6-sinflar uchun Fonetika-imlo Fonetika-talaffuz


Download 17.46 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1626531


LOYIHA ISHI

(6-sinflar uchun)
Fonetika-imlo
Fonetika-talaffuz
Tulki falsafasi
-Ustoz, - dedi bir kun tulki tulkiga,
Nechun biz nishonmiz doim kulkiga?
0 ‘rmonda bo‘ri ham, hatto janob sher,
Bir-birin turtishib: Tulkisan-a, der!
Boshqalar ustidan kulmaslar nechun,
Bu hol qorong‘udir biz yoshlar uchun.
-Uka, - dedi shunda tulkiga tulki,
Bunday hodisaning sababi shulki,
Kasbini eplolmay qolsa aksari,
Tulkilik qiladi hayvonlar bari.
Ko'pincha ilojsiz qolgan fursatda
Tulkilik qiladi sher ham, albatta!
Lekin bizning ishni eplolmas ular,
Shu sabab o‘rmonda masxara bo‘lar.
Sen-chi, bunday holdan aslo o’kinma,
Boshqalar singari chetga bekinma
Tulkisan, bunday chog‘ tulkilik qilgin,
Tulki deb kulsalar, qo'shilib kulgin...
1.1 Topshiriq.Matndagi ajratib ko’rsatilgan so’zlardagi ma’no farqlash uchun xizmat qilgan fonemalarni toping.
Namuna:Tulki-kulki
2.Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni un paychalari ishtirokiga ko’ra tasnif qiling.

Jarangli




Jarangsiz




Izoh:



Tutuq belgisi 2 xil holatda qo’llanadi:
a)unli tovushdan keyin kelganda o‘sha unlini cho‘ziqroq talaffuz etilishini bildiradi. Ma’no, ra’no, ma’naviyat kabi;
b) undoshdan keyin kelib, o‘zidan keyingi bo‘g‘inning ajratib talaffuz etilishini ko‘rsatish uchun: mash’al, sur’at, jur’at kabi.
Mo‘tadil, mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.



Topshiriq.Dastlab tutuq belgisining unli harflardan keyin kelishiga, so’ng undosh harflardan keyin kelishiga xalq maqollari orasidan misollar keltirib yozing.
Namuna:Va’daga vafo mardning ishidir.
Ming qayguning qal’asin
Bir shirin so’z bitkizar.
Izoh:
Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling