6-sinf Tarix Bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi ?


Download 18.33 Kb.
Sana15.09.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1678359
Bog'liq
6-sinf tarix


6-sinf Tarix
1.Bitiklarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi ?
J: Epigrafika
2.Tangalarni o’rganish bilan qaysi fan shug’ullanadi ?
J: Numizmatika
3.Eng qadimgi odamlar, yozuv, davlatlar paydo bo’lish davrini odamlar qanday ataydilar ?
J: Ilk sivilizatsiya
4.Dastlabki sivilizatsiyalar tarixi qayerda boshlangan ?
J: Qadimgi Sharqda, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida
5.Yer yuzida odam paydo bo’lganidan qachongacha bo’lgan davr tarix fanida Qadimgi dunyo tarixi dwb ataladi ?
J: Milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar
6.Misrliklar tarixi haqida hikoya qiluvchi asarlar ?
J: ,,Piramidalar matnlari”va ,,Marhumlar kitobi”
7.Hindlar tarixi haqiagi asar ?
J: ,,Rigveda”
8.O’rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiluvchi asar ?
J: ,,Avesto”
9.,,buyuk o’qituvchi” - … ?
J: Tarix

  1. - $ Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi

1.Kimlar qadimgi zaamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar ?
J: Arxeologlar
2.Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklab va rivojlanishini o’rganuvchi olimlar
J: Antropologlar
3.Kimlar qadimgi odamlarning ko’pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlab qolgan xo’jalik va madaniy an’analarini o’rganadilar ?
J: Etnograflar
4.O’lkamiz qadimgi tarixining keng o’rganilgan manbalari qaysi turlarga bo’linadi ?
J: Moddiy manba va yozma manba
5.O’rta Osiyo tarixi bo’yicha eng qadimgi yozma manba ?
J: ,,Avesto’’
6.Zardushtiylarning muqaddas kitobi ?
J: ,,Avesto’’
7.,,Avesto’’da yurtimizning qaysi viloyatlari aholisi madaniyati to’g’risida hikoya qilinadi ?
J: Baqtriya, So’g’d, Xorazm
8.Qadimgi davr tarixiga oid yana bir yozma manba ?
J: Behistun qoyasidagi yozuvlar
9.Behistun qoyasidagi bitiklar qayerda joylashgan ?
J: Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida
10.Behistun qoyasidagi yozuvlar kimning buyrug’I bilan yozilgan ?
J:Fors shohi Doro 1
11.Behitun yozuvlarida qayerlar sanab o’tiladi ?
J: Xorazm, So’g’d, Baqtriya
12.Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot qachon yashagan ?
J: Miloddan avvalgi 5-asr
13.Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib qaysi asarni yozgan ?
J: ,,Tarix’’
14.Gerodotning ,,Tarix” asari necha kitobdan iborat ?
J: 9
15.Kimning qaysi asarida o’lkamizning qadimgi aholisi to’g’risida ma’lumotlar beriladi ?
J: Gerodotning ,,Tarix” asarida
16.Qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon qachon yashagan?
J: Miloddan avvalgi 1-asr oxirlarida
17.Strabonning asari ?
J: ,,Geografiya”
18.O’rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltirilgan asar
J: Strabonning ,,Geografiya”
19.Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf qachon yashagan ?
J: Milodiy 1-asrda
20.Kvint Kursiy Rufning asari ?
J: ,,Makedoniyalik Aleksandr tarixi”
21.Aleksandrning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan asar ?
J: ,,Makedoniyalik Aleksandr tarixi”
22.Yunon tarixchisi Arrian qachon yashagan ?
J: Milodiy 2-asrda
23.Arrianning asari ?
J: ,,Aleksandrning harbiy yurishlari ? (,,Aleksandr anabasisi”)
24.Ko’hna qadamjolarni qazish chog’ida arxeologlar qayerlik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan ?
J: Hindiston, Eron va Mesopotamiya
25.Jahondagi barcha xalqlarning tarixi nimadam boshlangan ?
J: Ibtidoiy jamoa tuzumidan
26.Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich ?
J: Ibtidoiy to’da
27.Insoniyat tarixining boshlang’ich davri qaysi bo’lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo’lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan ?
J: Ibtidoiy jamoa tuzumi
28. Turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi ?
J: Ibtidoiy to’da
29.Ibtidoiy to’da asta-sekinlik bilan nimaga aylana borgan?
J: Urug’
30.Urug’ bu ?
J: Birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo’lgan qarindoshlar jamoasi
31.Dastlabki urug’ jamoalari kimning atrofida birlahsa boshlagan ?
J: Ona
32.Ona urug’i davri ?
J: Matriarxat
33.Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo’jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin kimga o’ta boshladi ?
J: Erkak kishiga
34.Ota urug’i davri ?
J: Patriarxat
35.Patriarxat bilan qaysi tuzum ham yakunlanadi ?
J: Eng qadimgi urug’chilik
36.Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixining boshlanishini qanday atashadi ?
J: ,,tosh davri”
36.Qadimgi tosh davri ?
J: Paleolit
37.Paleolit so’zining ma’nosi ?
J: yunoncha ,,paleos” - ,,qadimgi” va ,,litos” - ,,tosh”
38.O’rta tosh davri ?
J: Mezolit
39.Yangi tosh davri ?
J: Neolit
40.Mistosh davri ?
J: Eneolit
41.Eneolit so’zining ma’nosi ?
J: lotincha ,,eneus” - ,,mis” va yunoncha ,,litos” - ,,tosh”
42.Paleolit necha davrga bo’linadi ?
J: 3
43.Ilk paleolitning yillari ?
J: mil.avv 1 mln – 100 ming yil
44.O’rta paleolitning yillari ?
J: mill.avv 100 – 40 ming yil
45.So’nggi paleolitning yillari ?
J: mill.avv 40 – 12 ming yil
2 - $ Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari
1.Odam qanday paydo bo’lganligi haqida ilmiy, diniy, afsonaviy va dunyoviy naqllar mavjud bo’lib, biz bu masalani ilmiy asosda qaysi fanlar ma’lumotlariga tayanib o’rganamiz ?
J: Antropologiya va arxeologiya
2.
Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling