6-tajriba ishi membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Silfonli manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish


Download 85.54 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi85.54 Kb.
#1597545
  1   2
Bog'liq
6-tajriba


6-TAJRIBA ISHI
Membranali manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish. Silfonli manometrlarni ishlash prinsipini o‘rganish
Ish maqsadi:
Ushbu laboratoriya ishini bajarishdan maqsad membranali va silfonli manometrlarni o’rganishdir.


Nazariy qism
Silfonli asboblar. Sezgir element sifatida silfon keng qo‘llanmoqda. Silfonlar jez, bronza, zanglamas po‘lat, plastmassa va boshqalardan tayyorlanadi. Ularning ba'zi turlari vintsimon prujinali qilib tayyorlanadi, buning natijasida gisterezis va nochiziqlik ta'siri kamayib, asbobning o‘lchash chegarasi kengayadi. Silfonlar bir qatlamli va ko‘p qatlamli bo‘ladi. Odatda, silfonlarning diametri 12...100 mm, uzunligi 13...100 mm, qatlamlari (gofrilari) soni 4...24 atrofida bo‘ladi. Silfonlarning siljishi 2,8...21 mm. Ularning siljish kattaligi silfonlarni o‘ziyozar asboblarda qo‘llashga imkon beradi. Silfonga ta'sir etgan ichki yoki tashqi bosim natijasida silfon uzunligi o‘zgaradi.
Ko‘rsatuvchi va o‘ziyozar asboblarda silfonli sezgir elementlardan quyidagi turlari ishlatiladi: MSP, MSS (manometrlar); MVSS (manovakuummetrlar); VSP, VSS (vakuummetrlar); DSP, DSS (difmonametrlar); NSP, NSS (naporometrlar); TmSP, TmSS (tyagometrlar); TNSP, TNSS (tyagonaporometrlar). Bu asboblarning ko‘pchiligi pnevmatik va unifikatsiyalangan elektr datchiklar tizimiga kiradi.
Silfonli naporometr va tyagometrlarda kichik bosimlarni 40000 Pa (4000 kgk/m2); vakuummni (0,1 m PA gacha); mutlaq bosimni (2,5 mPa gacha); ortiqcha bosimni (60 mPa gacha); bosimlar farqini (0,25 mPa gacha) o‘lchash uchun qo‘llanadi.


Membranali asboblar.
So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‘llanmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek gofrlangan plastinkasimon membranalar yoki gofrlangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar bilan uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlar hamda bosimlar farqi o‘lchanib, manometrlar, napormetrlar, tyagometrlar va difmanometrlar rusumli asboblar mavjud.
Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, gofrlarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta'sir qiladigan bosimga bog‘liq. Membranadagi gofrlar uning bikrligini oshiradi va xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta'minlaydi.
Membrananing bikrligini oshirish maqsadida uning o‘rta qismiga qattiq materialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim qiymatiga qarab 0,02...1,0 mm bo‘lishi mumkin.
Membranaga ikkala tomondan ta'sir etadigan bosimlar farqi ta'sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta'sirida siljishi katta emas va 1,5...2.0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llashni talab etadi. Membrana asboblarning bu kamchiliklari ularni ishlatish doirasini cheklaydi.
Membrana elastik sezgir elementlar ko‘proq membranali quticha ko‘rinishida bo‘lib, asboblar kichik bosim va siyraklanishni o‘lchashda ishlatiladi.
Bunday membranali asboblar ±250 Pa dan ±25 kPa gacha bo‘lgan o‘lchash chegaralariga mo‘ljallangan. Ularning aniqlik sinfi 1,5 va 2,5.
Membranali asboblarning kamchiligi — sezgir element qo‘zg‘aluvchan markazining sust yurishi, membrana bikrligini hisobdan cheklanishi va uni rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va pnevmatik kuch kompensatsiyasi sxemasi bo‘yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi.
Qovushoq suyuqliklar va kimyoviy agressiv muhitlar bosimini o‘lchash uchun membranali manometrlar eng qulay, chunki asboblar nippelidagi to‘g‘ri va keng kanal hamda membrana ostidagi katta bo‘shliq qovushoq suyuqlik uchun erkin yo‘l ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda shakli membranani agressiv muhit ta'siridan yengillik bilan himoya qiladi. Buning uchun membrananing pastki sirti kimyoviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.)dan qilingan plyonka bilan qoplanadi.

Download 85.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling