6-topshiriq bajardi: Asadbek Ashirov guruh: 052-20 Reja: Kompyuter protsessorlarining tuzilishi


-rasm. Intel 8088 protsessorining ichki registrlari


Download 1.21 Mb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1503562
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
A-a-6

7-rasm. Intel 8088 protsessorining ichki registrlari.

tiraga ega bo‘lgan kompyuterlardan boshlangan


8-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi.
Kodlar yoziladigan segment bilan bir qatorda, dasturni ishlashi davomida unga kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni o‘zida saqlash uchun mo‘ljallangan - ma’lumotlar segmenti ham ishlatilishi mumkin (yoki ishlatilmasligi ham mumkin). Ma’lumotlar segmentining maksimal xajmi ham 64 Kbaytga teng bo‘lib, ushbu segmentning boshlang‘ich adresi DS - ma’lumotlar segmenti registri yordamida ko‘rsatiladi, ya’ni unga yozilgan bo‘ladi. DS - registriga yozilgan qiymatni o‘zgarish bilan xotiraning boshqa qismida joylashgan segmentga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. 16-razryadli CS va DS registrlar yordamida 1 Mbaytli asosiy xotira chegarasida ma’lumotlarni yozish (yoki o‘qish) amalga oshiriladi. Intel 8088 protsessorining registrlari ham 16 razryadga ega.

a b



9-rasm. 8088 trasserining darchalari.
Protsessorning qolgan registrlarida ma’lumotlar yoki asosiy xotirada yozilgan ma’lumotlar o‘rnini ko‘rsatuvchi axborotlar saqlanadi. Assembler dasturlari yordamida ushbu registrlarga to‘g‘ridan–to‘g‘ri murojaat qilish mumkin. Protsessorlar tarkibida registrlar bilan birga, kompyuterni ishlashi uchun kerak bo‘ladigan boshqa apparat vositalar - yordamchi sxemalar, arifmetik-mantiqiy qurilmalar va boshqa shu kabi qurilmalar mavjud. Dasturchi ushbu apparat vositalarga buyruqlar yordamida murojaat qila olishi mumkin.
Intel 8088 protsessorining ishlashi, boshqa hisoblash vositalari kabi buyruqlarni ma’lum bir ketma-ketlikda bajarish bilan amalga oshiriladi. Alohida olingan buyruqning bajarilishi esa bir-nechta bosqichlardan iborat bo‘ladi. Bu bosqichlarning to‘liq ketma-ketligi protsessor sikli deb ataladi. Protsessor sikli quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1.Buyruqlar sanagichi registri – PC yordamida asosiy xotiraning kodlar yozilgan segmentidan bajarilishi kerak buyruq tanlab olinadi.
2.PC ning qiymati – 1-ga, 2-ga yoki 3-ga orttiriladi.
3.Tanlab olingan buyruq dekodlanadi, ya’ni qanday buyruq ekanligi aniqlanadi.
4.Buyruqni bajarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar xotiradan va (yoki) registrlardan tanlab olinadi.
5.Buyruq bajariladi.
6.Buyruqni bajarilishi natijalari xotiraga va (yoki) registrlarga yozib qo‘yiladi (saqlanadi).
7.Keyingi buyruqni bajarish jarayoni boshlanadi, ya’ni keyingi siklga o‘tiladi – 1-inchi qadamga qaytish bilan. Assembler tilida dasturlar yozuvchi dasturchi nuqtai nazaridan Intel 8088 protsessorida 14-ta ichki registrlar ko‘zda tutilgan hisoblanadi. Ushbu registrlar ko‘p sonli buyruqlar tomonidan ishlatiladigan, o‘ta katta tezlikka ega xotira vazifasini bajaradi. Ularga yoziladigan (saqlanadigan) natijalarning qiymatlari juda katta tezlikda o‘zgarib turadi. 7-rasmda keltirilgan registrlar bilan 8-rasmda keltirilgan trasser darchalarida o‘xshashlikni yaqqol ko‘rish mumkin.
Protsessorning registrlari bir-nechta guruhlarga bo‘linadi (10-rasm):
1. Umumiy tayinlanadigan registrlar guruhi.
2. Ko‘rsatgich registrlar guruhi.
3. Segmentlarni ko‘rsatuvchi registrlar.
4. Bayroqlar registri.
5. Buyruq adresini ko‘rsatuvchi registr.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling