6-sinf variant-4
Download 59.39 Kb.
|
6-sinf variant-4
6-sinf variant-4 1. Mesopotamiya so‘zi yunonch so`zdan olingan bo`lib, qanday ma’noni anglatadi? A) “Daryo orti” B) “Daryo etagi” C) “Ikki daryo oralig‘i” D) “Tentak daryo” 2. Qaysi daraxtni Mesopotamiyada “Hayot daraxti” deb atashgan? A) zaytun B) olma C) palma D) xurmo 3. Frot va Dajla daryolari oralig‘ini kimlar Mesopotamiya deb atashgan? A) yunonlar B) hindlar C) misrliklar D) forslar 4. Yer yuzini suv bosishi haqidagi rivoyatning vatani qayer? A) Kavkaz B) Kichik Osiyo C) Misr D) Mesopotamiya 5. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato? A) Mil.avv 4-ming yillikda Shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshlagan B) Shimoliy Mesopotamiya Shumer deb atalgan C) Mil.avv 3-ming yillik oxirida Akkadlar butun Mesopotamiyani egalladi D) Mesopotamiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik edi 6. Mesopotamiyaga qaysi hududlardan donga ayriboshlab oltin, mis, kumush, qalayi va noyob toshlar keltirilgan? A) Misr, Suriya B) Kavkazorti, Eron C) Eron, Turon D) Kavkazorti, Misr 7. Mesopotamiyadagi og‘irlik o‘lchovi bo‘lgan “mino” qanchaga teng bo‘lgan? A) 450 gramm B) 500 gramm C) 550 gramm D) 650 gramm 8. Mixxatni kimlar va qachon kashf etgan? A) misrliklar, mil avv. V ming yillikda B) shumerlar, mil avv. IV ming yillikda C) akkadlar mil avv. VI ming yillikda D) kassitlar mil avv. III ming yillikda 9. Mesopotamiyaliklar dastlab yozuv uchun nimadan foydalanishgan? A) papirus B) pergament C) bambuk poyalari D) loy taxtachalar 10. Qadimda qays davlatda hukmdor oliy xudo hisoblangan? A) Mesopotamiyada B) Rimda C) Hindistonda D) Yunonistonda 11. Mil. avv. IV ming yillikdaMesopotamiyada vujudga kelgan shaharlarni aniqlang. A) Tushpa, Ur, Teyshebani, Nineviya B) Ugarit, Tir, Lagash, Oshshur C) Teyshebani, Umma, Tir, Sidon D) Ur, Umma, Lagash, Uruk 12. Zikkurat tarixiy atamasi bu … A) Mesopotamiyadagi savdo uylari B) Misr zodagonlari unvoni C) Mesopotamiyatadagi qadimgi ibodatxonalar D) Yunonlarning maxsus harbiy maktablari 13. Mesopotamiyada Quyosh “xudo”si nima deb atalgan? A) Shamash B) Ea C) Ishtar D) Sina 14. Mesopotamiyaliklar “xudo”lari to‘g‘ri ta’riflan- gan qatorni toping. 1) Shamash a) oy 2) Ishtar b) quyosh 3) Sina c) suv 4) Ea d) hosildorlik va sevgi, urush va g‘alaba A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 15. Mesopotamiyada qaysi iloh oliy hakam hisoblanib,yovuz ushlari uchun odamlarni sud qilgan? A) Sina B) Ishtar C) Shamash D) Ea 16. Mesopotamiyaning sevimli qahramoni bo‘lgan Gilgamesh qaysi shahar hukmdori edi? A) Ur B) Uruk C) Lagash D) Umma 17. Rivoyatga ko‘ra Gilgameshning do‘sti kim edi? A) Sargon B) Etana C) Enten D) Enkidu 18. Birlashgan Shumer-Akkad davlatining asoschisi kim edi? A) Gilgamesh B) Sargon I C) Novuxodonosor D) Xammurapi 19. Jahon tarixida birinchi bo‘lib muntazam qo‘shin tuzgan hukmdorni toping. A) Xammurapi B) Xeops C) Sargon I D) Kir II 20. “To‘rt iqlim mamlakati podshosi” unvonini olgan hukmdorni aniqlang. A) Iskandar B) Doro I C) Sargon I D) Kir II 21. Dunyodagi birinchi muntazam qo‘shinning soni qancha edi? A) 5400 nafar B) 7000 nafar C) 300 nafar D) 5000 nafar 22.Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I … A) katta savdo flotini tuzdi B) savdogarlarning mol-jonini qo‘riqlash uchun muntazam qo‘shin tuzdi C) tashqi savdodan olinadigan bojni bekor qildi D) barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy etdi 23. Shumer-Akkad podsholigi qachon parchalan- gan? A) mil.avv 3-ming yillik oxirlari B) mil.avv 2-ming yillik C) mil.avv 1-ming yillik boshlari D) mil.avv 1-ming yillik o‘rtalari 24. Shumer-Akkad podsholigi parchalanish sababini aniqlang. A) ko‘chmanchi qabilalar hujumi B) o‘zaro ichki urushlar C) zilzila va to‘fon D) iqtisodiy inqiroz, qurg‘oqchilik 25. Qadimgi Mesopotamiyada qaysi iloh Misrdagi Raga teng hisoblanadi? A) Shamash B) Ishtar C) Sina D) Ea 26. Qadimda qaysi davlatda xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar davlat hokimiyati markazi hisoblangan? A) Misr B) Mesopotamiya C) Xitoy D) Rim 27. Qadimgi Mesopotamiyada podsho shahar-davlatni … A) shaxsan o‘zi boshqarar edi B) ruhoniylar, harbiylar va savdogarlar tabaqasiga tayanib boshqarar edi C) viloyatlarga bo‘lib o‘g‘illari yordamida boshqarar edi D) aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi 28. Bobil podsholigi qachon Mesopotamiya janubidagi eng qudratli davlatga aylangan? A) mil.avv 3-ming yillik oxirlarida B) mil.avv 2-ming yillikda C) mil.avv 1-ming yillik boshlarida D) mil.avv 1-ming yillik o‘rtalarida 29. “Bobil” so‘zining ma’nosi nima? A) “Muqaddas darvoza” B) “Xudolar darvozasi” C) “Temir darvoza” D) “Yuqori shahar” 30. Bobilning bosh ko‘chasi qaysi darvoza bilan tugallangan? A) Ishtar B) Shamash C) Ganesha D) Sina 31. Xammurapi hukmronlik qilgan asrni toping. A) mil.avv XIX asr B) mil.avv XVII asr C) mil.avv XVIII asr D) mil.avv XVI asr 32 Qaysi hukmdor tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan? A) Xammurapi B) Sargon I C) Salamansar III D) Ramzes II 33. Xammurapi qonunlariga ko‘ra shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, unga qanday jazo berilgan? A) o‘ldirilgan B) qo‘llari kesilgan C) panjalari kesilgan D) jarima to‘langan 34. Xammurapi vafotidan so‘ng Bobil podsholigini qulatgan qabilani aniqlang. A) kassiylar B) kassitlar C) forslar D) ossurlar 35. Yangi Bobil podsholigi qachon shakllangan? A) mil.avv VIII asr B) mil.avv VII asr C) mil.avv VI asr D) mil.avv V asr 36. Yangi Bobil podsholigi kimning davrida o‘z ravnaqining cho‘qqisiga ko‘tarildi? A) Xammurapi B) Salmanasar C) Novuxodonosor II D) Sargon I 37. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri turar joy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g‘ishtdan foydalanish haqida farmon bergan? A) U Di B) Sin Shi Xuandi C) Xammurapi D) Novuxodonosor II 38. Bobil hukmdori Novuxodonosor II davrida sodir bo‘lgan voqealar berilgan javobni aniqlang. 1) Misr Yangi Bobilga qo‘shib olindi 2) Bobil Quddusni vayron qilib tashladi 3) Bobil mustahkam qal’aga aylandi 4) Eron qo‘shinlari Bobilga hujum qildi 5) Bobil podsholigida dastlabki qonunlar tuzildi A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 5 39. Bobil qachon Eron tomonidan bosib olingan? A) mil.avv 545-yil B) mil.avv 540-yil C) mil.avv 539-yil D) mil.avv 536-yil 40. Shumer mixxati paydo bo‘lgan davrda sodir bo‘lgan voqeani aniqlang. A) Misrda Qadimgi podsholik hukm surdi B) Hindistonda Xarappa va Moxenjodaro madaniyatlari gullan yashnadi C) Xitoyda dastlabki davlatlar paydo bo‘ldi D) O‘rta Osiyoda sug‘orma dehqonchilik shakllandi 41. Shumerlar tomonidan Quyosh va Oy yillari necha kundan qilib belgilangan? A) 360, 354 B) 365, 354 C) 365, 356 D) 364, 354 42. Qayerda o‘quvchilar o‘simliklar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro‘yxatlar tuzishgan? A) Hindistonda B) Bobilda C) Xitoyda D) Misrda 43. Old Osiyoda dastlabki davlatlar qachon tashkil topgan? A) mil.avv 4-ming yillik B) mil.avv 3-ming yillik C) mil.avv 2-ming yillik D) mil.avv 1-ming yillik 44. Old Osiyoda tashkil topgan dastlabki davlatlarni aniqlang. 1) Urartu; 2) Mitanni; 3) Ossuriya; 4) Troya; 5) Lagash; 6) Xett; 7) Finikiya. A) 1, 2, 5, 7 B) 1, 2, 3, 6, 7 C) 2, 3, 5, 7 D) 1, 3, 4, 6, 7 45. Xett podsholigi hozirgi qaysi davlat o‘rnida tashkil topgan edi? A) Suriya B) Eron C) Turkiya D) Iroq 46. Xett davlati qo‘shinlari qanday qurollanishgan? A) jangovar oyboltalar va xanjarlar bilan qurollanishgan B) jangovar aravalar va temir uchli nayzalar bilan qurollanishgan C) kamonlar va nayza bilan qurollanishgan D) jangovar aravalar va qilichlar bilan qurollanishgan 47. Quyidagi davlatlardan qaysi biri hozirgi Suriya hududida joylashgan edi? A) Xett B) Ossuriya C) Mitanni D) Urartu 48. Qadimgi mamlakatlar va ularning poytaxtlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) Xett a) Tushpa 2) Ossuriya b) Suza 3) Urartu c) Xattusas 4) Elam d) Nineviya A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 49. Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat kutubxona qaysi shaharda jamlangan edi? A) Bobil B) Nineviya C) Quddus D) Ashshur 50. Oshshurbanapal tarixda qanday hukmdor sifatida mashhur? A) Bobilni vayron qilgan hukmdor B) Ossuriyani birlashtirgan hukmdor C) Old Osiyodagi eng yirik kutubxonani tashkil etgan hukmdor D) eng yirik zikkurat va saroy qurgan hukmdor 51.Qadimda qaysi davlatning tashkil topishi , Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zaruratini tezlashtirdi? A)Urartu B) Xett C) Finikiya D) Bobil 52. Urartu davlatining gullab yashnagan davrini aniqlang. A) mil.avv X asr B) mil.avv IX-VIII asrlar C) mil.avv X-IX asrlar D) mil.avv VIII-VII asrlar 53. Teyshebaini shahri quyidagi qaysi davlat hududida joylashgan edi? A) Ossuriya B) Xett C) Urartu D) Bobil 54. Finikiya aholisi asosan nima bilan shug‘ullangan? A) dehqonchilik, chorvachilik B) dehqonchilik, konchilik C) dehqonchilik, savdo-sotiq D) savdo-sotiq 55. Finikiyaliklar qo‘shni hududlarga qanday mahsulotlar chiqarishgan? A) kulolchilik buyumlari va dori-darmon B) chorvachilik mahsulotlari va yog‘och C) yog‘och, gazlama va metal D) gazlama, dengiz mahsulotlari 56. Finikiyaning yirik dengizbo‘yi shaharlarini aniqlang. A) Tir, Sidon, Ugarit B) Bibl, Sidon, Damashq C) Quddus, Tir, Sidon D) Tir, Karxemish, Bibl 57. Finikiya alifbosi qachon shakllangan va u nechta harfdan iborat? A) mil.avv XI asrda, 24 harf B) mil.avv X asrda, 22 harf C) mil.avv IX asrda, 22 harf D) mil.avv VIII asrda, 24 harf 58. Mil avv. XI asrda paydo bo‘lgan davlatni aniqlang. A) Isroil podsholigi B) Frigiya davlati C) Lidiya davlati D) Damashq bekligi 59. Qadimda Eron hududida yashagan qabilalarni aniqlang. A) arameylar, skiflar B) kassiylar, elamiylar C) midiyaliklar, forslar D) lulubeylar, kassitlar 60. Mil. avv. IX asrda Eron hududiga qaysi xalqlar kelib o‘rnashgan? A) kassiylar, elamiylar B) arameylar, forslar C) midiyaliklar, forslar D) lulubeylar, kassitlar 61. Elam davlati qachon vujudga kelgan? A) mil.avv 4-ming yillikda B) mil.avv 3-ming yillikda C) mil.avv 2-ming yillik boshida D) mil.avv 3-ming yillik oxirida 62. Qadimgi Midiya joylashgan hududni ko‘rsating. A) Kaspiy dengizining g‘arbi B) Qora dengizning janubi C) Fors qo‘ltig‘ining shimoli D) Kaspiy dengizining janubiy-g‘arbi 63. Midiya o‘z kuch-qudratining cho‘qqisiga qachon va kimning davrida erishgan? A) mil.avv VIII asrda, Kserks davrida B) mil.avv VIII asrda, Kiaksar davrida C) mil.avv VII asrda, Kiaksar davrida D) mil.avv VII asrda, Sardur I davrida 64. Barcha fors qabilalarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan ahamoniy hukmdorni aniqlang. A) Kiaksar B) Astiag C) Kir II D) Doro II 65. Qaysi hukmdor davrida Ahamoniylar davlatida armiya qaytadan tuzilib, saltanat satrapliklarga bo‘lindi? A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I 66. Qaysi hukmdor davrida forslar O‘rtayer dengizi sohillariga chiqdilar? A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro III 67. Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo‘lgan saroylari qaysi shaharda joylashgan? A) Persepol B) Suza C) Ekbatana D) Kripolis 68. Fors davlati qulagan yil qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) mil.avv 336-yil B) mil.avv 334-yil C) mil.avv 330-yil D) mil.avv 327-yil 69. Persepol bo‘rtma naqshlarida ahamoniylar itoatga kirgizgan ko‘pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan bo‘lib, ular asosan … A) qullik asoratiga tushirilgan holatda tasvirlangan B) jangchilar ko‘rinishida tasvirlangan C) Eron shohlariga o‘lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan D) ko‘chmanchi qabilalar sifatida tasvirlangan 70. Eron hududidan mashur “Behistun” qoyatosh yozuvlaridan tashqari yana qanday yozma yodgorlik topilgan? A) “Naqshi Rustam” B) “Mxer eshigi” C) “Naramsin qabrtoshi” D) “Sarg‘oniy” 71. Qadimda qaysi davlatda ibodatxonalar ustunlarini sherlar bezab turgan? A) Misrda B) Yunonistonda C) Hindistonda D) Eronda 72. Indra – bu … A) Quyosh xudosi B) Oy xudosi C) Momaqaldiroq xudosi D) Osmon xudosi 73. Qaysi hind xudosining boshi filnikiga o‘xshatib tasvirlangan? A) Indra B) Braxma C) Ganesha D) Agni 74. Qaysi xalq jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod qilishgan? A) misrliklar B) bobilliklar C) hindlar D) xettlar 75. Qadimgi Hindistonda aholi nechta kasta - tabaqaga bo‘lingan? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 76. Hindiston aholisining qaysi kastaga mansubligi to‘g‘ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1) braxmanlar a) kohinlar 2) vahshiylar b) jangchilar 3) kshatriylar c) dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar 4) shudralar d) xizmatkorlar, qullar A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b Download 59.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling