6-sinf tarixdan mavzuli testlar Raximjon Xamrabayev
-mavzu. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi (26 ta)
Download 294.87 Kb.
|
6-SINF MAVZULI TEST
26-mavzu. Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi (26 ta)
1.Qanday paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko’zlaydi? A) yunon - fors urushlari paytida B) yunon shaharlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda C) Old Osiyo davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda D)O’rtayer dengizi davlatlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda 2.Makedoniya podshosi Filipp II ning qo’shinlari kimlardan tashkil topgandi? A)suvoriylar va piyodalardan B)to’pchilar va piyodalardan C)dehqonlardan D)qullardan 3.Makedoniya piyoda qo’shinlari necha qatordan iborat falangada saflanardi? A)25 B)20 C) 18 D)16 4.Makedoniya podshosi Filipp II ning 16 qatordan iborat piyoda qo’shinlari safi qanday atalgan? A) kogorta B) falanga C) legion D) senturiy 5.Falanganing nechanchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi? A)ikkinchi B)beshinchi C)oltinchi D)yettinchi 6.Makedoniya podshosi Filipp II ning falangasi jang paytida nimaga o’xshab qolar edi? A)temir maxluqotga B)toshbaqaga C)yirtqich hayvonga D)kallakesarlarga 7.Falanga qanotlarini kimlar himoya qilardi? A)maxsus qo’shin B)otliqlar C)piyodalar D)hech kim himoya qilmasdi 8. Yunoniston shaharlari aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da’vat qilgan notiq kim bo’lgan? A) Diogen B) Suqrot C) Demosfen D) Demokrit 9. Yunonistonda Filipp II qo’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qaysi shahar aholisi qo’shilgan edi? A) hamma javoblar to’g’ri B) Mikena C) Sirakuza D) Fiva 10.Xeroniya shahri qayerda joylashgan? A)Plateyada B)Afinada C)Beotiyada D)Fivada 11. Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari to’qnashgan? A) mil.avv.480-yil B) mil.avv.337-yil C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.490-yil 12.Xeroniya jangida dastlab qaysi xalq harbiy hiyla qo’llab, ustunlikni qo’lga olgan? A)makedonlar B)yunonlar C)forslar D)rimliklar 13.Xeroniya jangida dastlab g’alaba qilayotganiga ishona boshlagan yunonlar makedonlarni quvishga tushib, necha bo’lakka ajraladi? A)ikki bo’lakka B)uch bo’lakka C)to’rt bo’lakka D)besh bo’lakka 14.Xeroniya jangida yunonlar ikki bo’lakka ajralgach, uning biriga kim qaqshatqich zarba bergan va jang taqdirini hal qilgan? A)Filipp II B)Miltiad C)Aleksandr D)Ssipion 15.Xeroniya ostonasidagi jangdan so’ng mag’lubiyat oqibatida Yunoniston qaysi davlatga qaram bo’lib qoldi? A)Rim B)Makedoniya C)Eron D)Misr 16.Kim “Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi” degan edi? A)Femistokl B)Suqrot C)Demosfen D)Platon 17. Demosfen qaysi jang haqida «Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn qilindi» deb yozgan edi? A) Marafon jangi B) Xeroniya jangi C) Fermopil jangi D) Plateya jangi 18.Kim o’smirligidanoq notiq bo’lishni orzu qilardi, lekin u juda past ovozda gapirar va duduqlanardi? A)Demosfen B)Geraklit C)Demokrit D)Diogen 19.Demosfen ovozi balandligini oshirishni mashq qilganida, u nimadan balandroq baqirishga harakat qilgan? A)musiqadan B)aks sadodan C)dengiz shovqinidan D)hayvonlardan 20.Filipp II qachon o’zini yunonlar podshosi deb e’lon qilgan? A) mil.avv.337-yilda B) u o’zini podsho deb e’lon qilmagan C) mil.avv.338-yilda D)mil.avv.340-yilda 21. Makedoniya hukmdori Filipp II qaysi xalq bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi? A) rimliklar bilan B) yunonlar bilan C) oriylar bilan D) doriylar bilan 22. Korinf ittifoqi qachon vujudga kelgan? A) mil.avv.335-yil B) mil.avv.337-yil C) mil.avv.338-yil D) mil.avv.336-yil 23. Korinf ittifoqida Yunonistondagi qaysi davlat qatnashmagan edi? A) Mikena B) Sparta C) Afina D) Fiva 24. Korinf ittifoqiga birlashgan davlatlar qanday shartga kelishgan edilar? A) o’zaro urushlar olib bormaslik B) hamma javoblar to’g’ri C) bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik D) murosada tinch-totuv yashash 25.Filipp II forslarga qarshi nechanchi yilda yurish qildi? A)mil.avv 338-yilda B)mil.avv 337-yilda C)mil.avv 336-yilda D)forslarga qarshi yurishni amalga oshira olmasdan vafot etdi 26.Filipp II vafot etgach kim Makedoniya hukmdori bo’ldi? A)Aleksandr B)Filipp III C)Salavka D)Antiox Download 294.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling