6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


Namangan Viloyati Uchqorg’on shahridagi 43-SDIUM tarix fani o’qituvchisi Munojatxon Usmonova


Download 0.79 Mb.
bet82/85
Sana10.12.2021
Hajmi0.79 Mb.
#179796
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
6 sinf mavzulashgan test

Namangan Viloyati Uchqorg’on shahridagi 43-SDIUM tarix fani o’qituvchisi Munojatxon Usmonova

43-mavzu. Rim imperiyasining qulashi va zavolga yuz tutishi (44 ta)

1.Qaysi Imperator Trayan davridan so‘ng rimliklar yirik bosqinchilik urushlarini olib

borolmaganlar?

2.Sezar B) Brut C) Neron D) Trayan

3.Qachondan boshlab Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi?

A)Milodiy II asrda B) Milodiy III asrda

C)Milodiy IV asrda D) Mil.av.III asrda

4. Imperatorni endilikda nima saylar, armiyaning o‘zida ham turli nimalar o‘rtasida kurash borar edi?

A)Armiya,dehqonlar B) Xalq yig’ini,guruh

C)Xalq yig’ini,dehqonlar D)Armiya,guruh

1.Ayni paytda imperiya chegaralarining qaysi tarafidan jangovar qabilalar paydo bo‘ldilar?

A) shimoli-g‘arbiy B) janubi-g’arbiy

C)shimoli-sharqiy D)janubiy-sharqiy

5. Rimliklarga nisbatan madaniy rivojlanish jihatidan ancha quyi pog‘onasida turuvchi qabilalarni nima deb atashgan?

A) Oykumena B) varvalar

C) doriylar D) ko’chmanchilar

6. Rimliklar chegarada katta nimani saqlab turishga majbur bo‘lishgan?

A) haykalni B) armiya C) drujina D)otryad

7. Qaysi Imperator zamonida Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi?

A) Konstantin B)Trayan C)Feodosiy D)Alarix

8. Qachon Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi?

A) milodiy 330-yili B) milodiy 320-yili

C) milodiy 310-yili D) milodiy 300-yili

9. Qaysi bo’g’ozdagi Vizantiy shahri Rim imperiyasining poytaxti deb e’lon qilindi?

A) Bering B) Bosfor C) Elbrun D) Foros

10. Imperatorning buyrug‘i bilan nimalar buzib tashlandi?

A) haykallar B) devorlar C) eski binolar D) qal’alar

11. Shahar nima deb atala boshlandi?

A) Konstantinopol B) Vizantiy

C) Salavkiy D) Yuqori shahar

12. Kimning o’limidan so‘ng qachon Rim imperiyasi kimlar o‘rtasida necha qismlarga ajrab ketdi?

A) Trayan, milodiy 395-yili,qarindoshlari,2

B)Feodosiy, milodiy 395-yili,2 o’gli,2

C)Trayan, milodiy 390-yili,2 o’g’li,2

D) Feodosiy, milodiy 385-yili,o’g’illari,2

13. G‘arbiy qismga qayerlar kirgan?

1.Italiya, 2.Yevropa,3.Misr,4. Shimoliy Afrikadagi vilo yatlar,5. Bolqon yarimoroli, 6.Kichik Osiyo 7.Mesopotamiya

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C)3,5,6 D)3,5,7

14. Sharqiy qismga qayerlar kirgan?

A) 1,2,3 B) 1,2,4 C)3,5,6 D)3,5,7

15. Qayerda imperatorning yagona hokimiyati saqlanib qolgan?

A) Sharqiy Rim imperiyasida

B) G’arbiy Rim imperiyasida

C) G‘arbiy Rim imperiyasi janubida D) Rimda

16. Qayer alohida davlatlarga parchalana boshladi?

A) Sharqiy Rim imperiyasi B) G’arbiy Rim imperiyasi C)Rim imperiyasi janubi D) Rim

17. Qachon gotlar Rimni qurshab oldilar?

A) Milodiy 410-yilda B) Milodiy 400-yilda

C) Milodiy 420-yilda D) Milodiy 430-yilda

18. Kim boshchiligidagi gotlar Rimni qurshab oldilar?

A) Atilla B) Alarix C) Salmanasar D) Neron

19. Rimliklar ular bilan muzokara boshladilar, ammo qachon,kimlar darvozalarni ochib berdilar?

A) ertalab,qullar B) peshinda darvozabon

C)tunda,xoinlar D) tunda ,qullar

20. Kimlar shaharga yopirilib kirdilar?

A)qullar B) bosqinchilar C) fitnachilar D) xoinlar

21. Gotlar nimalarni yo‘q qilib, bebaho nimalarni yondirib, Rimni roppa-rosa qancha vaqt taladilar?

1. uylarni,2. Shaharni,3. 2 kun,4.haykallarni,5.kitoblarni,6.1 oy,7. 3 kun

A) 1,2,7 B) 4,5,7 C) 2,5,6 D) 4,5,7

22. Kimlar savodsiz bo‘lib, teatrlar, kutubxonalarni ko‘rishmagan edi?

A) Rimliklar B) Spartaliklar

C) Germanlar D) Vizantiyaliklar

23. Kimlar Rim imoratlari, arxitekturasi va haykallarining go‘zalligi va ulug‘vorligini munosib baholay olishmadi?

A) Rimliklar B) Spartaliklar

C) Germanlar D) Vizantiyaliklar

24. Germanlar qo‘rg‘onchalarini o‘rab turgan devorlarni mustahkamlash uchun Rim nimalaridan qanday narsalarni ko‘chirib olib ketdilar. Nimalar ham nobud bo’ldi?

1.Kitoblar, 2.haykallar,3. boshqa san’at asarlari ,4.zeb-ziynatlar,5.ibodatxonalar,6. kutubxona binolari,7. tosh taxtalarni,8.loy taxtalarni

A)2,3,6,8,1 B) 5,6,1,2,8 C) 5,6,7,1,2,3 D) 5,6,8,1,2,3

25. Kimlarning Rimni ishg‘ol etishi imperiya aholisini larzaga soldi?

A) Gotlar B) Axeylar C) qullar D) skiflar

26. Qancha vaqt davomida rimliklar o‘zlarining barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonishgan?

A) O’n yillar B) O’ttiz yillar

C) Ellik yillar D) Yuz yillar

27. O‘zlarini qayerni hukmdori hisoblashgan?

A) Rimni B) Germanlar va Rimni

C) G’arbiy va SHarqiy Rimni D) jahonni

28. Qayerni “boqiy shahar” deya ta’riflagan edilar?

A) G’arbiy Rim B) Rim

C) Sharqiy Rim D) Germanlarni

29. Kimlar Rim zavolga yuz tutishi bilan butun jahon nes-nobud bo‘lib ketishiga ishonar edi?

A) aholisining ko‘pchiligi B) ayrim kishilar

C) donishmandlar D) bosqinchilar

30. Rimning undan dahshatliroq dushmani – kim boshchiligidagi, qaysi qabilalari paydo bo‘ldi?

A) Attila, xunn B) Atilla,got

C)Alarix,xunn, D) Alarix,got

31. Qachon xunnlar Italiyaga bostirib kirdilar?

A) Milodiy 432-yilda B)Milodiy 442-yilda

C) Milodiy 452-yilda D) Milodiy 455-yilda

32.Qachon Rimga germanlarning vandal qabilalari hujum qildi?

A) Milodiy 432-yilda B)Milodiy 442-yilda

C) Milodiy 452-yilda D) Milodiy 455-yilda

33. Vandallar qancha vaqt davomida shaharni taladilar?

A) 1 oy B) o’n kun C) 3 kun D) ikki hafta

34. Vandallar qaysi narsani nobud qildilar?

A) shaharni B) haykalni C) kutubxonani

D) o‘zlari bilan olib ketolmaydigan hamma

35. Qachon german qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi so‘nggi imperatorni taxtdan ag‘darib tashladi?

A)Milodiy 476-yilda B)Milodiy 442-yilda

C) Milodiy 452-yilda D) Milodiy 455-yilda

36. German qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi kim edi?

A) Konstantin B) Feodosiy C) Odoakr D) Romul

37. German qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi kimni taxtdan ag’darib tashladi?

A) Konstantin B) Feodosiy C) Odoakr D) Romul

38. German qabilalarining Rimdagi yollangan qo‘shini sarkardasi nimani Konstantinopolga jo‘natdi?

A) qilichini B) imperator unvoni nishonini

C) davlat bayrog’ini D) qirollik tojini

39. Sobiq G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarini kimlar egallab oldilar?

A) skif qabilalari B) german qabilalari

C)sak qabilalari D) daklar

40. Qachon G‘arbiy Rim imperiyasining quladi?

A) milodiy 476-yil B) mil.av.476-yil

C) Milodiy 452-yilda D) Milodiy 455-yilda

41. Qachon qadimgi dunyo tarixining yakunlanish sanasi sifatida qayd qilindi?

A) milodiy 476-yil B) mil.av.476-yil

C) Milodiy 452-yilda D) Milodiy 455-yilda

42. Mazkur sanadan boshlab qaysi tarix boshlanadi?

A) qadimgi B) yangi C) o‘rta asrlar D) eng yangi

43. Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy imperiyalarga bo‘linishi sababi nimada?

A) taxt talashish B) dushman hujumi C) Feodesiyning o’limi D) gotlarning hujumi

44.Qayerni “Boqiy shahar” deb atashgan?

A) Germaniyani B) Vizantiyani C) Bobilni D) Rimni.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling