6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami
Tuzuvchi: Shozodbek Normurodov Olmazor tumani 28-maktab yarix fani uqituvchisi
Download 0.79 Mb.
|
6 sinf mavzulashgan test
Tuzuvchi: Shozodbek Normurodov Olmazor tumani 28-maktab yarix fani uqituvchisi.
20- mavzu: Zardushtiylik (27 ta) 1. O‘rta Osiyoda qachon zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi? a) mil.avv II ming yillikda b)mil.avv I ming yillikda d) mil.avv III ming yillikda e) mil.avv IV ming yillikda 2. Zardushtiylar nimaga sig’inishgan va ularni muqaddas hisoblashgan? a)quyosh,oy,yulduzlarga b)hayvonlar,qushlar,qurt-qumursqalarga d) olov,tuproq,suv yulduzlarga e)ko’rinmas ruhlarga 3. «Zardushtiylik» so‘zi qanday paydo bo’lgan? a) Zardusht ismidan b) tog’ nomidan d) ibodatxona nomidan e)yulduz nomidan 4. Zardusht nechanchi ming yilliklarda yashab o’tgan? a) mil.avv 2-ming yillik oxirida b) mil.avv 1-ming yillikning birinchi yarmida d) mil.avv 1-ming yillikning 2-yarmida d) mil.avv 2-ming yillik boshida 5. Yunonistonda Zardushtning ismi qanday talaffuz qilingan? a) Zaratushtra b) Zaradush d) Zoroastr e) Zarash 6. «Astron» qaysi tildan olingan va ma’nosi nima? a) lotincha-yulduz b) yunoncha-Oy d) lotincha-quyosh e)yunoncha-yulduz 7. Zardushtni Yunonistonda nima deb bilishgan? a) rohib b) donishmand,munajjim d) mohir hunarmand e) avliyo 8. Quyidagi tushirib qoldirilgan so’zlarni to’g’ri joylashtiring: Bir kuni erta tongda 1)……….. suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u 2)………. elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi 3). ………… sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh 4)………..qarshisiga borib qolibdi. 5)………… xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardushtni tanlaganini ma’lum qilibdi. A) 1.Zardusht 2.Ahuramazda 3.Zardusht 4.Ahuramazda 5.Ahuramazda B) 1.Zardusht 2.Mitra 3.Zardusht 4. Ahriman 5.Mitra D) 1.Anaxita 2.Mitra 3.Zardusht. 4.Ahuramazda 5.Ahriman E) 1.Mitra. 2.Ahuramazda 3.Zardusht 4.Ahuramazda 5.Ahuramazda 9. Zardusht necha yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan? a) 40 yoshida b) 35 yoshida d) 20 yoshida e) 30 yoshida 10. «Payg‘ambar» so‘zining ma’nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? a) dono yo’lboshchi b) donishmand,munajjim d) ezgu amallar haqida xabar beruvchi e) yozuv ishlardan qaytaruvchi 11. Zardushtiylikda Diniy marosimlar qayerda o'tkazilgan? a) ibodatxonalarda b) ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o‘choq olovi atrofi da d) g'orlarda chizilgan rasmlar atrofida e) cherkovda 12. Nima sababdan Zardusht qabilalarni birlikka davat qilgan? a) o'ziga itoat qilishi uchun b) o'zaro urushlarga chek qo'yishi uchun d) boshqa qabilalarni bosib olish uchun e) istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun 13. Zardushtning so‘nggi va’zlari kim tomonidan yozib olingan? a) kohinlar b) o'zi tomonidan yozib qoldirilgan d) shogirtlari e) yozib qoldirilmagan 14. «Avesto» so'zining ma'nosi nima? a) o'qish b) kitob d) qat’iy belgilangan qonun-qoidalar e) yodlash 15. «Avesto»ning ilk qismi qachon paydo bo'lgan? a)mil.avv IX-VIII asrlarda b)mil.avv VIII-VII asrlarda d)mil.avv VIII-VI asrlarda e)mil.avv VII-VI asrlarda 16. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi qachon bitta kitobga jamlangan? a) mil.av IV asrda b) mil.av V asrda d) mil.avv III asrda e)mil.av II asrda 17. «Zand» nima? a) Avestoning bugungi kungacha yetib kelgan qismi d) Avestoning olimlar o'rgangan qismi e) Aleksandr Makedonskiy yoqib yuborgan qismi 18. Avestoni kim tarjima qilgan? a) F. Shampalyon b) F. Rixtgofen d) A.Dyuperron e) Poliyen 19. Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari qaysilar? a) Ahuramazda,Mitra,Anaxita b) Shamash,Sina,Ea d) Axriman,Ptax,Xapi e) Mitra,Artimeda,Sina 20. Quyidagilardan to'g'ri javobni tanlang: 1)Mitra 2)Ahuramazda 3)Anaxita 4)Axriman a) Zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi b) Quyosh va yorug‘lik xudosi d) hosildorlik va suv ilohasi e) yovuzlik va o‘lim xudosi a)1-d 2-a 3-e 4-b b)1-b 2-a 3-d 4-e d)1-a 2-b 3-d 4-e e)1-d 2-a 3-e 4-b 21. Kim O‘tli chaqmoqlar yordamida yovuzlik va o‘lim xudosi ilan jang qiladi? a)Ahuramazda b)Anaxita d)Axriman e)Mitra 22. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning qanday qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi? a) Ezgulik va Yovuzlik haqidagi b) Yahshi umr hayot kechirish haqidagi d) qayta tirilish haqidagi e) qanday uzoq umr kechirish haqidagi 23. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi nima? a) adolatli turmush tarzi b) yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga oshirish d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal 24. Zardushtiylikda Insonning asosiy burchi nima? a) adolatli turmush tarzi b) yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga oshirish d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal e) Ezgulik va Yovuzlik 25. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra………? a) adolatli turmush tarzi b) yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish,faqat ezgu ishlarni amalga oshirish d) ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal e) Ezgulik va Yovuzlik 26. Zardushtiylarda vafot etgan odamlarni nima qilishgan? a) olovda yoqishgan b) tuproqqa ko'mishgan d) mumiyolashgan e) yirtqich qushlar va hayvonlar yeb ketishgan 27. Ossuariylar nima? a) Suyakdon b) Tobut d) maxsus sopol tobutchalar e) a va d to'g'ri javob Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling