6-sinf tarix fanidan mavzulashtirilgan 6-sinf tarix
-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)
Download 155.75 Kb.
|
6 -sinf tarix test to'plami
35-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)
Testlar1. Fors shohi Kir II mil.avv.545 va 540-yillarda qaysi hududlarni bosib olgan edi? A) Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani B) Parfiya, Baqtriyani C) Parfiya, Marg’iyonani D) Baqtriya, So’g’diyonani 2. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish boshlagan? A) mil.avv.530-yil B) mil.avv.522-yil C) mil.avv.545-yil D) mil.avv.540-yil 3. Fors shohi Kir II ning massagetlar yurtiga bostirib borishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan? A) Platon B) Poliyen C) Gerodot D) Gomer 4. Kir II massagetlar ustiga yurish qilganda massagetlar hukmdori kim bo’lgan? A) Tug’shoda B) To’maris C) Frada D) Sparangiz 5. Fors podshosi Kir II qaysi jangda halok bo’lganligini aniqlang. A) massagetlar bilan bo’lgan jangda B) skiflar bilan bo’lgan jangda C) midiyaliklar bilan bo’lgan jangda D) saklar bilan bo’lgan jangda 6. Fors shohi Doro I hukmronligining birinchi yilida qayerda yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan edi? A) So’g’diyona B) Baqtriya C) Xorazm D) Marg’iyona 7. Marg’iyonada forslarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi? A) Skunxa B) Shiroq C) To’maris D) Frada 8. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang. A) mil.avv.522-yil B) mil.avv.521-yil C) mil.avv.519-yil D) mil.avv.530-yil 9. Mil.avv.521-yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang. A) Doro I saklar sardori SHiroqni qatl qildirdi. B) Forslarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Frada qatl qilindi C) Doro I ning massagetlar ustiga yurishi boshlandi D) Doro I saklar ustiga yurish boshladi 10. Fors podshosi Doro I qachon saklar ustiga yurish qilgan edi? A) mil.avv.520-yil B) mil.avv.522-yil C) mil.avv.519-yil D) mil.avv.521-yil 11. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan edi? A) Gerodot B) Poliyen C) Sim Szyan D) Platon 12. Saklar yurtiga Doro I yurish qilganda ularning sardori Skunxa bo’lganligi haqida qayerda ma’lumot keltirilgan? A) Poliyen asarida B) «Behistun» bitiklarida C) Gerodotning asarida D) «Avesto» kitobida 13. Tarixchi Poliyen qaysi asrda yashaganligini aniqlang. A) mil.avv.II asrda B) mil.avv.V asrda C) mil.avv.VI asrda D) mil.avv.IV asrda 14. Fors podshosi Doro I ning qaysi xalq ustiga qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan? A) massagetlar ustiga B) so’g’diylar ustiga C) marg’iyonaliklar ustiga D) saklar ustiga 15. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan? A) «Behistun» bitiklari orqali B) Gerodotning rivoyati orqali C) Poliyenning rivoyati orqali D) «Avesto» asari orqali 16. Ahamoniylar davlatni alohida viloyatlarga bo’lib tashlagan edilar.Bu viloyatlar qanday atalgan? A) kent B) sagaris C) polis D) satraplik 17. Qaysi forscha so’z «xshatra» - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan? A) aqinak B) strateg C) sagaris D) satraplik 18. Ahamoniylar davrida cheklanmagan hokimiyat berilgan viloyat hokimi qanday atalgan? A) konsul B) prokonsul C) satrap D) strateg 19. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan? A) to’rt satraplikka B) uch satraplikka C) besh satraplikka D) ikki satraplikka 20. Fors podshosi Kserks qaysi yillarda hukmronlik qilganligini aniqlang. A) mil.avv.530-522-yillar B) mil.avv.522-486-yillar C) mil.av 465-423-yillar D) mil.avv.486-465-yillar 21. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar? A) Doro I va Kserks davrida B) Kambiz davrida C) Kir II davrida D) Doro I davrida 22. Marafon jangida fors qo’shinlari markazida O’rta Osiyoning qaysi xalqi muvaffaqiyatli janglar olib borgan? A) massagetlar B) xorazmliklar C) saklar D) baqtriyaliklar 23. Qaysi tarixchi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tasvirlagan? A) Gerodot B) Poliyen C) Sim Szyang D) Arrian 24. Yunon-fors urushida baqtriyaliklar jangda qanday qurollar bilan qatnashganlar? A) xanjar va oyboltalar bilan B) xanjar va nayzalar bilan C) kamon va oyboltalar bilan D) kamon va nayzalar bilan 25. Yunon-fors urushlarida qaysi O’rta Osiyo xalqi xanjar va oyboltalar bilan qatnashgan? A) massagetlar B) baqtriyaliklar C) saklar D) xorazmliklar 26. Qaysi muallif Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan baqtriyaliklar haqida yozib qoldirgan? A) Sofokl B) Esxil C) Gerodot D) Poliyen 27. Saklar, xorazmiylar va massagetlar qachon Ahamoniylar davlati tarkibidan mustaqil bo’lganlar? A) mil.avv.V asrda B) mil.avv.VI asrda C) mil.avv.III asrda D) mil.avv.IV asrda 28. Mil.avv.VI-IV asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. A) hamma javoblar to’g’ri B) Uzunqir, Ko’zaliqir C) Afrosiyob D) Qiziltepa, Yerqo’rg’on 29. O’rta Osiyo hududida qachon dastlabki tanga pullar tarqalgan? A) mil.avv.III asrda B) mil.avv.VI asrda C) mil.avv.III-II asrlarda D) mil.avv.V-IV asrlarda 30. Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi qachon topilganligini aniqlang. A) 1877-yil B) 1807-yil C) 1870-yil D) 1822-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling