6-sinf tarixdan mavzuli testlar Raximjon Xamrabayev
Download 294.87 Kb.
|
6-SINF MAVZULI TEST
12-mavzu. (56 ta)
1) Nechanchi asrda Mesopotamiya yagona davlatga birlashdi? A. Mil.avv XVI C. Mil.avv XVII B. Mil.avv XVIII D. Mil.avv XV. 2) Bobilning bosh ko’chasi qaysi iloha darvozasidan boshlangan? A. Shamash. C. Ishtar. B. Sina. D. Ea. 3) “Bobil” so’zining ma’nosi toping? A) Xudolar tog’i C)Xudolar eshigi. B) G’oliblar darvozasi; D)Xudolar darvozasi 4) Bobil podsholigi qachon Mesopotamiya-dagi eng yirik davlatga aylandi? A. Mil.avv 2-ming yillikda; B. Mil.avv 3-ming yillikda; C. Mil.avv 4-ming yillikda; D. Mil.avv 1-ming yillikda; 5) Qudratli Bobil podsholigi Mesopotamiya-ning qaysi qismida joylashgan? A. Janubiy; C. Shimoliy; B. G’arbiy; D. Sharqiy; 6) Kimning hukmronligi davrida Bobil podsholigi eng qudratli davlatga aylandi? A. Xammurapi; C. Navuxodonosor II B. Sargon I; D. Oshshubanapal; 7) Jahon tarixida birinchi bo’lib muntazam qo’shin tuzgan hukmdorni aniqlang? A. Xammurapi; C. Navuxodonosor II B. Sargon I; D. Oshshubanapal; 8) Qaysi hukmdor tarixda birinchi qonun tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan? A. Xammurapi; C. Navuxodonosor II B. Sargon I; D. Kir II; 9) Qaysi hukmdor davrida Yangi Bobil podsholigi o’z ravnaqining cho’qqisiga erishdi? A. Xammurapi; C. Navuxodonosor II B. Sargon I; D. Oshshubanapal; 10) Nega Xammurapi qonunlariga so’zsiz, og’ishmasdan amal qilish kerak edi? A. Chunki u podshoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan; B. Chunki u xudoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan; C. Chunki u xalqning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan; D. Chunki unda barcha aybdorlar yagona jazo - o’lim jazosiga hukm qilingan; 11) Xammurapi qonunida kimlar tog’ridan to’g’ri olovga otilgan? A. Shifokorlar; C. Qulfbuzar o’g’rilar; B. Quruvchilar; D. Yong’in vaqtida qo’lga tushgan o’g’rilar; 12) Xammurapi qonunlari jamiyatga qanday ta’sir qildi? A. Xalq bu qonunlardan norozi edi; B. Qonunlar talon-taroj va o’g’rilik kabi jinoyatlarni ko’paytirib yubordi; C. Qonunlar talon-taroj va o’g’rilik kabi jinoyatlarni to’xtatishda muhim rol o’ynadi; D. Jamiyatda norozilik ko’payib ketdi; 13) Xammurapi qonunlarining matnlari nimalarga yozib qo’yilgan? A) Markaziy maydondagi tosh lavhaga; B) Shaharlardagi tosh ustunlarga; C) Saroy devorlariga; D) Loy taxtachalarga; 14) Xammurapi qonulari kishini qaysi jihati bilan lol qoldirar edi? A. Imtiyozlari bilan; C. Qat’iyligi bilan; B. Marhamatliligi bilan; D. Barchasi to’g’ri; Download 294.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling