6-topshiriq bajardi: Asadbek Ashirov guruh: 052-20 Reja: Kompyuter protsessorlarining tuzilishi
-rasm. UMPK-80 elektron stendi vositalari
Download 1.21 Mb.
|
A-a-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. UMPK-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580VM80 protsessorining ichki registrlari.
- 16 razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi
5-rasm. UMPK-80 elektron stendi vositalari.
Buyruqlar sanagichi - PC registrida bajarilish navbati kelgan buyruqning xotiradagi adresi yozilgan bo‘ladi. Bu registrning qiymati buyruqlarning har bir sikli bajarilganda avtomatik ravishda o‘zgartiriladi. K580VM80 protsessorining buyruqlari - bir, ikki yoki uch bayt uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Kompyuterda dasturning ishlashi davomida qanday buyruq bajarilishiga qarab, uning uzunligiga mos holda PC-ning qiymati, 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi. 6-rasmda UMPK-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580BM80 protsessorining ichki registrlari keltirilgan. Ctekni ko‘rsatuvchi (Stack Pointer - SP) registr asosiy xotiraning stek sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan qismining boshlang‘ich adresini ko‘rsatib turadi (3.6-rasm). Kompyuterda ishlayotgan dasturda uzilish sodir bo‘lsa, protsessor ichki registrlarining holatlarini vaqtincha saqlab turish uchun stekdan foydalaniladi. Uzilish deganda - kompyuterda bajarilayotgan bir dasturni, boshqa bir dasturni bajarilishini ta’minlash maqsadida, vaqtincha to‘xtatib turish tushuniladi. Bunda avval bajarilayotgan dasturga tegishli bo‘lgan, protsessorning ichki registrlarida yozilgan ma’lumotlarni vaqtincha stekka yozib turish amalga oshiriladi. 6-rasm. UMPK-80 elektron stendiga o‘rnatilgan K580VM80 protsessorining ichki registrlari. Protsessor tarkibiga kiruvchi - boshqariluvchi adres registriga ham, W2, W3 registrlariga o‘xshab dastur yordamida murojaat qilish mumkin emas. Ushbu registrdan ham protsessor ichida, buyruqlarni bajarish paytida foydalaniladi. 16 razryadli kompyuter protsessorlarining tuzilishi va ishlash prinspi O‘n olti razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday ishlashini, 16-razryadli Intel 8088 protsessori misolida ko‘rib chiqamiz. Ushbu protsessorda ham Intel 8080 (K580BM80) protsessori kabi PC (Program Counter) – buyruqlar sanagichi registri yoki IP (Instruction Pointer) – buyruqlar ko‘rsagichi registri muhim registrlardan biri hisoblanadi (7-rasm). Asosiy xotirada, dasturning buyruqlari yoziladigan qismi - kodlar yoziladigan segment deb ataladi. (rus tilida – kodovыy segment). Kodlar yoziladigan segmentning maksimal hajmi, 64 Kbaytga teng. Intel 8088 protsessori asosiy xotirasining maksimal hajmi 1 Mbaytga teng. Bu MS DOS operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan xotira edi. MS DOS operatsion tizimining emulyasiyasi hozirgi kompyuterlarda ham amalga oshirilishi mumkin. 8-rasmda 1 Mbaytli xotiraning tuzilishi keltirilgan . Ushbu xotiraga murojaat kilish 64 Kbaytli segmentlarga murojaat kilish orqali amalga oshiriladi. Asosiy xotiraga, uni segmentlarga bo‘lgan holda murojaat qilish 16-razryadli 1 Mbayt va undan ko‘proq xajmli asosiy xotiraaga ega bo‘lgan kompyuterlardan boshlangan . Kodlar yoziladigan segmentning boshlang‘ich adresi 1 Mbaytli xotira chegarasida CS - kodlar yoziladigan segment registri yordamida ko‘rsatiladi (3.7- rasm). Kodlar yoziladigan yangi segmentni faollashtirish uchun CS - registrining kiymatini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. 9-rasmda Intel 8088 protsessori uchun assembler tilida yozilgan dasturning dastlabki matni va dasturni bajarilishi haqidagi axborotni ko‘rsatuvchi trasserning darchalari keltirilgan. Bu rasmda CS registri va uning qiymati v) rasmning yuqoridagi chap darchasida keltirilgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling