6-sinf tarix fanidan monitoring test O’quvchining f i. / sinf /sana
Download 139.37 Kb.
|
6-Sinf Tarix mavzulashtirilgan test 1042 (2)
12-Mesopotamiya sivilizatsiyalari (36)
Savollar va javobi1. Qadimgi yunonlar qayerni Mesopotamiya deb nomlashgan? Dajla va Frot daryolari oralig’idagi vodiyni 2. Mesopotamiya atamasi qanday ma’noni bildiradi? Ikki daryo oralig’i 3. Mesopotamiyada vujudga kelgan-Yer yuzini butunlay suv bosishi to’g’risidagi rivoyatni aniqlang. «To’fon rivoyati» 4. Mesopotamiya ahli nimani «hayot daraxti» deyishgan? hurmo daraxtini 5. Mesopotamiyada qachon shumerlar manzilgohlari vujudga kelgan? mil.avv.4-mingyillikda 6. Shumerlar Mesopotamiyaning qaysi qismini «shumer» deb ataganlar? janubiy qismini 7. Mesopotamiyaning qaysi qismida ko’chmanchi chorvadorlar – akkadlar o’rnashgan edi? shimoliy qismida 8. Akkadlar qachon butun Mesopotamiyani egallab oladilar? mil.avv.3-mingyillik oxirida 9. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg’uloti qaysi soha edi? dehqonchilik 10. Mesopotamiya aholisi Kavkazorti va Eron o’lkalaridan donga ayriboshlab qanday mahsulotlar olib keltirishgan? hamma javoblar to’g’ri 11. Mesopotamiyaga Suriyadan qanday mahsulot keltirilgan? kedr yog’ochi 12. Mesopotamiyada savdoda nima pul sifatida ishlatilgan? kumush quymasi shaklidagi metall tangalar 13. Mesopotamiyada 550 grammga teng bo’lgan og’irlik o’lchovi qanday atalgan? mino 14. Shumerlar qachon mixxatni ixtio etishgan edi? mil.avv.4-mingyillikda 15. Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur shaharlari qachon vujudga kelgan? mil.avv.4-mingyillik oxirida 16. Mesopotamiyada paydo bo’lgan shahar-davlatlarda xudo nomidan kimlar hukmdorlik qilardilar? kohinlar 17. Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari qanday atalgan? zikkurat 18. Mesopotamiyada Shamash qanday xudo hisoblangan? quyosh xudosi 19. Mesopotamiyada qaysi xudo oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan? Shamash 20. Mesopotamiyada Oy xudosi qanday aytilgan? Sina 21. Mesopotamiyada Ea qanday xudo bo’lgan? suv xudosi 22. Mesopotamiyada Ishtar qanday xudo bo’lgan? urush va g’alaba ilohasi 23. Mil.avv.3-mingyillikda Shumer shaharlari orasida eng qudratlisi qaysi bo’lgan? Ur shahri 24. Mesopotamiyada katta-katta yer mulklari kimga tegishli bo’lgan? hukmdorlar va kohinlarga 25. Mesopotamiyada Lagash davlati qachon yuksalib Shumer va Akkadning ko’p shaharlarini o’ziga qo’shib olgan? mil.v.3-mingyillik o’rtalarida 26. Mesopotamiyaning qaysi shahar-davlatidagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan bezatilgan? Lagash shahri 27. Mesopotamiyaning sevimli qahramoni Gilgamesh qaysi shahar podshosi bo’lgan? Uruk shahri 28. Afsonalar qahramoni Gilgamesh do’st tutingan pahlavonni aniqlang. Enkidu 29. Sargon I qachon Akkadni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan? mil.va.3-mingyillik o’rtalarida 30. Mesopotamiyada qaysi podsho savdo-sotiqni rivojlantirish uchun shaharlarda yagona bo’lgan uzunlik, maydon va og’irlik o’lchovini joriy etgan? Sargon I 31. Mesopotamiyada qaysi podsho jahon tarixida birinchi bo’lib 5400 nafar jangchidan iborat muntazam qo’shin tuzgan? Sargon I 32. Sargon I Mesopotamiyadan qaysi xududga boradigan dengiz savdo yo’llarini egallab olgan? hamma javoblar to’g’ri 33. O’z hukmronligini so’ngida Shumer-Akkad podshosi Sargon I qanday unvon olgan? «to’rt iqlim mamlakati podshosi» 34. Shumer-Akkad davlati qachon ko’chmanchi qabilalar zarbasidan parchalanib ketgan? mil.avv.2-mingyillikda 35. Tepasida ibodatxonasi bo’lgan zinapoyali yirik minora qanday atalgan? zikkurat 36. Qadimgi Mesopotamiyadagi zikkuratlar nimadan qurilgan edi? xom g'ishtdan Download 139.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling