6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami
Ish stajim 1999 yildan buyon
Download 0.79 Mb.
|
6 sinf mavzulashgan test
Ish stajim 1999 yildan buyon
23-mavzu: Yunon koloniyalari (20 ta) 1.Qadimgi Yunonistonda ko’plab kishilar nima sababdan o’z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadlarini sinab ko’rishga majbur bo’lganlar? A) Zodagonlardan qarzdor bo’lib qolgach; B) O’z yer mulklaridan ajralgach; S) Qulga aylanib qolgach; 2.Yersiz, nochor yunonlar jo’nab ketish oldidan nima ishlar qilganlar? A) Katta kemalar qurganlar B) O’z yerlarini sotganlar S)O’z xudolariga qurbonliklar qilganlar D) Zodagonlardan ruxsat olganlar 3.Yunonlar safarga chiqishda o’zlari bilanvatanning bir parchasi sifatida nima olganlar? A) Davlat bayrog’ini B) Olov S) Tuproq D) Suv 4. Yunonistondan ko’chib borganlar qaysi hududlarga borib o’rnashganlar? A)Bolqon yarim orollariga B) Sitsiliya oroli sohiliga S) Apennin yarim oroli janubiga D) B va S javob 5.Ularning manzilgoxlari yana qayerda vujudga keldi? A) Misrda B) Dajla va Frot oralig’ida S)O’rta yer va Qoradengiz bo’ylarida D)Bolqon yarim orolida 6.Yunon koloniyalari sekin asta shahar davlatlarga aylana bordi.Bu shaharlarning 1.O’z hokimlari 2.Qullari 3.Qo’shinlari 4. Qonunlari 5. Tangalari 6. Urf odatlari bo’lgan A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,4 S) 2,3,5,6 D)3,4,5,6 7.Yunon koloniyalarida xo’jalikning qaysi turlari rivojlangan? A) dehqonchilik va chorvachilik B) Dehqonchilik va hunarmandchilik S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik D) Chorvachilik va savdo sotiq 8.Yunonlar o’zlarini yagona xalq- A) Yunonlar B) Kolonlar S) Ellinlar D)Varvarlar deb ataganlar 9.O’z vatanlarini yunonlar nima deb ataganlar? A) Polis B)Ellada S)Attika D)Pantikapey 10. Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni qanday ataganlar? A) Ellinlar B) Ko’chmanchilar S) Varvarlar D) Kelgindilar 11. Ko’plab yunon koloniyalari qachon tashkil topdi? A)Mil.av.VIII-VI asrlarda B)Mil.av.VIII- VII asrlarda S) Mil.av.VII-VI asrlarda D)Mil.av.VII-V asrlarda 12.Bu davr tarixda qanday davr deb nomlangan? A) Buyuk yunon markazlashishi davri B)Buyuk yunon koloniyalashtirilishi davri S) Buyuk ko’chish davri D)Buyuk davlatlar tuzilishi davri 13.Qora dengiz sohillarida qanday koloniyalar vujudga kelgan? A)Olviya Xersones,Afina B) Xersones Pantikapey Sitsiliya S)Afina, Olviya, Xersones D) Olviya Xersones Pantikapey 14.O’rtayer dengizi sohillarida qancha yunon koloniyalari tashkil topdi? A) Ko’plab B) O’ndan ortiq S) Yuzdan ziyod D) Mingga yaqin 15.Yangi mamlakatlar bilan tanishuv yunon madaniyatiga qanday ta’sir ko’rsatdi? A) Yunon Rim madaniyati rivojlandi B) Yunon madaniyati boyidi S) Yunon makedoniya madaniyati paydo bo’ldi D) Mahalliy madaniyat paydo bo’ldi 16.Yunonistonda yangi yozuv qachon paydo bo’ldi? A) Mil.av.VIII asrda B) Mil.av.VII asrda S) Mil.av.VI asrda D) Mil. Av.V asrda 17.Yunon alifbosi qaysi alifboga asoslangan? B) Qadimgi Bobil alifbosiga S)Finikiya alifbosiga D) Shumer alifbosiga 18.Yunon alifbosi nechta harfdan iborat bo’lgan? A) 22 harfdan B) 23 harfdan S) 25 harfdan D) 24 harfdan 19.Koloniyalar va yunon shaharlari o’rtasida mahsulot ayirboshlash xo’jalikning qaysi sohalari ravnaq topishiga asos yaratdi? A) dehqonchilik va chorvachilik B) Dehqonchilik va hunarmandchilik S)Savdo-sotiq va hunarmandchilik D) Chorvachilik va savdo sotiq 20.Koloniyalardan Elladaga nimalar keltirilgan? A) G’alla, metallar va qullar B) G’alla, jun va metallar S)Gilamlar, oltin, qullar D) Teri, g’alla, go’sht
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling