6-sinf proba-09. A1+ daraja
Download 22.7 Kb.
|
6-sinf proba-09. A1 daraja
6-sinf proba-09. A1+ daraja 1. O‘zbekistondagi qadimgi yodgorlik Teshiktosh g‘oridan qanday buyumlar topilgan? 1) tosh qurollari; 2) sopol buyumlari; 3) hayvon suyaklari; 4) dehqonchilik qurollari: 5) qoyatosh rasmlari; 6) inson suyaklari A) 1, 5 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 6 2. Insonlar qaysi davrda toshni sirlash va teshikchalar parmalashni bilib oldilar? A) so‘nggi poleolitda B) neolit va eneolitda C) mezolit va neolitda D) bronza davrida 3. “Aleksandr harbiy yurishlari” asari muallifi nechanchi asrda yashagan. A) mil. avv. I asr oxirlarida B) mil. avv. II asr oxiri - mil. avv. I asr boshlarida C) milodiy I asr D) milodiy II asr 4. Qadimgi Misr dehqonlari qaysi faslda kanallar va ariqlarni tozalashar edi? A) yozda B) bahorda C) kuzda D) qishda 5. Quyida keltirilgan xudolardan faqat Mesopotamiyaga tegishlilarini aniqlang. 1) Shamash; 2) Xatxor; 3) Sina; 4) Nika; 5) Ea; 6) Shiva; 7) Aid; 8) Ishtar; 9) Xapi A) 1, 3, 4, 7,8 B) 1, 3, 5, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 4, 5, 8, 9 6. Qadimda ma’lum bo‘lgan “shoh yo‘li” qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? A) Persepoldan O‘rta yer dengizigacha B) Pomir tog‘laridan Qara dengizgacha C) Xitoydan Fors qo‘ltig‘igacha D) Fors qo‘ltig‘idan Persepolgacha 7. Quyidagilardan mil avvalgi II asrda yashagan yunon tarixchisini aniqlang? a) Arrian b) Strabon c) Polien d) Kvint Kursiy Ruf 8. Saklarning qaysi guruhi son jihatdan ko’pchilikni tashkil qilgan? A) saka-tiay-aradarayya B) saka-tigraxauda C ) saka-xoumovarka D) barchasi bir xil bo‘lgan 9. Qadimgi Xitoydagi podsholiklar tartib bilan keltirilgan qatorni toping? A) Shan, Chjou, Ko‘ p odsholiklar, Sin, Xan B) Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Chjou, Xan C) Chjou, Shan, Sin, Ko‘p podsholiklar, Xan D) Sin, Shan, Chjou, Xan, Ko‘p podsholiklar 10. Shan dalatining nomi nimadan kelib chiqqan? A) hukmon sulola nomidan B) davlatning bosh shahri nomidan C) ushbu hududda yashagan qabila nomidan D) daryo nomidan 11. Yunoniston-Eron urushi necha yil davom etdi? A) 44 yil B) 41 yil C) 45 yil D) 35 yil 12. Yunonlarning oliy xudosi Zevsning uning o‘g‘li qanday xudo hisoblangan? A) quyosh xudosi B) yorug‘lik, musiqa va she’riyat xudosi C) muhabbat, she’riyat va go‘zallik xudosi D) o‘rmonlar va ovchilik xudosi 13. Qaysi davrda Misr fir'avnlari Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga hujum uyushtirganlar? a) Qadimgi podsholik; b) O'rta podsholik; c) Yangi podsholik; d) So'nggi podsholik. 14. Sinay yarim oroli qaysi podsholik davrida Misrga tobe etilgan? A) Qadimgi podsholik B) O’rta podsholik C) Yangi podsholik D) Ilk podsholik 15. Quyidagi qaysi omil katta- katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib bergan? a) Ota urug’ining vujudga kelishi va asosiy xo’jalik ishlariga erkaklarning jalb qilinishi; b) Mikrolit qurollarining yasala boshlanishi; c) Temirdan ishlangan uchli omochlar va boltalar paydo bo’lishi; d) Qabila sardorlarining mavqeyining oshishi. 16. Mil.avv. IV asrda … A) O‘rta Osiyo sa trapliklarga bo‘lindi B) Saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqdi C) Tarixchi Polien yashagan D) Ilk shahar ko‘rinishidagi manzilgohlar paydo bo‘ldi 17. Salavkiya shahri qayerda joylashgan edi? A) Eronning shimolida B) Sharqiy Suriyada C) Fors daryosi bo‘yida D) Dajla daryosi bo‘yida 18. Yunon-makedon qo‘shinlari bosqini davrida Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi nima deb atalgan? A) Nautaka B) Kurushkat C) Naxshab D) Nasaf 19. Makedoniyalik Aleksandrga O‘rta Osiyoda bo‘ysunmagan hududlarni ko‘rsating? A) Toshkent va Farg‘ona B) Bekobod va Xorazm C) Xo‘jand va Farg‘ona D) Xorazm va Marg‘iyona 20. Salavkiylar davlatida mudofaa va qo‘shinlarni tashkil etish bilan qaysi lavozim egasi shug‘ullangan? A) dorug‘a B) satrap C) mingboshi D) strateg 21. “Uch yuz spartaliklar jasorati”, degan nom bilan tarixga kirgan jangni aniqlang. A) Salamin jangi B) Plateya jangi C) Fermopil jangi D) Marafon jangi 22. Gerodot Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O‘rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini tasvirlagan. Unga ko‘ra saklar qanday qurollar bilan qurollangan? A) kamon va nayza B) oybolta va xanjar C) qilich va gurzi D) kamon, nayza, gurzi 23. Qadimgi Rimdagi Mars yunonlarning qaysi xudosi bilan qiyoslanadi? A) Ares B) Germes C) Gefest D) Geleos 24. Rim imperiyasida tosh qal’alar qayerlarda bunyod etilar edi? A) yangi barbo qilingan shaharlarda B) qishloq va shahar atroflarida C) imperiya chegaralarida D) Rim shahrining markazida 25. Yuliy Sezar tomonidan zarb qilingan dinor nechanchi yillarga oid? A) mil.avv. 45-44-yillar B) mil.avv. 55-52-yillar C) mil.avv. 49-48-yillar D) mil.avv. 47-46-yillar 26. Quyidagilardan qaysi biri so‘nggi paleolitda sodir bo‘lgan? A) odamlar tabiiy olovdan foydalana boshladi B) mikrolitlar yasay boshlandi C) odamlarning urug‘ jamoalarga ajralib chiqishi D) to‘quvchilikning kashf etilishi 27. Qadimgi Rim forumidan nimalar o‘rin olgan edi? A) senat binosi, altar va ibodatxona B) konsullarning uylari, bozor maydoni, kolizey teatri C) bozor maydoni, yig‘ilish joyi va ibodatxona D) senat binosi, senatorlar uylari, ibodatxonalar 28. Kir II ning massaget qabilalaridan mag‘lubiyatga uchraganidan qancha vaqt o‘tib Doro III qo‘shinlari yunon-makedonlar tomonidan tor-mor etildi? A) 200 yil B) 150 yil C) 120 yil D) 190 yil 29. Mil.avv 334 yilda boshlangan Aleksandrning sharqqa yurishlari necha yil davom etgan? A) 15 yil B) 10 yil C) 11 yil D) 3 yil 30. Misrdagi Sfinksning balandligi qancha bo’lgan? A) 50 metr B) 147 metr C) 12 metr D) 20 metr
Download 22.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling