6-Topshiriq mavzu: Qadimgi Hindiston


Kanishka. Guptlar davlati shakllanishi


Download 188 Kb.
bet13/14
Sana10.11.2021
Hajmi188 Kb.
#173336
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
faqat shu kompyuterda boldi

5.Kanishka. Guptlar davlati shakllanishi.

Kushon imperiyasi qadimgi Hindiston va butun qadimgi Sharqdagi eng qudratli imperiyalardan biri bo‘lib, bir necha yuz yillik mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o‘tkazib kelgan. Markaziy Osiyo qabilalari tomonidan barpo etilgan imperiya hozirgi Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston hududini egallagan edi. U o‘sha davrdagi – Rim, Parfiya, Xitoy kabi buyuk imperiyalar qatoridan joy egallagan edi. Keyinchalik Guptalar qabul qilgan davlatchilik tizimi asoslari aynan Kushon davlatidan meros bo‘lib qolgan.

Baqtriyada qaror topgan davlatlardan birining tangalari «Kushon Geray» deb nomlangan. Xitoy solnomachilari 100 yildan ortiq vaqt o‘tgach, Kushon Kiotsyukyu to‘rt xonni bo‘ysundirib, o‘zini Guyshuan hukmdori deb e’lon qildi deb hikoya qiladilar. U 80 yildan oshiq umr ko‘rdi. Kujula Kadfiz tangalari Qobul, Taksila va boshqa joylarda ham topilgan. Bu tangalarning old tomonidan hind-yunon shohi Germey tasvirlangan bo‘lsa, orqa tomonida esa, kxarongxi xatida Kadfiz ismi zarb qilingan. Keyinroq u to‘la mustaqillikka erishdi va o‘z nomi bilan tangalar chiqara boshladi. Dastlabki tangalarda «mulk egasi» deb yozilgan bo‘lsa, keyinroq tangalar «shohlar shohi Kadfiz» yozuvi bilan zarb qilindi.

Kadfiz I davridan saqlanib qolgan yozuvlar uning hokimiyati Hindistonning shimoli-g‘arbiy chegaralariga yoyilganidan darak beradi. Bu ma’lumotlarda dastlabki kushonlarning vassalarini ham hindlashtirish jarayoni haqida xabar beriladi. Uning hokimiyati keng quloch yoyganini arxeologlar topilmalari ham tasdiqlaydi. Masalan, Taksilaning o‘zidan 2500 ga yaqin tanga topilgan. Ulardagi shoh sur’ati miloddan avvalgi I asr Rim imperatorlari Avgust Tiberiy, Klavdiylarning sur’atlariga o‘xshash. Demak, ular rimliklar bilan aloqa bog‘laganlar. Kadfiz I taxtini uning o‘g‘li Kadfiz II yoki Vema egallaydi. U o‘z davlatini Hindistonning ichkarisiga – hozirgi Panjob, ba’zi farazlarga ko‘ra Uttar Pradeshgacha kengaytiradi, pul islohati o‘tkazib, tangalarni muomalaga chiqaradi. Bu butun Markaziy Sharqdagi ilk barqaror pul birligi edi. Yangi pul tizimi Rim ta’sirida paydo bo‘lgan degan taxminlar mavjud. Tangalar og‘irligi 8 gramm bo‘lib, ular Kushon davlati tarkibidagi davlatlardan ham topilgan. Pul tizimini bunday isloh qilish etnik jihatdan turli-tuman bo‘lgan Kushon davlatining iqtisodiy yuksalishida muhim omil edi. Vema tangalarida ko‘pincha shohning mehrob oldida turgani, orqa tomonida esa Shivaning muqaddas ho‘kiz – panda bilan yoki yolg‘iz o‘zining tasviri tushirilgandi. Ayrim olimlar Matxuradagi tosh haykalni ayni shu hukmdor nomi bilan bog‘laydilar. Pokistonlik professor A.N.Doni «Kadfiz Kushon davlatining asoschisi bo‘lsa, Vema bu davlat bunyodkoridir» deb aytadi[16].

Kushon imperiyasi qadimgi Hindistonning mashhur hukmdorlaridan bo‘lgan Kanishka davrida buyuk va qudratli davlat bo‘ldi. Ko‘plab hind afsonalari va rivoyatlari Kanishka ismi bilan bog‘liq. Kanishka davrida Kushon imperiyasi Xitoy, Rim va Parfiya bilan raqobatlashib, bunda – Kanishka hukmronligi davrini aniqlash eng jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, bu davr II asrning birinchi choragi. Ko‘pchilik g‘arb olimlari Kanishka 78 yildan sak erasini boshlagan deb fikr bildiradilar.

Kanishka nomi buddaviy manbalarda ham uchraydi. Rivoyatlarga ko‘ra, u o‘zining ilk shohlik davrida budda dinini qabul qilgan. Bu farazni numizmatik, epigrafik va arxeologik dalillar ham tasdiqlaydi. Bu shohning ayrim tangalarida Budda tasvirlangan. Peshovar – Kanishka davridagi Kushon imperiyasi poytaxti – Pushapurada, ya’ni davlatning shimoli-g‘arbiy qismida Kanishka ehrom va katta yog‘och minora qurdirdi va u yerda ba’zi buddaviy yodgorliklarini joylashtirdi.

Shunga qaramay, bu davrda aholining diniy qarashlari hamon turli-tuman bo‘lib qolaveradi. Bu vaqtda baqtriya tili ancha keng rivojlanib, u tangalardan kxarashtxi yozuvini siqib chiqardi. Afg‘oniston shimolidagi Surx-Kotalda ham Kanishka davriga oid yozuv topilgan. Unda so‘z ibodatxona qurilishi haqida boradi.

Syuan Szyan yozishicha, Kanishkaning dovrug‘i qo‘shni mamlakatlarga yoyilgan va uning harbiy qudratini barcha tan olgan. Bu davrda savdo-sotiq, ayniqsa tashqi savdo yaxshi rivojlandi va shahar hayotida katta o‘sish sezildi. Kushon savdogarlari Sharq va G‘arb o‘rtasida vositachilik qilganlar. Kushonlar o‘z ajdodlari – hind-saklar va parfiyaliklardan ba’zi davlat boshqaruv shakllarini qabul qilib olganlar. Sarnatxda topilgan Kanishka yozuvlarida hozirgi Banoras viloyatida shoh vakillari – kshatrapa va maxakshatrapa mansabidagi amaldorlar kengashi haqida aytiladi. Ismlariga qaraganda, ular baqtriyalik bo‘lganlar. Bu amaldorlar katta hokimiyat va mustaqillikka ega edilar. Ayniqsa kshatrapalar Kanishka vorislari davrida kuchaydilar. Epigrafik yodgorliklarga ko‘ra, buyuk sarkarda bo‘lgan Kanishka 23 yil hukm surgan. Harbiy muvaffaqiyatlari tufayli katta hududlarni qo‘lga kiritdi. U Kashmirni egalladi. Xitoy va Tibet adabiyotida uning Saketa va Pataliputra hokimlari bilan jangi haqidagi rivoyat saqlanib qolgan. Kanishka Parfiya hukmdorini yengdi. Xitoyliklar bilan bo‘lgan urush Qashqar, Xo‘tan, Yorkentni egallash bilan tugadi.

Buyuk imperator U Di (89-105 yillar) davrida xitoyliklar Markaziy Osiyoda o‘z qudratini tiklab olishga intildilar. Lashkarboshi Bon Chao Kanishkani mag‘lub etganidan so‘ng bir necha yil o‘tgach, Kanishka Xitoyga yurish qildi. U Xitoy shahzodasini qarorgohida garov sifatida saqlagan degan taxmin ham bor. Hindistondan tashqari Afg‘oniston, Baqtriya, Qashqar, Xo‘tan, Yorkent ham Kanishka imperiyasi tarkibiga kirdi. Hindistonda Panjob, Kashmir, Sind, Uttar-Pradesh (Sharqda to Banorasga qadar) uning qo‘l ostiga o‘tdi. Bengaliya va Bixarda ham u zarb etgan tangalar topilgan. Imperiyaning sharqiy qismini maxakshatrapa va kshatrapa boshqarganlar.

 Kanishka poytaxt Purushapur (hozirgi Peshovar) da yashagan. Kashmirdagi Kanishkapur shahri Kanishka tomonidan bunyod etilgani haqida taxminlar bor. San’at va adabiyot homiysi bo‘lgan Kanishka budda ibodatxonasini qurish uchun eng yaxshi me’mor va binokorlarni jalb qilgan. Uning o‘limidan keyin ko‘p yillar Xitoy va musulmon sayyohlarini hayratga solib kelgan Peshovardagi supa yunon me’morlari, xususan, Agezila ismlii me’mor boshchiligida qurilgan.




Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling