6-sinf uchun tayyorlagan darsi Kamolova B.U. MAVZU:PAZANDACHILIKDA ISHLATILADIGAN SOVITKICH VA MUZLATKICH,TERMOS, MIKROTO’LQINLI ELEKTROPECHLARNING TUZILISHI VA AHAMIYATI, FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI. PECHENIY PISHIRISH SOVITKICH VA MUZLATKICH Ishlab chiqarish korxonalarida sovitkichlar kamerasidagi zarur harorat +6 C dan -18 c gacha bo’lgan turli hajmdagi sovitkich turlari ishlab chiqariladi.ro’zg’orda ishlatiladigan sovitkichlarning xizmati 15yil va undan ortiqdir. Sovitkichdan foydalanish tartibi: - Oziq-ovqat mhsulotlarining aynimasligi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sovitkicda saqlanish qoidalariga rioya qilish zarur.Zamonaviy muzlatkichlar turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ko’plab kameralargaega:har bir kamera u yoki bu oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning maqbul haroratiga ega.
- Tayyor mahsulotlar(salatlar, kisel va h.k)aksincha,yuqoriroq haroratdagi(8c atrofida)bolimlarda saqlanishi kerak.Eskirib qolgan mahsulotlarni vaqtida olib tashlash zarur.Sokitkichga harorati xona haroratidan yuqori bo’lgan mahsulotlarni qo’yish yaramaydi. Bu sovitkichni buzilishiga olib keladi.
Termos - Termos-oziq – ovqat mahsulotlarini uzoq muddat atrof-muhit haroratiga nisbatan pastroq yoki balandroq tarzda saqlaydigan,issiqlikni o’tkazmaydigan maishiy idish.Termosni faqat sharbat va taom saqlash uchun ishlatmasdan undan turli xil damlamalarni va bo’tqalarni saqlashda ham foydalanish mumkin.
- Mikroto’lqinli elektropech-elektr asbob bo’lib,ovqatni tezlikda pishirish yoki isitish uchun mo’ljallangan hamda elektromagnit to’lqinlari yordamida mahsulotlarni muz holatidan tushirishda foydalaniladi.Mikroto’lqinli elektropechlarning asosiy komponentlar kiradi.
Pecheniy pishirish - Amaliy mashg’ulot uchun zarur bo’lgan asbob va idishlar:gaz piasi,sirli tog’oracha,yog’och qoshiq,elak, pecheniy uchun shakllar,likopchalar.
- KERAKLI MASALLIQLAR:200 g margarin, 150 g shakar, 3 ta tuxum, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi,2 stakan un.
- Ishni bajarish tartibi:1.Margarinni xona haroratida yumshatib ko’pchitiladi.
- 2.Unda shakar,tuxum qo’shib ko’pchitiladi va sirkada eritilgan soda solib aralashtiriladi.
- 3.Tayyorlangan massaga un solinib,2-3 daqiqa ichida tez xamir qoriladi.
- 4.So’ngra un sepilgan stolga xamirni yoyib,qalinligi 5-6 mm qilib, kerakli shakllar bilan kesiladi.
Mustahkamlash savollar: - 1.Ishlab chiqarish korxonalarida sovitkichlarning qanday turlari ishlab chiqariladi?
- 2.Ro’zg’orda ishlatiladigan sovitkichlarning xizmat muddati qancha yilni tashkil etadi?
- 3.Sovitkichning ishlash sxemasini aytib bering.
- 4.Termos deb nimaga aytiladi va uning qanday turlarini bilasiz?
- 5.Termosning asosiy elementini izohlab bering.
- 6.Mikroto’lqinli elektropechdan nima maqsadda foydalaniladi?
- 7.Pecheniy pishirish uchun qanday asbob va idishlar kerak bo’ladi?
- 8.Pecheniy pishirish uchun qanday masalliqlar ishlatiladi?
Uyga vazifa : 1.Sovitkich va muzlatkich tuzlishini o’rganish. 2.Termos va mikroto’lqinli elektropechlarni ishlatishni o’rganish. E’tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |