6-Sinf. Sciens. O‘zbekiston iqlimining o‘ziga xos jihatlari tuzuvchi: Xorazm viloyati Urganch shahar 17-son maktabining biologiya fani o’qituvchisi Kurbanova Ayshajon


Download 1.29 Mb.
Sana09.05.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1448532
Bog'liq
6-Sinf SCIENS Tabiiy fan 17-SON MAKTAB URGANCH SHAHAR.

6-Sinf. Sciens. O‘ZBEKISTON IQLIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI TUZUVCHI:Xorazm viloyati Urganch shahar 17-son maktabining biologiya fani o’qituvchisi Kurbanova Ayshajon

1. Sizningcha, ob-havo va iqlim tushunchalarining qanday farqi bor?

Bahor. O‘zbekistonda bahor fasli sutkalik o‘rtacha harorat +5⁰C dan +20⁰C gacha oraliqda o‘tgan kunlarni o‘z ichiga oladi. Taqvim bo‘yicha bahor mart oyidan boshlansa-da, aslida fevral oyining oxirlarida o‘rtacha sutkalik harorat +5⁰C dan oshadi va shu kunlar qishning oxiri hamda bahorning boshlanishi deb hisoblanadi. bahorda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi: ba’zan isiydi, ba’zan esa biroz soviydi. Bu ham havo massalarining harakatiga bog‘liq. Yillik yog‘inning deyarli 40 % i bahor fasliga to‘g‘ri keladi. May oylarida harorat ko‘tariladi, havo ochilib, yog‘inlar keskin kamayadi va shu vaqtdan yoz boshlanad

Yoz. Mamlakatimizda yoz fasli o‘rtacha sutkalik harorat +20⁰C dan oshganda boshlanib, +20⁰C dan pasayganda tugaydi. Taqvim bo‘yicha iyun oyida boshlanib, avgustning oxirida tugasa ham, aslida mayning o‘rtalarida boshlanib, sentyabr oyining oxirlarigacha davom etadi. Yoz oylari jazirama issiq va qurg‘oqchil bo‘ladi. Yillik yog‘inning deyarli 10 % i yog‘adi. Bulutsiz, jazirama issiq kunlar iyul-avgust oylarida ko‘p kuzatiladi. Yoz faslida O‘zbekistonning tekislik qismida iyul oyining o‘rtacha harorati +26⁰C – +32⁰C atrofida o‘zgaradi. Yurtimizdagi eng yuqori harorat Termiz shahrida kuzatilgan bo‘lib, u +50⁰C ga yetgan.

Kuz. O‘zbekistonda sutkalik o‘rtacha havo harorati +20⁰C dan pasayganda boshlanib, +5⁰C dan pasayganda tugaydi. Haqiqiy kuz oktyabr oyidan boshlanadi. Shu oydan boshlab kun sezilarli darajada qisqaradi, havo salqinlasha boshlaydi. Oktyabrda havoning o‘rtacha harorati iyuldagidan 12–15⁰C past bo‘ladi. Shimoldan sovuq havo massalari kirib kelgan paytlari kechalari havo sovub ketib, ba’zan qirov tushadi. Kuzda yillik yog‘inning 15–20 % i yog‘adi. Kuz faslining oxiriga borib sovuq kuchayadi, osmonda bulut ko‘payadi, yomg‘ir, ba’zan esa qor yog‘adi.

Qish. O‘zbekistonda qish fasli sutkalik o‘rtacha harorat +5⁰C dan pasaygan kundan boshlanadi. O‘zbekistonda qish shu kengliklarda joylashgan O‘rta dengiz atrofidagi hududlarga nisbatan sovuq va quruq. Bunga sabab O‘rta dengiz atrofidagi hududlarga Atlantika okeanidan iliq va sernam havo kelib turishidir. Qishda ob-havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ya’ni sovuq kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi. Bu havo massalarining harakatiga bog‘liq.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling