66) Urartu davlatining poytaxti qayer?
A. Xattusa C. Ugarit
B. Teyshebaini D. Tushpa
67) Bir xil davrda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang?
A. Xettlar temirdan foydalana boshladi, Kichik Osiyoda Xett davlati tashkil topdi;
B. O’rta Osiyo hududida ilk temir buyumlar paydo bo’la boshladi, Urartu davlati gullab-yashnadi;
C. Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, Miken va Krit davlatlarining tashkil topishi;
D. Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi, Eron hududida Fors podsholigi vujudga keldi
68) Qo’shni xalqlar bilan janglarda xettlar asosan qanday quroldan foydalanishgan?
A. Ot qo’shilgan jangavor aravalardan
B. Jangavor oybolta va temir uchli nayzalardan
C. Jangavor aravalar va temir uchli nayzalardan;
D. o’q-yoy va nayzalardan;
69) Old osiyoda yashagan qaysi xalqlar jangari xalq bo’lishgan?
A. Xettlar C. Urartlar
B. Ossuriyaliklar D. Finikiyaliklar;
70) Savdo-sotiq qaysi xalqning asosiy mashg’ulotidan biri bo’lgan?
A. Xettlar C. Urartlar
B. Shumerlar D. Finikiyaliklar;
71) O’rtayer dengizi sohilida vujudga kelgan dengiz bo’yi shaharlarini aniqlang?
1. Uruk 2. Ugarit 3. Pantikapey
4. Sidon 5. Tir 6. Teyshebaini
A. 1, 2, 3 C. 2, 3,5
B. 2, 4, 5 D. 4, 5,6
72) Qachon Finikiyada alifbo yaratildi?
A. Mil.avv XI asrda C. Mil.avv X asrda
B. Mil.avv IX asrda D. Mil.avv VIII asrda
73) Isroil podsholigi qayerda vujudga keldi?
A. Suriya C. Armaniston
B. Falastin D. Livan
74) Quyidagi davlatlardan qaysi biri hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan?
A. Urartu C. Ossuriya
B. Finikiya D. Mitanni
75) Tarixda “dengiz xalqlari” qaysi davlatni vayronaga aylantirgan?
A. Xett C. Urartu
B. Bobil D. Finikiya
76) Kavkazortida, hozirgi Turkiyaning sharqiy qismida va Livan hududida vujudga kelgan davlatni aniqlang?
A. Urartu C. Xett
B. Finikiya D. Mitanni
Do'stlaringiz bilan baham: |