6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana


-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)


Download 139.37 Kb.
bet2/54
Sana26.02.2023
Hajmi139.37 Kb.
#1232957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)

35-36-O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari (30)

Testlar


1. Fors shohi Kir II mil.avv.545 va 540-yillarda qaysi hududlarni bosib olgan edi?
A) Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani
B) Parfiya, Baqtriyani
C) Parfiya, Marg’iyonani
D) Baqtriya, So’g’diyonani
2. Fors shohi Kir II qachon ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish boshlagan?
A) mil.avv.530-yil
B) mil.avv.522-yil
C) mil.avv.545-yil
D) mil.avv.540-yil
3. Fors shohi Kir II ning massagetlar yurtiga bostirib borishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
A) Platon
B) Poliyen
C) Gerodot
D) Gomer
4. Kir II massagetlar ustiga yurish qilganda massagetlar hukmdori kim bo’lgan?
A) Tug’shoda
B) To’maris
C) Frada
D) Sparangiz
5. Fors podshosi Kir II qaysi jangda halok bo’lganligini aniqlang.
A) massagetlar bilan bo’lgan jangda
B) skiflar bilan bo’lgan jangda
C) midiyaliklar bilan bo’lgan jangda
D) saklar bilan bo’lgan jangda
6. Fors shohi Doro I hukmronligining birinchi yilida qayerda yirik xalq qo’zg’oloni ko’tarilgan edi?
A) So’g’diyona
B) Baqtriya
C) Xorazm
D) Marg’iyona
7. Marg’iyonada forslarga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloniga kim rahbarlik qilgan edi?
A) Skunxa
B) Shiroq
C) To’maris
D) Frada
8. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang.
A) mil.avv.522-yil
B) mil.avv.521-yil
C) mil.avv.519-yil
D) mil.avv.530-yil
9. Mil.avv.521-yilda bo’lib o’tgan voqeani aniqlang.
A) Doro I saklar sardori SHiroqni qatl qildirdi.
B) Forslarga qarshi qo’zg’olon ko’targan Frada qatl qilindi
C) Doro I ning massagetlar ustiga yurishi boshlandi
D) Doro I saklar ustiga yurish boshladi
10. Fors podshosi Doro I qachon saklar ustiga yurish qilgan edi?
A) mil.avv.520-yil
B) mil.avv.522-yil
C) mil.avv.519-yil
D) mil.avv.521-yil
11. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan edi?
A) Gerodot
B) Poliyen
C) Sim Szyan
D) Platon
12. Saklar yurtiga Doro I yurish qilganda ularning sardori Skunxa bo’lganligi haqida qayerda ma’lumot keltirilgan?
A) Poliyen asarida
B) «Behistun» bitiklarida
C) Gerodotning asarida
D) «Avesto» kitobida
13. Tarixchi Poliyen qaysi asrda yashaganligini aniqlang.
A) mil.avv.II asrda
B) mil.avv.V asrda
C) mil.avv.VI asrda
D) mil.avv.IV asrda
14. Fors podshosi Doro I ning qaysi xalq ustiga qilgan yurishi muvaffaqiyatsiz tugagan?
A) massagetlar ustiga
B) so’g’diylar ustiga
C) marg’iyonaliklar ustiga
D) saklar ustiga
15. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan?
A) «Behistun» bitiklari orqali
B) Gerodotning rivoyati orqali
C) Poliyenning rivoyati orqali
D) «Avesto» asari orqali
16. Ahamoniylar davlatni alohida viloyatlarga bo’lib tashlagan edilar.Bu viloyatlar qanday atalgan?
A) kent
B) sagaris
C) polis
D) satraplik
17. Qaysi forscha so’z «xshatra» - «viloyat» so’zidan kelib chiqqan?
A) aqinak
B) strateg
C) sagaris
D) satraplik
18. Ahamoniylar davrida cheklanmagan hokimiyat berilgan viloyat hokimi qanday atalgan?
A) konsul
B) prokonsul
C) satrap
D) strateg
19. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari nechta satraplikka bo’lingan?
A) to’rt satraplikka
B) uch satraplikka
C) besh satraplikka
D) ikki satraplikka
20. Fors podshosi Kserks qaysi yillarda hukmronlik qilganligini aniqlang.
A) mil.avv.530-522-yillar
B) mil.avv.522-486-yillar
C) mil.av 465-423-yillar
D) mil.avv.486-465-yillar
21. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotda va yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar?
A) Doro I va Kserks davrida
B) Kambiz davrida
C) Kir II davrida
D) Doro I davrida
22. Marafon jangida fors qo’shinlari markazida O’rta Osiyoning qaysi xalqi muvaffaqiyatli janglar olib borgan?
A) massagetlar
B) xorazmliklar
C) saklar
D) baqtriyaliklar
23. Qaysi tarixchi Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O’rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog’larini mufassal tasvirlagan?
A) Gerodot
B) Poliyen
C) Sim Szyang
D) Arrian
24. Yunon-fors urushida baqtriyaliklar jangda qanday qurollar bilan qatnashganlar?
A) xanjar va oyboltalar bilan
B) xanjar va nayzalar bilan
C) kamon va oyboltalar bilan
D) kamon va nayzalar bilan
25. Yunon-fors urushlarida qaysi O’rta Osiyo xalqi xanjar va oyboltalar bilan qatnashgan?
A) massagetlar
B) baqtriyaliklar
C) saklar
D) xorazmliklar
26. Qaysi muallif Salamin yonidagi dengiz jangida halok bo’lgan baqtriyaliklar haqida yozib qoldirgan?
A) Sofokl
B) Esxil
C) Gerodot
D) Poliyen
27. Saklar, xorazmiylar va massagetlar qachon Ahamoniylar davlati tarkibidan mustaqil bo’lganlar?
A) mil.avv.V asrda
B) mil.avv.VI asrda
C) mil.avv.III asrda
D) mil.avv.IV asrda
28. Mil.avv.VI-IV asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida hunarmandchilik markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang.
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Uzunqir, Ko’zaliqir
C) Afrosiyob
D) Qiziltepa, Yerqo’rg’on
29. O’rta Osiyo hududida qachon dastlabki tanga pullar tarqalgan?
A) mil.avv.III asrda
B) mil.avv.VI asrda
C) mil.avv.III-II asrlarda
D) mil.avv.V-IV asrlarda
30. Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi qachon topilganligini aniqlang.
A) 1877-yil
B) 1807-yil
C) 1870-yil
D) 1822-yil


Download 139.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling