6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari


Texnik tugaraklar ishini tashkil qilish


Download 407.28 Kb.
bet2/25
Sana28.12.2022
Hajmi407.28 Kb.
#1016527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2-semistr

2. Texnik tugaraklar ishini tashkil qilish
Maktablarning ish tajribasida turli-tuman tugaraklar uchraydi. O’quv predmetlari bilan bog’liqlik nuqtai nazaridan tugaraklarni uch guruhga: predmetga doir, predmetlararo va predmetdan tashqari tugaraklarga ajratish mumkin.
Predmetga doir tugaraklar deb, bevosita texnologik tarbiyasi bilan borliq bo’lgan tugaraklarga aytiladi. O’z mazmuniga ko’ra bu tugaraklar texnologik darsida o’quvchilar bajargan ish­ning go’yo davomi, ammo bunda o’quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq bo’ladi. Predmetga doir tugaraklar aslo o’quvchilar avval bajargan ishni shunchaki takrorlamasligi kerak.
Predmetlararo tugaraklar ichida eng ma’lumki fizik-tex­nik tugaraklar hisoblanadi. Bu tugaraklarda o’quvchilar faoliyatining mazmuni tugarakning o’z nomidan kelib chiqadi. Fizik-texnik tugaraklarda o’quvchilarning texnologik ob’yektlari, odatda, turli modellar bo’ladi. Bunda o’quvchilar fizika kursida o’rganiladigan muayyan qonuniyatlarni misollar bilan oydinlashtirishga muvaffaq bo’ladilar, bu esa fan asoslarini o’zlashtirishda yordam beradi. Bu - bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa o’quvchilar model konstruksiyasi, Fizik-texnik tugaraklarga bir vaqtning o’zida fizika va texnologik o’qituvchilari rahbarlik qiladilar.
Predmetdan tashqari tugaraklar hozirgi vaqtda sinfdan tashqari ishda kengroq tarqalgan. O’quvchilar faoliyatining mazmuniga ko’ra bu tugaraklar turli-tuman bo’lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari tu­garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o’quvchilar faoliyati texnologik darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi.
Chunonchi, maktablardan birida o’qituvchi o’quvchilarga texnologik aniqligi va unumdorligini oshirish maqsadida muqovachilik ishlari uchun mo’ljallangan stanokchaning konstruksiyasini ishlab chiqarishni taklif etdi. O’quvchilarga bu g’oya ma’qul bo’ldi. Ular yana shunday stanokchaning bir nechta konstruksiyasini ishlab chiqishda va eng yaxshilarini taklif etishdi. Amalda tekshirib ko’rish davomida bu konstruksiya tobora takomillashtirib boriladi. Bularning hammasi muqovachilik ishlarini bajarish jarayonida sobir bo’ldi
Predmetdan tashqari tugaraklarga rahbarlik qilishga ko’pincha baza korxona hodimlari, ota-onalar taklif etiladi. O’qituvchi esa ularga metodik yordam ko’rsatadi.
Tugaraklar ishining mazmuni dasturlarda belgilab beriladi. Bu dasturlarni xalq maorifi qoshidagi meto­dik kabinetlar, shuningdek, yosh texniklar, naturalistlar stansiyalari ishlab chiqadi. Dasturlar bir va ikki o’quv yiliga mo’ljallangan bo’ladi.
Misol tariqasida V—VII sinf o’quvchilariga mo’ljallan­gan slesarlik ishidan predmetga doir texnika tugaragining dasturlaridan birini keltiramiz.
Tarkibida arra bilan qirqilib, tekis yuzalari egov bilan egovlangan detallari bo’lgan buyumlarni tayyorlash. Texnologik ta’limi darslarida olingan bilimlarnn umumlashtirish hamda malakalarni takomillashtirish: metallni arra bi­lan qirqishdagi asosiy ma’lumotlar; metallni arra bilan qirqayotganda rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari: metallni arra bilan qirqish priyomlari; egovlash jarayonining mohiyati va bunda ishlatiladigan asbob, egovlayotganda rioya qilinadigan xavsizlik qoidalari, asosan yo’zalarni egovlash.
Tugarak mashqlari, odatda, har xaftada bir marta ikki soatdan o’tkaziladi. Biroq o’quvchilar orasida bu bilan qanoatlanmaydigan jonbozlar ham uchraydi. Ular bilan ko’proq mashg’ulot o’tkazish mumkin, lekin buning uchun sinf rahbari bilan kelishish kerak, chunki u har bir o’quvchining boshqa predmetlarni qanday o’zlashtirishini yaxshi biladi.
Bir tugarakda 15 nafardan ortiq o’quvchi bo’lmasligi lozim, aks holda ularning har biriga individual tarzda rahbarlik qilish qiyinlashadi.
Ilg’or maktablarning ish tajribasi ko’rsatishicha, maktab ustaxonalariga asoslangan tugarak mashg’ulotining strukturasi kombinasiyalangan (aralash) dars strukturasi yaqin turadi. Bunga sabab shuki, har qanday tugarak mashg’ulotida, odatda, qator didaktik masalalar hal etiladi. Muayyan texnologik ob’yekti tayyorlashni o’quvchilar tugarak mashgulotidan ko’zlangan asosiy maqsad deb bilishadi.
Tugarak mashgulotlarida o’qitish metodlari qo’yilgan di­daktik maqsadlarga, o’quv materialining mazmuniga, o’quvchilar va o’qituvchining tayyorgarlik darajasiga qarab tanlanadi.
Tugarak mashg’ulotlariga qanday bir maxsus metodlar xos emas. Ularda texnologik ta’limiiing oddiy metodlari qo’llaniladi. Biroq bu metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, ko’zatuvlarning ko’rsatishicha, og’zaki metodlardan ko’pincha tushuntirish metodi ko’llaniladi, hikoya metodi esa eng kam qo’llaniladi. Birinchi qarashda bu galatiroq, tuyulishi mumkin, ma’lumki,_suhbat jarayonida boshqa og’zaki metodlarga qaraganda o’quvchilarning bilish aktivligi ortadi. Biroq tugarak mashgulotlarida ta’lim metodlaridan foydalanishning o’ziga xosligi ham ana shunda. Ma’lum bo’lishicha, o’quvchilar ayniqsa dastlabki mashg’ulotlarda suhbatlar bo’lishini yoqtirishmas ekan, chunki suhbatlar ularga odatdagi darslardagi savol-javobni eslatar ekan.
Namoyish qilish metodlariga shu narsa ham hoski, V—VII sinf o’quvchilariga ko’pincha ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinadi, VIII—IX sinf o’quvchilariga esa grafik tasvirlar namoyish qilinadi. Ishga bunday yondashishda o’quvchilarning grafik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi.
Instruktaj tugarak mashg’ulotlarida o’qitish metodlari ichida muhim o’rinni egallaydi. Bunda kirish, joriy va yakunlovchi instruktajlar: frontal, zveno, va individual instruktajlar; og’zaki, yozma, grafik instruktajlar qo’llanilishi mumkin. Boshqacha aytganda, tugarak mashg’ulotlarida texnologik ta’limi uchun xos bo’lgan instruktajning barcha turlari uchraydi. Instruktajni o’tkazish metodikasi bundan oldin ko’rib chiqilgan.
Tugarak mashg’ulotlarida o’quvchilar ishini tashkil qilishning har xil shakllari (frontal, zveno, individual, texnologik taqsimoti bilan) qullaniladi.
O’quvchilar ishini tashkil qilishning qanday shaklli tanlanishi tugarak mashrulotlarida alohida dikkatni jalb qiladigan texnologik ob’yektlariga ko’p jihatdan bog’lik. Bunga sabab shuki, sinfdan tashqari ish jarayonida bir vaqtning o’zida quyidagi ikki holni xisobga olishga to’g’ri keladi:
I) jamoa mehnati eng katta tarbiyalovchi imkoniyatlarga ega. 2) o’quvchilar o’z qiziqishlarini qanoatlantiradigan va o’z mustaqilligini eng tuliq ko’rsatishga imkon beradigan individual topshiriqlar bajarishga intilishadi.



Download 407.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling