganda yozuvda qaysi tinish belgisi qo‘yiladi.
A)tire
B)ko’pnuqta
C)undov
D)vergul
9. Ish yuritish hujjatlarining qaysi birida maʼlum bir shaxs o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilib yozgan matn bo’lib, u qisqa yoki to‘liq shaklda yozilishi mumkin?
A)tarjimayi hol
B)tavsiyanoma
C)ma’lumotnoma
D)ariza
10. “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan “Eng og’ir gunoh” hikoyasida yong’oq bilan qanday o’yin o’ynardilar?
A)poylab otish
B)soqqaquvar
C)bekinmachoq
D)aqlli miyacha

11.Qaysi qatordagi gapda undalma ishtirok etgan?
A)Butun olam gullar bilan bezanganday go’yo
B)Bolalar bugun oromgohda dam olish uchun jo’nab ketishadi.
C)Aziz yurtdoshlar, karantin qoidalariga rioya qiling!
D)Eh,telefonim xonamda qolib ketibdi-ku!
12.Qaysi qatordagi so’zlarning barchasi imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan?
A) energetika, mexanizim , metalurgiya, ob’ekt
B) plastmassa, eksport, Shimoliy Yevropa
C) poliyetilen, konteynir,gidroinshoot
D)selofan,mexanizm,ob’ekt
13. Odil Yoqubovning bolaligi og‘ir sinovlarda kechgan bo’lib, necha yoshida otasidan ajralgan?
A)11 yoshida
B)16 yoshida
C)10 yoshida
D)13 yoshida
14.Quyidagi gaplarning qaysi birida to’liqsiz fe’l ishtirok etmagan?
A) Zebiniso ertalabdan hovlilarni supurib chiqdi
B) Salima o‘shanda biroz xafa edi.
C) O‘shanda bizga yolg‘on gapirishgan ekan.
D) Benzinning narxi oshar emish.

15. Qaysi qatorda nutqni jozibador va taʼsirchan qiladigan birlik berilmagan?


A)ibora
B)tasviriy ifodalar
C)maqollar
D)epigraflar
16. Qaysi qatordagi bog’lovchi ikki sodda gapni o’zaro bog’lab kelgan?
A) Odam tanasining eng katta va eng mehnatkash ishchisi jigardir
B)Jigar – odam organizmining filtri, chunki u ichimizga kirib qolgan turli zararli moddalardan
bizni himoya qiladi
C) Yog‘li taomlar va gazli ichimliklar isteʼmol qilishni kamaytirish zarur
D) Odam tanasini ulkan zavodga o‘xshatish mumkin
17. Gap yoki gap bo‘lagiga so‘roq, taʼkid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor
kabi maʼnolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga ….deyiladi. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A)aniqlovchilar
B)bog’lovchilar
C)yuklamalar
D)ko’makchilar
18. Yulduzlar to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug‘ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. Ushbu mulohazalar qaysi ijodkorga tegishli?

A)Ibroyim Yusupov


BAbdulla Qodiriy
C)To’ra Sulaymon
D)O’tkir Hoshimov

19. “Akkomodatsiya” so’zining ma’nosi nima?


20. G‘afur G‘ulomning XX asr boshlaridagi xalqimiz hayotiga bag‘ishlangan
yana bir asari qaysi?
21. Ko’z bilan bog’liq iboralarga misollar keltiring.
22. “Tomoshabog‘”, “Bemor”, “Anor” kabi hikoyalar muallifi kim?

23. “Ko‘zimning nuri” iborasi qanday holatlarda qo‘llanadi?


24.O’rganmoq fe’lini birlik shakldagi shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslang.
25.Fe’lning hozirgi zamon qo’shimchalarini yozing.


SAVOL

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

JAVOB

D

C

B

B

A

C

B

B

A

B

C

B

C

A

D

B

C

D

























































19. Ko‘zning turli masofadagi narsalarni aniq ko‘rishga moslashuvi.


20. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi.
21. Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq.
Ko‘ziga cho‘p solmoq.
Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq.
Ko‘zi pishmoq.
Ko‘z tashlamoq.
Ko‘z yummoq.
22.Abdulla Qahhor
23. Ushbu ibora o’z ma’nosida ko’rish qobilyatini, ko’chma ma’noda esa farzand ma’nosida ishlatiladi.
24.O’rgandim, o’rgatding, o’rgatdi.
25. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi.
Download 38.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling