6-sinf tarix darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


-mavzu. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston (17 ta)


Download 0.81 Mb.
bet35/67
Sana10.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1764531
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Bog'liq
6 tarix mavzulashtirilgan test

16-mavzu. Miloddan avvalgi I mingyillikda Hindiston (17 ta)
1. Mogadha, Koshalo, Malla davlatlari qachon vujudga keldi?
A) mil.avv.VIII-V asrlarda
*B) mil.avv.VII-VI asrlarda
C) mil.avv.VI-V asrlarda
D) mil.avv.VIII-VI asrlarda
2. M. Aleksandr qaysi voqeadan so’ng Ponjob hududiga bostirib boradi?
*A) O`rta Osiyoni zabt etgandan so`ng
B) Sharqqa yurish boshlaganida
C) Eronni bosib olganidan so`ng
D) Podsho bo`lganidan so`ng
3. Alksandr kata qiyinchiliklar bilan Hind vodiysiga yetib borib, shundan keyin qayerga qaytib keladi?
A) Makedoniyaga B) Eronga
*C) Bobilga D) Misr
4. Chandragupta Maurya davlatiga asos soladi. Uning tarkibiga qayer kirgan?
A) Markaziy Hindistondagi davlatlar
B) Janubiy Hindistondagi davlatlar
C) G`arbiy Hindistondagi davlatlar
*D) Shimoliy Hindistondagi davlatlar
5. Pataliputra shahri qaysi davlat poytaxti bo`lgan?
A) Mogadha B) Malla
*C) Maurya D) Moxenjodaro
6. Maurya davlati podsho Ashoka davrida nechanchi asrda yuksak taraqqiyotga erishadi?
*A) mil.avv. III asrda B) milodiy III asrda
C) mil.avv. IV asrda D) milodiy IV asrda
7. Hindlar tuzgan taqvim necha kundan iborat edi?
A) 365 kun B) 354 kun
C) 356 kun *D) 360 kun
8. Hindlar ixtirolarini ko`rsating?
1) “no`l” ni ifodalovchi belgi 2) raqamlar 3) “qo`shinning to`rt turi” 4) shakar qamishdan shakarlar
A) 1 va 4 B) 2 va 3
C) 3 va 4 *D) 1, 2, 3 va 4
9. Hindlar qaysi sohada kishini lol qoldiruvchi natijalarga erishdilar?
A) Qurilish sohasida B) Dehqonchilik sohasida
C) Binokorlik sohasida *D) Metallga ishlov berish sohasida
10. “Mahabharat”, “Ramayana” dostonlari qaysi tilda yozilgan?
A) hind tilida * B) sansikrit tilida C) kashmir tilida D) gujarot tilida
11. Mil. avv. VI asrda paydo bo`lgan “xudolarsiz din” ning asoschisiga 20 yoshida qaysi voqealarni ko`rib insonning azobi va ajali ma’lum bo`ldi?
1) dafn marosimi 2) to`yni 3) munkillagan kishini 4) urush janjalni 5) bedavo dardga chalingan kishini
A) 2, 4, 6 * B) 1, 3, 5 C) 3, 5, 6 D) 4, 5, 6
12. Siddhartha Gautama aslida kim edi?
A) Podsho B) Dehqon C) Ruhoniy *D) Shahzoda
13. Ma’rifatga erishgan budda nimani tushunib yetadi?
*A) son – sanoqsiz tug`ulish va vafot etish B) faqat yaxshilik qilish
C) gunoh qilmaslik D) ibodat qilish va ro`za tutish
14. Buddaviylar nima uchun xohish -istaklarda vos kechish zarur deb xisoblashgan?
*A) azob uqubatga olib keladi B) Bari- bir amalga oshmaydi deyishgan
C) ibodatdan chalg`itadi D) xudolar jazolaydi deyishgan
15. Budda qanday tasvirlangan?
A) Budda nastarin gulida teran o`ylarga cho`mgancha qilt etmay ko`zlarini yumub, chordona qurib o`tirgan holatda
*B) Budda nilufar gulida teran o`ylarga cho`mgancha qilt etmay ko`zlarini yumub, chordona qurib o`tirgan holatda
C) Budda nastarin gulida teran o`ylarga cho`mgancha qo`llarini ko`tarib, ko`zlarini yumub, chordona qurib o`tirgan holatda
D) Budda nilufar gulida teran o`ylarga cho`mgancha qo`llarini ko`tarib, ko`zlarini yumub, chordona qurib o`tirgan holatda
16. Budda hayot mazmunini izlab topish maqsadida ………… bo`ylab sayohatga otlandi.
A) Hind vodiysi B) Hindiston
*C) Dunyo D) Xitoy
17. Makedoniyalik Aleksandr nechanchi yilda Hindistonga yurish qilgan?
A) mil.avv. 329-yil *B) mil.avv. 327-yil C) mil.avv. 325-yil D) mil.avv. 323-yil



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling