6-topshiriq Ma’ruza


Download 0.67 Mb.
bet3/3
Sana21.05.2020
Hajmi0.67 Mb.
#108365
1   2   3
Bog'liq
6 Xoljigitova Barno 18 02 Botanika


Piyoz (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharqda uchraydi. Oʻzbekistonda PIYOZning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom PIYOZ (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang PIYOZ (gulpiyoz), yovvoyisarimsoq PIYOZ, sarimsoq PIYOZ (sarimsoq), Shubert PIYOZi (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon PIYOZ, Seversov PIYOZ i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh PIYOZ (vatani Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston), batun PIYOZ (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey PIYOZ (vatani Oʻrta dengiz boʻylari) va boshqa ekib yetishtiriladi.

Eng koʻp tarqalgan turi osh PIYOZ (A. cepa L.) tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini. Oʻrta Osiyodan tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya, Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ayrim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. PIYOZ boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V,, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va boshqa bor.

PIYOZ boshi poyasining shoxlanishiga qarab kam, oʻrtacha va kup uyali navlarga ajratiladi. Kam uyali navlar 1, ayrim hollarda 2, oʻrta uyali navlar 2— 3, koʻp uyali navlar 5 va undan kup piyozboshlar hosil qiladi. Taʼmiga kura, osh piyoz navlari achchiq, yarim achchik, va chuchuk turlarga ajratiladi.

PIYOZ, asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh PIYOZ bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan iborat. Guli ikki jinsli. Il-dizi popuk ildiz. Urugʻi uch qirrali, 1000 donasi 2,5—4 g . PIYOZ janubiy, gʻar-biy, sharqiy kenja turlarga boʻlinadi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston janubida janubiy va, qisman, gʻarbiy kenja turga oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq PIYOZi (yirik, oq), Samarqand qizil 172 PIYOZi (dumaloqyassi, qizil), margʻilon PIYOZi yoki tuxum PIYOZ (choʻzik, tuxumsimon, oq), Qoratol PIYOZi( dumalok, tillarang), Farobi (yirik, dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsarik), Tungani-56 (dumaloqyassi, toʻq binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sarik) PIYOZlari va boshqa kiradi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda 1-yili dalaga urugʻi sepilib, isteʼmol uchun osh PIYOZ (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh PIYOZ ekilib, urugʻ olinadi. Oʻzbekiston sharoitida PIYOZ ekiladigan yer iloji boricha begona oʻtlar chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta oʻtka-ziladi, kultivatsiya qilinadi, mola bosiladi. PIYOZ ekiladigan yerning gektariga 20—25 t chirigan goʻng , texnologiya talablariga koʻra mineral oʻgʻitlar solinadi. Oʻrta Osiyoda PIYOZ 3 muddatda: erta koʻklamda (fev. oxiri — mart boshlari-da); yozkuzda (avg . oxiri — sentabr boshlarida) va kech kuzda (noyab.da, "toʻqson bosdi") ekiladi.

PIYOZ sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi oʻtmishdoshlar — karam, pomidor, bodring , kuzgi don ekinlari angʻizi, kartoshka. Oʻsuv davrida oziklantiriladi, sugʻoriladi (yer osti suvlari chukur joylashgan boʻz tuprokli yerlarda 12, oʻtloqibotqoqi tuproklarda 7—8 marta), qoʻlda yoki kimyoviy usulda oʻtoqqilinadi. Sentabr oxiri — okt. boshlarida qazilib, avval dalada, keyin usti yopiq joylarda kuritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. Hosildorligi 120 dan 400—600 s/ga. Urugʻ olishda saralangan, navdor PIYOZ boshi (noʻsh) egatlarga ekiladi. Mayda PIYOZ boshchalarini noʻsh qilib erta bahorda koʻkpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun PIYOZ boshi (noʻsh) kdsaladi- PIYOZ urugʻi iyun oxiri — iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan oʻrtacha 3—5 s, ayrim xoʻjaliklarda 10 s gacha urugʻ olinadi.

Asosiy zararkunandal ar i: PIYOZ pashshasi, tamaki shirasi, PIYOZ parvonasi; kasal l ikl ar i : boʻyin chirishi, soxta kul, k°RakUya> virus kasalliklari.

Osh PIYOZ va uning noʻshidan tashqari, PIYOZning batun, porey, shnitt, shalot va juda koʻp boshqa turlari ham ozik-ovkatga ishlatiladi. Batun PIYOZ, (A.fi stulosum) piyoz bosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Bir joyda 3—4 yil usadi (Salatniy 35 navi). Barglari 25—30 sm boʻlganda— may oxirida yigʻishtiriladi. Hosildorligi 300 s/ga. Porey PIYOZ (A. porrum)— piyozbosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Uzun nishtarsimon bargli, soxta poyali koʻp yillik oʻsimlik. Hosildorligi 250 s/ga. Shnitt (Sibir) PIYOZ (A. scho-enoprasum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik. Kam miqdorda yetishtiriladi. Kuchli shoxlanadi — 3 yoshlisi 50 tagacha barg chiqaradi. Bargida 70–105 mg% S vita-mini bor. Sovuqqa oʻta chidamli, hosildorligi 150—200s/ga. Shalot PIYOZ (A. ascalonicum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan kup yillik usimlik. PIYOZ boshchalari mayda. Asosan, Kavkazda ochik va yopiq (himoyalangan) tuprokqa bahorda ekiladi. PIYOZning vegetativ koʻpayadigan sarimsoq PIYOZ (A.sativum) turi qimmatli sabzavot ekini (qarang Sarimsoq). PIYOZning ayrim yovvoyi turlari bargi yoki piyozboshi isteʼmol qilinadi, piskom PIYOZ (A. pskemens) kabi boʻyi 1 m ga boradigan ayrim turlari manza-rali bogʻdorchiliqsa ekiladi.



  1. Lolasimonlarsinfigadoir 10 ta test tuzing

1. O`zbekiston hududida nechtaga yaqin bir urug` pallalilarga doir tur uchraydi?

A) 4000 B) 240000 C) 3700 D) 800

2. Quyidagi o’simliklar qaysi oilaga mansubligini aniqlang?

1 . Matur 2. Olg’i 3. Xolmon 4. Kovrak

A. Loladoshlar b. Piyozdoshlar c. Ziradoshlar d.ra’nodoshlar

A) 1-b: 2-a: 3-a: 4-c

B) 1-c: 2-a: 3-d: 4-b

C) 1-b: 2-a: 3-c: 4-d

D) 1-c : 2-b: 3-a: 4-b

3. Qaysi oilaga mansub o`simliklarda changchisi oltita (1) va o`nta (2) bo`lishi mumkin?

A) ra’nodoshlar

B) burchoqdoshlar

C) karamdoshlar

D) loladoshlar

E) bug`doydoshlar

F) sho`radoshlar

A) 1 – c, d, e 2 – b

B) 1 – b 2 –c d, e

C) 1 – c , d, e 2 – a , b , f

D) 1 – a , c, f 2 – b , d, e

4. O`zbekistonda boychechak turkumining nechta turi o`sadi?

A) 30 ta


B) 16 ta

C) 20 ta


D) 25 ta

5. Bir urug` pallali o`simliklarga mansub bo`lgan guruhni aniqlang.

A) no`xat, bug`doy, sholi, g`o`za

B) beda, yeryong`oq, arpa, makkajo`xori

C) arpa, sholi, lola, makkajo`xori

D) terak, loviya, karam, baqlajon

6. Ko`sak va rezavor mevalar qaysi oila uchun xos ?

1. Burchoqdoshlar 2. Loladoshlar 3. Qoqio’tdoshlar 4.karamdoshlar 5. Ituzumdoshlar

A) 1.2 B) 2.3 C) 3.4 D) 2.5

7. Qaysi oilaga mansub o`simliklar bir yoki ko`p yillik, gulqo`rg`oni oddiy, tojisimon, changchisi 6 ta, urug`chisi bitta, mevasi ko`sakcha,manzarali o`simliklar hisoblanadi?

A) loladoshlar

B) qoqio’tdoshlar

C) tokdoshlar

D) ra’nodoshlar

8. Gulqo`rg`oni oddiy, mevasi rezavor va ko’sak bo`lgan oilani belgilang.

A) tokdoshlar

B) bug`doydoshlar

C) qovoqdoshlar

D) loladoshlar

9. Qaysi o`simlik pichan tayyorlash uchun gullagan vaqtda o`riladi ?

A) g`umay

B) javdar va arpa

C) chayir

D) makkajo`xori

10. Qaysi qatorda piyozli o`simlik berilgan ?

A) xarduma

B) ajriq

C) sholi


D) allep jo`xorisi
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling