O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Download 0.5 Mb.
bet1/98
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#213903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
Psixologiya - 2012


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

BM. UMAROV

PSIXOLOGIYA



0 'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta 'lim vazirligi
tomonidan nopedagogik oliy ta 'lim yo 'nalishi magistratura bosqichi
talabalari uchun darslik-sifatida tavsiya etilgan


«Voris-nashriyot»
Toshkent - 2012


YUK 159.9(075)

KBK 88ya73 722

U-47

Taqrizchilar: Psixologiya fanlari doktori,

professor Z.Nishonova Pedagogika fanlari doktori, professor O.Musurmonova

Ushbu darslikda inson hayoti va faoliyatida psixologik bilimJarning o'r- ni, pedagogik faoliyat psixologiyasi, pedagog shaxsi psixologiyasi, interfaol ta'lim metodlarining psixologik asoslari, oliy ta'lim psixologiyasi, peda- gogik baholash psixologiyasi, pedagogik jamoalarni boshqarish psixolo- giyasi, mehnat psixologiyasi, ta'limning psixodiagnostik asosi, ijtimoiy jarayonlar: oila va oilaviy munosabatlar psixologiyasi kabi dolzarb mavzular o'rin olgan.

Shuningdek darslikda shaxs fenomeni psixologiya fani qamrab olgan asosiy maummolar va mavzularning markaziy figurasi hamda „Shaxs- jamiyat" tizimida o'zaro munosabatlaming obyekti va subyekti sifatida e'tirof etilgan. Shaxs taraqqiyoti va kamoli uchun muhim bo'lgan ijtimoiylashuv omillari va boshqalar mantiqan o'zaro bog'liq psixologik hodisalar sifatida talqin etilgan.

KIRISH SO'ZI O'RNIDA



O'zbekiston Respublikasining kadrlari oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri — malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiiiyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko'rsatishdir.

Bu o'rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologiya fanining o'rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta'lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalar, risolalar tayyorlashning yangicha uslublarini talab etmoqda.

Mazkur kursning maqsadi — talabalarga ta'lim va tarbiyaning mazmuni, undagi psixologik qonuniyatlar, psixologik bilimlarning inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyati, pedagogik psixologiyaning metodlari bilan tanishtirishdan iboratdir.

Psixologiya fanining asosiy vazifalariga magistrlami ijtimoiy fao- liyatning pedagogik faoliyat, ta'lim va tarbiya, mehnat, pedagogik baholash psixologiyasi, pedagogik faoliyatni boshqarish kabi yo'na- lishlarda o'qituvchi mehnatini tashkil etish, pedagogik jamoalarda ishni tashkil etish omillari, mexanizmlari va shart-sharoitlari bilan tanish- tirish, ta'lim faoliyati motivlarini mukammal o'zlashtirish, talaba- larning ta'limdagi qobiliyat va iqtidorini o'stirish yo'llari, hamda ularni rivojlantirish masalalariga o'rgatish, bu borada ijtimoiy-psixologik hodisalar tabiati va mohiyatini tushunishga ko'maklashishdan iboratdir.

Ma'lumki, har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir o'tkazish insonda o'z- o'zini anglashni vujudga keltiradi. Shaxsda o'z-o'zini anglash tuyg'usi qancha erta uyg'onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o'z xulqini his qilish, o zining amaliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo'ladi. Xuddi shu asnoda injiqlik, o'jarlik va qaysarlik kabi Ulatlarning tarkib topishiga ruhiy to'siq vujudga keladi.

Manbalarda ta'kidlanishicha, shaxslararo munosabatlardagi qarama-qarshilik, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qarashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun Kurashish ruhining o'zgarishi ~ nazariya bilan turmush nomutanosib- igmmg mahsulidir. Odamlarda e'tiqod, dunyoqarash, muomala, muloqot, mustaqil xulq-atvorni shakllantirish ko'proq yuqoridagi

omillarga bog'liqdir. Kishilardagi tashabbuskorlik hamda to'siqlarni yengishga intilishning shakllanishida psixologik bilimlarning o'rni kattadir.

Umuman ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida — jumladan, oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida psixologik ilmlardan foydalanish ta'lim va tarbiyada shaxslararo ijobiy munosabatlar o'rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshi- rishning garovidir.

Ta'limdagi yangilanish, asosan, „Davlat ta'lim standartlari"ni ishlab chiqishnigina amalga oshirmay, balki ta'lim jarayoni orqali o'quvchining o'z kelajagini yorqin tasawur qila oladigan, bu borada o'z taqdiri va o'z shaxsiga ongli munosabatda bo'lib, turli faoliyatlarda o'z-o'zini rivojlantira oladigan erkin, faol va mustaqil shaxsni shakl- lantirishni ko'zda tutadi.

Mazkur darslikning ahamiyati yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fliqarolari psixologiyasida ro'y berayotgan o'zgarishlar, ularning hayotga, umuminsoniy qadriyatlarga, kasb-kori, oilasi, o'z salomatligi va yaqinlariga bo'lgan munosabatlarida milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon bo'layotganligi bilan uyg'un tarzda bayon etilganligidir. Zero, mustaqillikpsixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan hamyurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va turmush tarzida o'sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi solih amallarga intilaveradi va sog'lom g'oyalarsiz yashay olmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda biz jamiyatimiz hayotida ro'y berayotgan barcha o'zgarishlarning ijtimoiy psixologik mohiyatini bo'lg'usi mutaxassislar tomonidan o'zlashtirilishiga ko'mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini yana bir marotaba ta'kidlashni istardik. Zero, mamlakatimizda o'zining sifat bosqichi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi barcha ishlarimizning amaldagi g'oyaviy yo'nalishini belgilaydi.

Darslik oliy o'quv yurtlarining „Pedagogika" va „Psixologiya" yo'nalishlariga ixtisoslashmagan mutaxassisliklar bo'yicha tahsil olayotgan magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangandir. Unda O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni g'oya- laridan kelib chiqqan holda har tomonlama mukammal, malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi ko'zda tutilgan.

Zotan, mustaqil respublikamizning kelgusidagi rivoji, ravnaqi har tomonlama barkamol, o'ziga, boshqalarga, jamiyatga, tabiatga va mehnatga to'g'ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, ijodkor va tadbirkor shaxsga bog'liqdir. Talabada ana shu xususiyatlarning rivojlanishi so'zsiz o'qituvchiga, uning o'quv- tarbiya jarayonini to'g'ri boshqara olishiga bog'liq. Bugungi kunda har 4

bir fan o'qituvchisi o'quvchilarga „Davlat ta'lim standartlari"da belgilangan bilimlar me'yorini o'rgatish, demakki, „yaxshi filolog", yaxshi fizik", „yaxshi adabiyotchi", „yaxshi tarixchi", „yaxshi iqtisodchi", „yaxshi muhandis" bo'lish emas, balki o'z sohasiga doir fanlarni o'qitish orqali talaba shaxsining yuqorida ko'rsatib o'tilgan jihatlarini tarbiyalay oladigan yaxshi o'qituvchi bo'lishi lozim. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun esa o'quv jarayonini yaxshi, to'g'ri, odilona va oqilona boshqara olishi juda muhimdir.

Ushbu darslik yoshlarga aynan psixologik bilim asoslarini bersa-da, umid qilamizki, ularni o'z atrofida ro'y berayotgan islohotlarga xolis baho berish, o'zi va o'zgalar ruhiyati sir-asrorlariga befarq bo'lmaslik, o'z layoqatlarini o'stirishning elementar vositalaridan boxabar bo'lishga yordam beradi. Chunki shaxs o'z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, xarakteri xususiyatlarini bihb, uni to'g'ri yo'naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o'ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. O'quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu darslik ham mustaqillikning bizga yaratgan cheksiz imkoniyatlari, ijodiy va mustaqil tafakkur qilishning mevalaridandir. Chunki zamonaviy kadrlar oldiga qo'yilayotgan eng muhim vazifalardan biri — malakali mutaxassislar sifatida o'zligini, o'z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faohyat ko'rsatishdir. Bu o'rinda inson ruhiyati qonuniyatlarini o'rganuvchi psixologiya fanining o'rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta'lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o'quv qo'llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda.

Darslik psixologiya asoslari bo'yicha muxtasar bilimlarni bergani Jilan, uning har bobi yakunida tavsiya etilgan topshiriqlar, mashqlar, estlar va mustaqil bajarish uchun berilgan mavzular talabalarni o'z ustida ishlashga o'rgatadi va psixologiyaning boshqa masalalarini ham mustaqil o'rganish va ruhiy hodisalarni tahlil qilishga yordam beradi.

( Muallif har bir o'quvchi kitobni mutoala qilish jarayonida unda o tarilgan muammolarga befarq qolmaydi, jahonda va mustaqil yurtimizda ro'y berayotgan olamshumul voqealar mohiyatini anglashda auiarga nisbatan faol hayotiy mavqening shakllanishida ko'makdosh b0 ladi, deb umid qiladi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling