9.Quyidagi sak qabilalari yashagan hududlari bilan to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni toping.
1) saka-tigraxauda; 2) saka-tiay- taradarayya; 3) saka-xaumovarka;
a) Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada;
b) Hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida;
c) Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida;
d) Amudaryo bo‘ylarida.
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-a, 2-d, 3-b
10.Quyidagi davlatlardan qaysi biri boshqalariga nisbatan avvalroq vujudga kelgan?
A) Salavkiylar davlati B) Davan davlati C) Yunon-Baqtriya podsholigi D) Kushon podsholigi
11.O’zbekistonning qaysi hududlaridan so‘nggi paleolit davri odami manzilgohlari topilgan?
A) Toshkent viloyati, Buxoro, Surxondaryo hududlaridan
B) Samarqand shahri hududi, Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysidan
C) Surxondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatidan
D) Samarqand shahri yaqini, Xorazm, Qashqadaryo hududlaridan
12.Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan?
A) O’rta Osiyoda B) Kichik Osiyoda C) Old Osiyoda D) Sharqiy Yevropada
13.Kushonlar davriga oid bo‘lgan qaysi yodgorliklardagi buddaviylik ibodatxonalaridan o‘sha davr devoriy tasvirlar va haykaltaroshlikning yuksak san’at namunalari topib o‘rganilgan?
A) Surxko‘tal, Dalvarzintepa, Zamonbobo B) Surxko‘tal, Zartepa, Teshiktosh
C) Xolchayon, Jarqo‘ton, Fayoztepa D) Qoratepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa
14. Hindistonda Ashoka hukmronlik qilgan asrda O’rta Osiyoda qaysi davlatlar paydo bo‘lgan?
A) Qang‘ va Davan davlatlari B) Kushon va Yunon-Baqtriya podsholigi
C) Kushon va Qadimgi Xorazm davlatlari D) Kushon va Parfiya davlatlari
15.Qaysi davrda odamlar toshdan ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishgan?
A) So‘nggi paleolitda B) Bronza davrida C) Ilk paleolitda D) O’rta paleolitda
Do'stlaringiz bilan baham: |